Mavzu;O’rta Osiyoning Salavkiylar va Yunon-Baqtirya davridagi O’rta Osiyoning
Reja;
1.Salavkiylar davlati tarixiy geografiyasi.
2.Yunon-Baqtirya davridagi tarixiy geografiyasi.
3.O’rta osiyoning tarixiy geografiyasi.
Salavkiylar sulolasi, mil.av. 312 — 64-yil Gʻarbiy Osiyoda ellinlik (yunon-makedon) davlatlarining biriga hukmdorlik qilgan. Poydevorini Selevk I Nikator qalagan. Poytaxti — Selevkiya, keyinchalik Antioxiya boʻldi. Selevkiylar sulolasini davlatining tarkibiga Suriya, Mesopatamiya, Kichik Osiyoning bir qismi, Eron togʻli oʻlkasi, Markaziy Osiyoning bir qismi kirdi. Davlatda dehqonchilik, chorvachilik, uzum etishtirish, toʻqimachilik, metalga ishlov berish, hunarmandchilik yahshi rivojlandi, katta shaharlari koʻp boʻldi. Selevk I-ning toʻngʻich merosxoʻrlari vaqtida Kichik Osiyoda — Pergam, Kappadokiya, Vifiniya, Pont bo'linib chiqdi. Ichki nizolardan Selevkiylar sulolasi zaiflashib, ko'pgina hududlaridan ayrilib qoldi. Mil.av. 64-yili Selevkiylar sulolasi davlatining eng so'ngisi (Suriya) Rim provinsiyasiga aylandi.[1]Salavkiylar davlati - Yaqin va Oʻrta Sharkdagi yirik davlat (mil. av. 312—64). Aleksandr tuzgan saltanat tanazzulga uchragach paydo boʻlgan. Asoschisi Salavk I. Poytaxtlari — Dajla daryosi boʻyidagi Salavkiya (300 yilgacha), 300 yildan — Oront daryosi boʻyidagi Antioxiya boʻlgan. Davlatning nomi hukmronlik qilgan sulola nomidan olingan. Baʼzan, asosiy hududining nomi bilan Suriya podsholigi deb ham yuritilgan. Salavk I Midiya, Suziana, Forsiya (Persida) keyinchalik Oʻrta Osiyoning jan. — Baktriyanp bosib olgan. Mil. av. 301-yil Mesopotamiya va Suriya, mil. av. 281-yil Kichik Osiyo ham Salavkiylar davlatiga qoʻshib olingan. Salavkiylar davlati hududidan oʻtgan savdo yoʻllari (Kichik Osiyo va Suriyani Arabiston, Fors qoʻltigʻi, Oʻrta Osiyo, Hindiston va Xitoy bilan bogʻlagan) ichki va tranzit savdoning kuchayishi va hunarmandchilikning rivojlanishiga sabab boʻldi. Salavk I mil. av. 293 yilda oʻgʻli Antiox I ni Oʻrta Osiyo yerlariga hokim etib tayinlaydi. Oʻrta Osiyoning bir qancha muhim siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy voqealari Salavk I, ayniqsa, Antiox I hukmronligi bilan bogʻliq. Bu davrda Baqtriya hayotida dastlabki tangalar — oltin, kumush, mis draxma va tetradraxmalar zarb qilina boshlanadi. Salavkiylar davriga oid tangalar Termiz, Taxti Sangin, Denov, Kampirtepa, Afrosiyobdan topilgan. Salavkiylar davlati markazidan chetda boʻlishiga qaramay, Oʻrta Osiyo ushbu davlatning eng muhim qismi boʻlib, harbiystrategik va iqtisodiy ahamiyatga ega edi. Oʻrta Osiyo boʻylab oʻtgan savdo yoʻllari boʻyida shaharlar va qishloklar qurdirilgani bejiz emas. Maʼmuriy boshqaruv jihatdan davlat satrapiyalarga (manbalar 20—30 ta dan 72 tagacha satrapiya boʻlganligi haqida maʼlumot beradi) va nisbatan kichik hududiy birlashmalar — eparxiya, gipparxiya, tonarxiyalarga boʻlingan. Yunon hokimlari va ular atrofida toʻplangan yunon zodagonlar bilan birga mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilar edilar. Salavkiylar hokimiyati, avvalo, Oʻrta Osiyodagi harbiy manzilgohlarda joylashgan harbiy kuchlarga tayanar edi. Mil av. 3-asrning oʻrtalariga kelib Salavkiylar davlatida hokimiyat uchun oʻzaro kurashlar avj olib ketadi. Bu esa Oʻrta Osiyoda Salavkiylar hokimiyatining barham topishiga olib keldi va mil. av. 250 yilda Salavkiylar davlatidan dastlab Parfiya keyin esa YunonBaqtriya podsholigi ajralib chiqdi. Butun davlat inqirozga yuz tutib mil. av. 64-yil faqat hozirgi Suriya hududidan iborat boʻlib qoldi va oʻsha yili Rim provinsiyasiga aylantirildi. Oʻrta Osiyoning S.d tarkibiga kirgan davri, yunonmakedon yurishlari paytida vayron boʻlgan ishlab chiqaruvchi kuchlarning tiklanishi hamda baqtriyaliklar, sugʻdiylar, parfiyaliklarning bosqinchilarga qarshi birlashuv davri boʻlib qoldi.[1]Spitamenning oʻlimi va Iskandarning soʻgʻd-baqtriya hukmdorlari bilan tuzgan sulhi natijasida 327 yilda Oʻrta Osiyo Iskandar Zulqarnayn davlati tasarrufiga oʻtadi. Mahalliy elitalarning harbiy kontingenti Iskandar Zulqarnayn armiyasiga qoʻshiladi. 323 yilda Iskandar Zulqarnaynning oʻlimi haqdagi xabarni eshitgan Soʻgʻd va Baqtriyadagi grek kelgindilari 20 ming kishidan iborat piyoda askar va 3 ming nafar otliqni yigʻib oʻz vatanlariga qaytishga otlandi. Ammo ularni toʻxtatish uchun Iskandarning Safdoshi sarkarda Perdik yetib keladi va qochishga shaylangan askarlarni qurolsizlantirib, jazolaydi. Oʻz vatanlariga qaytishga shaylangan grek askarlariga xayrixohlik bildirgan Soʻgʻd hukmdori (strapi) oʻz lavozimidan ozod etildi. Uning oʻrniga makedoniyalik Filipp oʻtiradi. Maʼlum muddat u har ikki straplikni - Soʻgʻdiyona va Baqtriyani boshqarib turdi. 315 yildan keyin mahalliy xalq orasidan tayinlangan straplarning hammasi greklar va makedoniyaliklar bilan almashtirildi. Faqat Oksariat (Iskandarning qaynotasi) va Atropat (Perdikning qaynotasi) oʻz lavozimida qoldiriladi. 312 yilda Iskandar sarkardalaridan biri - Salavk Vaviloniyaga ega boʻldi. Tez orada u oʻz yerlarini Sirdaryo va Hind daryolari qadar kengaytirdi. Uning oʻgʻli Antiox I (Salavk bilan Spitamenning qizi Apama nikohidan tugʻilgan) esa Iskandarning Osiyodagi hududlarining katta qismiga egalik qilgan. Oʻrta Osiyo hududida ikkita straplik vujudga keldi. Unga Soʻgʻdiyona, Baqtriya va Margʻiyona kirdi. Xorazm salavkaylarga boʻysunmagan. Ahmoniylarning soʻnggi vakili va Iskandar davrida ham Xorazm oʻz mustaqilligiga ega boʻlgan. Salavk va Antiox Oʻrta Osiyoda oʻz pozisiyalarini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratgan. Koʻplab qalʼa va shaharlar barpo etilgan va ular asosan greklar bilan toʻla boʻlgan. Tarixiy manbalarga koʻra, Salavk 75 ta shahar qurdirgan. Eng olis shaharlardan biri Yaksart ortida joylashgan Antioxiya shahri boʻlgan. Taxminlarga koʻra, mazkur shahar hozirgi Toshkent viloyati hududida yoki Fargʻona vodiysida joylashgan. Eramizdan avvalgi 3-asrning 60-yillariga qadar Baqtriyada salavkiylarning zarbxonasi saqlanib qolgan. Bu zarbxonada oltin va kumush tangalar zarb etilgan. Salavkiy hukmdorlaridan biri Antiox II ning davrida (earimizdan avvalgi 261-247 yillar) uning Baqtriyadagi strapi Diodot salavkiy tangalar asosida oʻz tangalarini zarb qilgan. Bu uning salavkiylar hukmronligida qandaydir muxtoriyatga ega boʻlganidan dalolatdir. Baqtriya, Soʻgʻdiyona va Oʻrta Osiyodagi boshqa viloyatlarning iqtisodiy hayoti Salavkiylar davlatining gʻarbiy viloyatlaridagidan ancha farq qilgan.
Yunon-Baqtriya podsholigi — Qadimiy quldorlik davlati (mil. av. 256—248 ylar orasi — mil. av. 140—135 ylar).
Asoschisi salavkiylarning Baqtriyadagi satrapi Diodot hisoblanadi. Mil. av. 250 yilda u oʻzini Baqtriyaning mustaqil hukmdori deb eʼlon qiladi. Davlat hududiga hozirgi Janubiy Tojikiston, Janubiy Oʻzbekiston va Afgʻoniston kirgan. Yu.Yunon-Baqtriya podsholigi kuchaygan paytlarda unga Pokiston, Shimoliy Gʻarbiy Hindiston ham boʻysungan. Poytaxti Baqtra (oʻrta asrlardagi Balx) shahri boʻlib, uning xarobalari Shimoliy Afgʻonistonda, Mazori Sharif shahri yaqinida joylatlgan. Davlat bir qancha satrapliklar (viloyatlar)ga boʻlinib boshqarilgan. Yozma manbalar va arxeologiq tadqiqotlar natijalari iqtisodiy hayot, badiiy hunarmandchilik, haykaltaroshlik, madaniyat, shaharsozlik yunon anʼanalari asosida yuksak rivojlanganligidan dalolat beradi. Yunon-Baqtriya davriga mansub eng mashhur yodgorlik Shimoliy Afgʻonistondagi Oyxonum va Janubiy Tojikistondagi Taxti Sangin yodgorliklari hisoblanadi. Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida, Vaxsh va Panj daryolari quyilishida joylashgan Taxti Sangindagi ibodatxona tuzilishi va topilmalari ellinizm dunyosiga xos diniy eʼtiqodlar keng tarqalganligini koʻrsatib turibdi.
podsho Evkratidning tillo tangasi
Yunon-Baqtriya podsholigi Hindiston va Oʻrta Osiyo hududlarini oʻzaro bogʻlovchi hamda Xitoydan Badaxshon orqali Fors koʻrfaziga olib chiquvchi savdo yoʻllarini nazorat qilib, xalqaro iqtisodiy-savdo aloqalarida faol ishtirok etgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan koʻplab tangalar tovarpul munosabatlari rivojlanganligini koʻrsatadi. Tangalar yunon standartlari asosida kumush va jezdan quyilgan. Tangalarda (tetradraxma, draxma, obol va boshqalar) hukmdorlar qiyofasi yuksak did va aniqlik bilan tasvirlangan. Diodot (mil. av. 250—230), Yevtidem (mil. av. 230 —200), Demetriy (mil. av. 200-185), Yevkradit (mil. av. 185-171), Geliokl (mil. av. 171—155) va boshqalar hukmdorlari maʼlum. Bitta nom bilan davlatni boshqargan hukmdorlar (masalan, Diodot 1, Yevkradit II) ham boʻlgan. Mil. av. 3-asr oxiri —2-asrning 1-yarmi davlatning eng rivojlangan davri hisoblanadi. Mil. av. 2-asr oʻrtalaridan boshlab ichki nizolar kuchayib, inqiroz davri boshlanadi. Mamlakat alohida viloyatlarga boʻlinib, mahalliy hokimlar (Antimax, Menandr, Appolodot va boshqalar)oʻz nomidan tangalar zarb qilishgan.
Yunon-Baqtriya podsholigi mil. av. 140—135 yillarda sak va yuyechji qabilalari tomonidan butunlay tugatilgan.
Yunon manbalariga koʻra, Yunon-Baqtriya podsholigi asiylar, pasianlar, sakaravllar va toxarlar tazyiqi ostida barham topgan.[1]
Yunon-Baqtriya podsholigi Oʻrta Osiyo hududida eramizdan avvalgi 250-125 yillarda mavjud boʻlgan davlatdir.
Tarix
Eramizdan avvalgi 256-yilda Parfiya, Baqtriya va Soʻgʻdiyona Salavkiylar davlatidan ajralib chiqdi. Baqtriya strapi Diodot oʻzini shoh deb eʼlon qildi va mintaqada gegemonlik uchun kurash boshladi. Bunga javoban, Arshaxidlar Parfiyada hokimiyatni qoʻlga kiritdi. Soʻgʻdiyona esa Baqtriya hukmronligi ostiga oʻtdi. Eramizdan avvalgi 230-yilda Soʻgʻdiyona strapi Yevtidem Diodotning vorisini taxtdan agʻdardi. Yunon-Baqtriya bilan Parfiya oʻrtasida savdo yoʻllarini nazorat qilish borasida doimiy urushlar boʻlib turgan. Eramizdan avvalgi 209-208-yillarda salavkiy hukmdori Buyuk Antiox III Salavkiylar saltanatini qayta tiklash uchun sharqqa yurish boshlaydi. 207-yilda u Parfiyani magʻlubiyatga uchratib, Yunon-Baqtriyaga qarshi harbiy yurish qiladi. Antiox qoʻshinlari Yevtidem ustidan gʻalaba qozonadi va Yunon-Baqtriya poytaxti Baqtrani qamal qiladi. Qamal ikki yil davom etgan. Nihoyat Yevtidem Antiox bilan tinchlik sulhini tuzishga erishadi. Oʻz navbatida u Antioxga oʻzining barcha jangchi fillarini topshiradi. Yevtidemning oʻgʻli Demetriy esa salavkiylar malikasiga uylanadi. Magnesiya jangida rimliklar tomonidan salavkiylarga qattiq talofot yetkazilishi natijasida Yunon-Baqtriya podsholigi salavkiylarning ittifoqchilari boʻlgan janubiy knyazliklarni oʻziga boʻysundirish imkoniyatiga ega boʻladi. Eramizdan avvalgi 187 yilda otasi Yevtidemning vorisi Demetriy Araxosiyani zabt etadi va Hindiston sari yoʻl oladi. Demetriy Shimoliy Hindistonda oʻz qoʻshinlari bilan ancha muddat qolib ketadi. Bundan foydalangan uning sarkardalaridan biri - Yevkradit 171 yilda Baqtra hokimiyatini qoʻlga kiritadi. Yevkraditning podshohligi tarixda "behisob shaharlar podshohligi" degan nom olgan. Xitoy manbalarida yozilishicha, eramizdan avvalgi 165 yilda Yettisoyga (Semirechya) yuechjilarning qadami tekkan. Ular Sirdaryo orqali Amudaryo sohillari tomon yoʻl olgan. Ular Baqtriyani egallashga ham muvaffaq boʻlgan. 155 yilda Yevkradit navbatdagi yurishlarning birida oʻz oʻgʻli tomonidan oʻldiriladi. Xuddi shu davrlarda Yunon-Hind podshohligi tashkil topgan edi. 141-128 yillar Yunon-Baqtriya podshohligining tanazzulga yuz tutish davri boʻldi. Taxminlarga koʻra, yuechshilar Baqtriyani qoʻlga kiritgandan soʻng shoh Geliokl Paropamisada yoki Araxosiyada hokimiyatni saqlab qolgan. Oʻrta Osiyo ikki yuz yil ellinlar dunyosining bir qismi boʻldi. Bu davr O`rta Osiyo tarixida jiddiy iz qoldirgan. Soʻgʻd va Baqtriya ellin-makedon harbiy guruhlariga tayangan strapiyalarga aylandi. Hirot, Marv kabi yangidan-yangi shaharlar vujudga keldi. Mintaqada yunon standartlari boʻyicha tangalar zarb etildi. Mintaqaga yunon xudolari panteoni, yunon adabiyoti va teatri kirib keldi. Mahalliy va yunon madaniyatining oʻzaro sintezi sodir boʻldi.
Qadimgi Baqtriya, Marg‘iyona va So‘g‘dning madaniyati va tarixi, hududiy joylashuvi hamda geografik chegaralari masalalariga qiziqish XIX asrdayoq boshlangan edi. Albatta, bunga bevosita antik davr mualliflarining asarlaridagi Baqtriya, Marg‘iyona va So‘g‘diyona haqidagi ma’lumotlarga tadqiqotchi olimlarning qiziqishlariga, tarixiy geografiyaga oid haqiqatni qidirishlariga turtki bo‘lgan. G‘arb va sharq olimlari tadqiqotlari natijalarida ko‘pchilik olimlar O‘rta Osiyo hududlari tarixiy geografik chegaralarini belgilaganlar. Bu borada fikrlar turlicha. Gerodot ma’lumotlariga tayanib, J.Tomson, V.Fedchina, V.Dementev, O.Andryushenko kabi olimlar antik davr tarixiy kartalarini yaratganlar. J.Tomson Kaspiy dengizining kengligini uzaytirib yuborgan, bu esa Gerodot yozganlariga mos tushmaydi. V.Dementev, O.Andryushenkolar Araks (Amudaryo)ni birmuncha to‘g‘riroq chizganlar, lekin uning Kaspiyga quyiluvchi irmog‘i tasvirlanmagan. Shuningdek, baqtriyaliklar yurti ham aks etmagan. V.Fedchina tiklagan kartada Gerodot tilga olgan “botqoqlik va ko‘llar” mavjud hududlar tasvirlangan bo‘lsada, biroq baqtriyaliklar va massagetlar yerlari chizilmagan. XX asrning 50-yillaridan esa M.M.Dyakonov tomonidan «Shimoliy Baqtriya» tushunchasini ilmiy muomalaga kiritildi[1]. Bu hududga shimoldan Hisor tog‘ tizmalari, g‘arbdan Ko‘hitang tizmasi, janubdan Amudaryo, sharqdan Pomir tizmalarigacha bo‘lgan keng hududlarni qamrab olgan. Bu atamadan kelib chiqib, shimoli-sharqiy va Shimoli-G‘arbiy Baqtriya atamalari ham paydo bo‘ldi. ShimoliG‘arbiy Baqtriya atamasining kelib chikishi Shimoliy Baqtriya hududiy chegaralarining ancha kengayishiga va uning tarkibiga Turkmanistonning Kelifdan Kerkigacha bo‘lgan janubi-sharqiy hududi va hatto Chorjuyning ham kiritilishiga sabab bo‘ldi[2]. B.Ya.Staviskiy Baqtriyaning shimoliy chegaralari masalasining yechimiga arxeologiya va epigrafikaga oid yangi ma’lumotlarni keng jalb qildi hamda kushonlar davrida janubga va shimolga Amudaryodan boshlab Hisor tizmalariga qadar bo‘lgan hudud etnik va madaniy munosabatlarda yagona tarixiy-madaniy viloyatni o‘zida aks ettirganligini ko‘rsatib berdi. Amerikalik olim R.Frayning fikriga ko‘ra, Baqtriya keng qamrovli viloyatning madaniy markazi bo‘lib, uni shimoldan, sharqdan va janubdan tog‘lar o‘rab to‘rgan, uning erlarini sug‘oruvchi Amudaryo uni ikki qismga: janubiy, ya’ni Afg‘on Turkistoniga va Shimoliy, o‘ng qirg‘oq, ya’ni Tojikistonga ajratib turgan. Bir qator olimlar bu fikrga qo‘shilmaydilar. Ular antik davr manbalariga tayanib yuqorida ko‘rsatilgan viloyat So‘g‘diyonaga qarashli bo‘lgan va Baqtriyaning shimoliy chegarasi Amudaryo-Oks orqali o‘tgan deb hisoblaydilar[3]. I.V.Pyankov antik yozma manbalarda Oks Baqtriya va So‘g‘d o‘rtasidagi chegara sifatida e’tirof qilinishi bilan birga unga tubdan qarama-qarshi bo‘lgan ma’lumotlar ham borligini takidlab o‘tadi. Bu ma’lumotlar ikki xil taxminga asoslangan. Ularning biriga ko‘ra, Hisor tizmasining janubi-g‘arbiy bo‘lagi va Amudaryo oralig‘idagi viloyat Baqtriyadan farq qilgan bo‘lsa-da, lekin shu davrning o‘zida So‘g‘diyonadan ham aniq ajralib turgan. Ikkinchi tahminga ko‘ra, bu hudud to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Baqtriya» deb atalgan[4]. Bir qator tadqiqotchilarning fikricha, Baqtriya va So‘g‘diyona o‘rtasidagi chegara Amudaryo va Surxondaryo bo‘ylab o‘tgan. Bu chegara Vaxsh va Amudaryo orqali o‘tgan degan fikrlar ham mavjud. Baqtriyaning shimoliy chegaralari to‘g‘risidagi munozaralarga I.V.Pyankov ma’lum ma’noda aniqlik kiritadi. U antik davri yozma manbalarni sinchiklab tahlil qilish asosida bir qator tadqiqotchilarning, Baqtriya haqidagi, uni Oksning faqat chap qirg‘og‘ida joylashgan bir viloyat, degan qarashlari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini takidlab o‘tadi. Uning fikriga ko‘ra, «Baqtriya» deganda (sof geografik atama ma’nosida) dastlab Balx vohasi nazarda tutilgan. Keyinchalik uning ma’nosi kengayadi: «Baqtriya» va «baqtriylar» deganda eng dastlabki davrda Zaratushtra podsholigi, «Kirga qarshi kurashgan xalq», Ahamoniylar davlati, Iskandar, Salavkiylar va nihoyat skiflar asos solgan podsholikning shu nomdagi qismi yoki satraplik anglashiladigan bo‘ladi. I.V.Pyankovning taxminicha, Amudaryo-Oksni Baqtriya va So‘g‘dning chegarasi bo‘lgan degan fikrlar Iskandarning Kelifda (Turkmanistonning janubiy-sharqi) kechuvdan o‘tgan eridagi holatini umumlashtirish natijasida kelib chiqqan, lekin daryoning yuqori qismida, ya’ni O‘zbekiston va Tojikiston hududlaridagi holat boshqacha bo‘lgan. Shuningdek, Baqtriyaning bu chegarasi asosan Iskandar tarixchilarining ma’lumotlari asosida tiklangan. Iskandardan avvalgi va uning yurishlaridan keyingi davrga oid Baqtriyaning shimoliy chegaralari haqida guvohlik beruvchi yozma manbalar esa mavjud emas. Shunday qilib, yozma manbalarning ma’lumotlariga asoslanadigan bo‘lsak, mil.avv. IV asr uchinchi choragining oxiriga kelib, Amu-daryoning o‘ng qirg‘og‘idagi yerlar- O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati va Janubiy Tojikiston yerlari Baqtriyaning tarkibiga kirgan, deb xulosa chiqarish mumkin. Iskandarning Nautakadan Baqtriyaga qarab o‘tgan harbiy harakat yo‘lini I.V.Pyankov o‘rta asr arab sayyohlarining Keshdan Balxga qadar bo‘lgan masofa haqidagi ma’lumotlari bilan taqqoslaydi. Uning taxminicha, Keshdan (Shahrisabz) Boysun tog‘idagi Temirdarvoza (Dari Ohanin) ga qadar G‘uzor viloyati orqali o‘tadigan yo‘lning uzoqligi to‘rt kunlik masofaga teng bo‘lgan. Temir darvozadan Balxga qadar bo‘lgan masofa esa besh kunlik yo‘lga teng bo‘lgan.I.V.Tomashek va V.V.Grigorevlarning fikriga qo‘shilib, I.V.Pyankov Sizimitr-Xorien qalasi Temirdarvoza atrofida joylashganligini va u Baqtriya hamda So‘g‘d o‘rtasidagi katta yo‘l ustida chegara nuqtasi vazifasini bajarganligini yoza[5]. Viloyatlar va qalalarning joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi I.V.Pyankovning fikrlari, bizningcha, ancha ishonarlidir. Shimoldan Qashqadaryo, janubdan Surxondaryodek ikkita dehqonchilik vohalarining o‘rtasida joylashgan, keng, tog‘li mamlakatning tarixiy-geografik tavsifi masalasi nihoyatda muhimdir.
Adabiyot
Rtveladze E. V., Velikiy shelkoviy put, T., 1999;
Oʻzbekiston tarixi, T., 2003;
Sagdullayev A.S., Qadimgi Oʻrta Osiyo tarixi, T., 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: |