Mavzusida tayyorlagan dars ishlanmasi mavzu


Download 16.25 Kb.
Sana12.06.2020
Hajmi16.25 Kb.
#117816
Bog'liq
3 sinf o`qish dars ishlanma


3-SINF O`QISH FANIDAN

KITOB, MENING DO‘STIMSAN MAVZUSIDA TAYYORLAGAN



DARS ISHLANMASI

MAVZU: KITOB, MENING DO‘STIMSAN” (ZAFAR DIYOR).

DARSNING MAQSADLARI:

Ta’limiy: o‘quvchilarni she’r mazmuni bilan tanishtirish, kons titutsiya haqida bilim berish, to‘g‘ri va ravon o‘qishga o‘rgatish.

Tarbiyaviy: o‘quvchilarda vatanparvarlik, fidoyilik, jonkuyarlik kabi fazilatlarni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning she’rni ifodali o‘qish, mazmunini so‘zlab berish malakalarini rivojlantirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodlari: suhbat, savol-javob, «yosh hu quqshunos»

ta’limiy o‘yini.



Dars jihozi: konstitutsiya va o`qish kitobi rasmlari, multimedia

ilovalari.



DARSNING BORISHI:

I. Tashkiliy qism.



  • Salomlashish.

  • davomatni aniqlash.

  • o‘quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.

II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa so‘raladi. o‘quvchilar «Qizcha va qarg`alar» hikoyasini navbat bilan o‘qiydilar, mazmunini so‘zlab beradilar.



III. YANGI MAVZUNI TUSHUNTIRISH.

yangi mavzu e’lon qilinadi va doskaga yoziladi: “Kitob, mening do‘stimsan” (Zafar Diyor)

o‘qituvchi she’rni darslikdan ifodali o‘qib beradi. o‘quvchilar

kuzatib, tinglaydilar.

She’r matnida uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi

o‘tkaziladi.



KITOB, MENING DO‘STIMSAN

ZAFAR DIYOR

Varaqlasam bir boshdan

Quvnab bag‘rim ochilur.

Oltin harf-so‘zlardan

Totli ma’no sochilur.

Shuning uchun deymanki:

Kitob, mening do‘stimsan!

Har sahifang men uchun

Bir hikoya so‘zlaydi.

O‘qib olim bo‘lgin, deb,

Yaxshi niyat ko‘zlaydi.

Shuning uchun deymanki:

Kitob, mening do‘stimsan!

Seni jondan sevaman,

Meni tilga o‘rgatding.

Hadya qilib ilm-fan,

Yorug‘ yo‘llar ko‘rsatding.

Shuning uchun deymanki:

Kitob, mening do‘stimsan!

IV. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH.

«Kitob, mening do‘stimsan» she’rini o‘quvchilar navbat bilan o‘qiydilar.

O‘quvchilar she’rdagi qofiyadosh so‘zlarni topadilar.

O‘quvchilarning yangi mavzu yuzasidan olgan bilimlarini

Mustahkamlash maqsadida quyidagi o‘yin o‘tkaziladi.

«maqollar zanjiri» o‘yini o‘tkaziladi. Bu o‘yinda o‘quvchilar kitob haqidagi maqollardan ketma-ket aytadilar.

– kitob – aql qayrog‘i.

– kitob ko‘rmagan kalla,

Giyoh unmagan dala.

– kitobsiz aql – qanotsiz qush…

Ilmga kon,

Mazmunga makon,

So‘zi serhikmat,

Bizga do‘st-ulfat,

O‘rgatar odob,

Bu nima, ozod?

(kitob)

V. DARSGA YAKUN YASASH VA O‘QUVCHILARNI BAHOLASH.

O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

1. She`r nima haqida ekan?

2. „Hadya qilib ilm-fan, Yorug‘ yo‘llar ko‘rsatding“ misrasini qanday tushundingiz?

3. Nima uchun kitobni eng yaqin do‘stimiz deymiz?

Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.



Uyga vazifa.

“Kitob, mening do‘stimsan” she’rini yod olish
Download 16.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling