Mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish Shirin taomlar tayyorlash
Quritilgan meva, rezavor kompotlari
Download 0.62 Mb.
|
Shirin taomlar tayyorla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quritilgan meva aralashmasi kompoti.
- Kofe, какао, shokolad tayyorlash usuli Sof kofe.
- Sof qora kofe.
- Sutli kofe.
Quritilgan meva, rezavor kompotlari ko'pincha quritilgan meva aralashmasidan tayyorlanadi (15-rasm). Quritilgan holda olma, nok, o'rik (turshak, bargak), anjir, olxo'ri (qora olxo'ri), kishmish, olcha, shaftoli va hokazolar bo'lishi mumkin.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida quritilgan mevalardan maxsus aralashma tayyorlanib, ular kompot tayyorlash uchun ishlatiladi. Quritilgan meva aralashmasi kompoti. Quritilgan mevalar saralanib, keraksiz mahsulotlardan tozalanadi va o'z turi bo'yicha ajratiladi. Chunki har birining pishish muddati har xil. Yirik olma, nok bo'laklarga bo'linadi. Qozonga suv solib qaynatiladi, shakar qo'shib aralashtirib yana qaynatiladi va olma, nok solib 20 minut past olovda, so'ng qolgan meva (kishmishdan tashqari) solinib, 10—15 minut qaynatib, kishmish solinib 4—5 minut qaynatiladi. Kofe, какао, shokolad tayyorlash usuli Sof kofe. Umumiy ovqatlanish korxonalariga kofe qovurilgan donador holda va yanchilgan holda keltiriladi. Yanchilgan kofe turpi bilan yoki turpsiz holda tayyorlangan bo'lishi mumkin. Kofening muhim tarkibiy qismi kofein bo'lib, o'ziga xos ta'sir etuvchi xususiyati bilan boshqa mahsulotlardan farqlanadi. Kofe tarkibida oqsil, yog', shaker bo'lib, bu uning ozuqalik qimmatini belgilaydi. Umumiy ovqatlanish korxonalariga sof kofedan tashqari kofeli ichimliklar ham keltiriladi. Ular suli, soya yoki jelud va boshqa mahsulotlardan sof kofe qo'shilgan yoki qo'shilmagan holda tayyorlanadi. Sof kofe qo'shilgan holda «Nasha marka», «Arktika», «Do'stlik», kofe qo'shilmagan holda «Oltin boshoq» kofe ichimliklari tayyorlanadi. Kofe tayyorlashning bir necha usuli bor. Biroq bu usullarning barchasi quruq kofe tarkibidagi xushxo'r ekstrakt moddalarni xushta'm ichimlikka aylantirishdan iborat. Agar quruq kofe donachalari ichirnlik tayyorlashdan awal yanchilib suyuqlikda aralashtirilsa, kofe sifati yuqori darajada bo'ladi. Yirikroq yanchilgan kofening xushxo'rligi ko'proq saqlanib, rangi tiniq bo'ladi. Kofelarni yanchish uchun tegirmon, kofe yanchuvchi mashinalardan foydalanish mumkin. Umumiy ovqatlanish korxonalarida kofe tayyorlash uchun maxsus «Ekspress» kofe pishirgich, qopqog'i zich bekiladigan kofe pishiravchi idishdan foydalaniladi va sof qora kofe, sutli yoki qaymoqli kofe, limonli kofe, ko'pirtirilgan qaymoqli kofe, sharqcha kofe, muzqaymoqli kofe tayyorlanadi. Sof qora kofe. Elektr kofe pishirish asbobida kofe tayyorlash uchun yanchilgan kofe suv qaynashidan 5—6 minut awal asbobning setkasiga solinadi. Pishirish jarayonida kofedan ta'mli va xushxo'r moddalar ajralib chiqadi. Ichimlikning ta'mini yaxshilash uchun kofe pishgandan so'ng 5—8 minut apparatda saqlanadi. Maxsus kofe pishiravchi asbobda kofe tayyorlashdan awal idish qaynoq suv solib chayqaladi, ustidan qaynoq suv quyiladi va qaynatiladi. Kofe ko'tarila boshlagach uni qizdirish to'xtatiladi, idish qopqog'i yopilib, 5—8 minut tindiriladi. Agar kofe kastryulkada tayyorlansa, uni elak yoki dokadan suzib o'tkaziladi. «Ekspress» kofe pishirish asbobida tayyorlanganda esa iclmmikning quyqasi bo'lmaydi. Kofelarni tarqatishda 75, 100 g hajmli stakan yoki kofe idishlaridan foydalaniladi. Kofeni shakar, limon, maxsus idishda sut, qaymoq bilan ham tarqatish mumkin. Sutli kofe. Tayyor qora kofega qaynab turgan sut, shakar qo'shib aralashtirilib qaynatiladi. Stakan tagiga taqsimcha qo'yib, kofe idishida taqsimchaga qo'yilgan holda tarqatiladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling