Mavzusida tayyorlagan dars ishlanmasi mavzu
Download 16.25 Kb.
|
3 sinf o`qish dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy
- DARSNING BORISHI: I. Tashkiliy qism. Salomlashish. davomatni aniqlash.
- III. YANGI MAVZUNI TUSHUNTIRISH.
- KITOB, MENING DO‘STIMSAN ZAFAR DIYOR
- IV. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH.
- V. DARSGA YAKUN YASASH VA O‘QUVCHILARNI BAHOLASH.
3-SINF O`QISH FANIDAN “KITOB, MENING DO‘STIMSAN” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN DARS ISHLANMASI MAVZU: “KITOB, MENING DO‘STIMSAN” (ZAFAR DIYOR). DARSNING MAQSADLARI: Ta’limiy: o‘quvchilarni she’r mazmuni bilan tanishtirish, kons titutsiya haqida bilim berish, to‘g‘ri va ravon o‘qishga o‘rgatish. Tarbiyaviy: o‘quvchilarda vatanparvarlik, fidoyilik, jonkuyarlik kabi fazilatlarni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning she’rni ifodali o‘qish, mazmunini so‘zlab berish malakalarini rivojlantirish. Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari: suhbat, savol-javob, «yosh hu quqshunos» ta’limiy o‘yini. Dars jihozi: konstitutsiya va o`qish kitobi rasmlari, multimedia ilovalari. DARSNING BORISHI: I. Tashkiliy qism. Salomlashish. davomatni aniqlash. o‘quvchilarning darsga hozirligini tekshirish. II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa so‘raladi. o‘quvchilar «Qizcha va qarg`alar» hikoyasini navbat bilan o‘qiydilar, mazmunini so‘zlab beradilar. III. YANGI MAVZUNI TUSHUNTIRISH. yangi mavzu e’lon qilinadi va doskaga yoziladi: “Kitob, mening do‘stimsan” (Zafar Diyor) o‘qituvchi she’rni darslikdan ifodali o‘qib beradi. o‘quvchilar kuzatib, tinglaydilar. She’r matnida uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi. KITOB, MENING DO‘STIMSAN ZAFAR DIYOR Varaqlasam bir boshdan Quvnab bag‘rim ochilur. Oltin harf-so‘zlardan Totli ma’no sochilur. Shuning uchun deymanki: Kitob, mening do‘stimsan! Bir hikoya so‘zlaydi. O‘qib olim bo‘lgin, deb, Yaxshi niyat ko‘zlaydi. Shuning uchun deymanki: Kitob, mening do‘stimsan! Seni jondan sevaman, Meni tilga o‘rgatding. Hadya qilib ilm-fan, Yorug‘ yo‘llar ko‘rsatding. Shuning uchun deymanki: Kitob, mening do‘stimsan!
«Kitob, mening do‘stimsan» she’rini o‘quvchilar navbat bilan o‘qiydilar. O‘quvchilar she’rdagi qofiyadosh so‘zlarni topadilar. O‘quvchilarning yangi mavzu yuzasidan olgan bilimlarini Mustahkamlash maqsadida quyidagi o‘yin o‘tkaziladi. «maqollar zanjiri» o‘yini o‘tkaziladi. Bu o‘yinda o‘quvchilar kitob haqidagi maqollardan ketma-ket aytadilar. – kitob – aql qayrog‘i. – kitob ko‘rmagan kalla, Giyoh unmagan dala. – kitobsiz aql – qanotsiz qush… Ilmga kon, Mazmunga makon, So‘zi serhikmat, Bizga do‘st-ulfat, O‘rgatar odob, Bu nima, ozod? (kitob)
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi: 1. She`r nima haqida ekan? 2. „Hadya qilib ilm-fan, Yorug‘ yo‘llar ko‘rsatding“ misrasini qanday tushundingiz? 3. Nima uchun kitobni eng yaqin do‘stimiz deymiz? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi. Uyga vazifa. “Kitob, mening do‘stimsan” she’rini yod olish Download 16.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling