Mavzusida taqdimoti
Download 14.08 Kb.
|
Ilm-fan jamg\'armasi moliya fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga
- “Innofund” yosh olimlar birlashmasi faoliyati
- 2023-YIL UCHUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BUDJETI E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT !
Stajirovka haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5047-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 545-son qaroriga asosan yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuboradi. Tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish, saralash tanlovlarni oʻtkazish va stajirovkaga yuborish, stajirovkalarni moliyalashtirish tartiblari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 222-son qarori bilan tasdiqlangan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun quyidagi havoladan foydalaning. “Innofund” yosh olimlar birlashmasi faoliyati Soʻnggi yillarda respublikada ilmiy va innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash, kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda, iqtidorli yoshlarni nufuzli milliy hamda xalqaro olimpiadalar, musobaqalar va tanlovlarda salmoqli natijalarga erishishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish, innovatsion gʻoyalar, loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, iqtidorli talabalar, yosh olimlar va tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini ragʻbatlantirish, ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.
2023-YIL UCHUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BUDJETI E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT ! Download 14.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling