Mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish Shirin taomlar tayyorlash


Download 0.62 Mb.
bet16/26
Sana26.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1124461
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
Shirin taomlar tayyorla

Varshavacha sutli kofe. Odatdagicha qora kofe tayyorlanadi. Unga sut qo'shilishini hisobga olib quyuqroq tayyorlanadi. Pishirib suzib olingan kofega qaynoq sut, shaker qo'shib qaynatiladi. Tarqatishda stakan yoki kofe idishlariga quyib beriladi. Ustiga qaynatishda ajratib olingan sut qaymog'idan solib berish ham mumkin.
Ko'pirtirilgan qaymoqli kofe (venacha kofe). Qora kofe tayyorlanib stakanga quyiladi, ustiga shakar uni bilan birga ko'pirtirilgan qaymoq quyiladi. Ko'pirtirilgan qaymoq mahsulotini qandolatchilik qopchig'idan chiqarib qo'shish ham mumkin.
Sharqcha kofe (cho'kmali kofe). Yanchilgan kofe maxsus idishga (turkuga) solinadi, ustidan shakar solib sovuq suv quyiladi va qaynatiladi. Tarqatishda kofe turkuda yoki kofe idishida beriladi. Alohida idishda esa qaynatib sovutilgan suv beriladi.
«Shirin quyuqlashgan sutli sof kofe» konsentrasidan tayyorlangan kofe. Kofe va shirin quyuqlashgan sut qaynoq suvda bir xil suyuqlik holga kelguncha aralashtirib qaynatiladi va iste'molga tortiladi.
Kofeli ichimlik. Kofeli ichimlik mahsuloti idishga solinib, ustidan qaynab turgan suv quyiladi, qaynatilib, 3—5 minut tindiriladi. So'ng uni boshqa idishga quyib, shakar, qaynoq sut qo'shib yana qaynatiladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalariga какао va shokolad quraq un ko'rinishida keltiriladi. Shokolad tarkibida ma'lum darajada shakari bo'ladi. Какао va shokolad tarkibida yog'i bo'lgani sababli, ularning ozuqaviy ahamiyati yuqori hisoblanadi. Bundan tashqari, ularning tarkibida asab to'qimalariga, yurak faoliyatiga ta'sir etuvchi moddalar ham bor.
Sutli какао. Какао uni shakar bilan aralashtirilgandan so'ng ustidan ozroq qaynab turgan sut yoki suv quyib bir xil aralashma hosil bo'lguncha aralashtiriladi. Shundan so'ng ingichka naycha usulida qolgan sut quyilib aralashtiriladi va qaynatiladi. Kakaoni stakan yoki kofe idishida tarqatiladi. Какао ko'pirtirilgan qaymoq bilan ham tarqatish mumkin.
Shokolad. Shokolad kakaoga o'xshash tayyorlanadi va tarqatiladi. Agar shokolad plitka ko'rinishida keltirilsa, awal maydalab olinadi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling