Mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
Download 16.86 Kb.
|
1 2
Bog'liqtashqi taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga TAQRIZ
- Magistrlik dissertatsiyasi mazmunining qo‘yilgan maqsad va shakllantirilgan vazifalarga mosligi
Nizomiynomidagi Toshkent Davlat PedagogikaUniversiteti1 70110401-Maxsus pedagogika, Defektologiya (Oligofrenopedagogika) mutaxassisligi 2-kurs magistranti Artikbayeva Qunduz Abdujabbor qizi tomonidan tayyorlangan “ Oilada aqli zaif bola ota-ona munosabatlarini shakllantirish ” Mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga TAQRIZ Magistrlik dissertatsiyasi Maxsus pedagogika(Oligofrenopedagogika) mutaxassisligi 2–kurs magistranti Artikbayeva Qunduz Abdujabbor qizi tamonidan o‘rganilgan. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi: “Oilada aqli zaif bola ota-ona munosabatlarini shakllantirish ” Tanlangan mavzuning dolzarbligi va maqsadga muvofiqligi: Mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy xayotida amalga oshirilayotgan tub isloxotlar jamiyatimiz oldiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan xisoblangan ta’lim tizimini yangilash va yosh avlodni zamon talablariga javob bera oladigan komil insonlar etib tarbiyalash, ular ongiga mustaqillik g‘oyalarini singdirishdek muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda aholining yordamga ehtiyojmand fuqarolari turmush darajasini yaxshilash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmat turlari ko‘lamini kengaytirishi kabi qator masalalarga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaytirilmoqda. Jumladan jamiyatimizda istiqomad qilayotgan aqli nuqsonga ega bollarga ham alohida e’tibor qaratildi. Ularga ta’lim-tarbiya berish jarayonida tub isloxatlar olib borilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim – tarbiya tizimini yanada takomikllashtirish chora tadbirlari to’g’risida “ 2020-yil 13-oktyabrda PQ-4860-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida Vazirlar mahkamasi qaror qabul qildi. Bunga ko’ra: - alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan bolalar uchun maktablarda inklyuziv ta’lim va boshlang’ich tayanch korreksion sinflar faoliyatini yo’lga qo’yish hamda o’quv-tarbiaya jarayonini tashkil etish; - o’quvchilarni inklyuziv ta’lim sinflariga va boshlang’ich korreksion sinflarga qabul qilish; - alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan bolalarni bir muassasadan boshqa muassasaga yoki inklyuziv ta’lim olish uchun umumiy maktablarga o’tkazish; - alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etish va boshqarish, ularda o’quv-tarbiya va davolash-sog’lomlashtirish jarayonlarini tashkil etish va h.k.z.1 Qarorning vazifalaridan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki jamiyatimizda istiqomad qilayotgan alohida yordamga ehtiyojmand kishilarini ham ta’lim- tarbiyaga jalb etish, kelajakda ularni ishtimoiy-maishiy hayotda o’z o’rnilarini topishga yordam berishdir. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda Artikbayeva Qunduz Abdujabbor qizi tomonidan tayyorlangan “Oilada aqli zaif bola ota-ona munosabatlarini shakllantirish ” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi dolzarb muammoni tadqiq etishga bag‘ishlangan. Magistrlik dissertatsiyasi mazmunining qo‘yilgan maqsad va shakllantirilgan vazifalarga mosligi: Ota-onalaring aqli zaif bolalarga berayotgan tarbiya faoliyatini оʻrganish va metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Magisterli disertatsiyasining asosiy maqsadi bo‘lib, ushbu maqsaddan kelib chiqib mavzu bоʻyicha maxsus pedagogik va maxsus psixologik adabiyotlarni оʻrganish, tahlil qilish, aqli nuqsoni bоʻlgan bolalarni tarbiya faoliyatga оʻrgatish bоʻyicha amaliyotdagi mavjud ahvolni оʻrganish, tahlil qilish, aqli zaif bolalari bo’lgan oilalar uchun bolalarni tarbiyalashga оʻrgatishning samaradorligini oshirish yоʻl va usullarini aniqlash, metodik tavsiyalar ishlab chiqish vazifalari belgilab olingan. Magisterli disertatsiyasi bo’yicha qo‘yilgan maqsad asosida vazifalar to‘g‘ri belgilangan. Download 16.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling