Mavzu;suv taminoti nasoslarning qollanilish sohalari


Download 25.29 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi25.29 Kb.
#1478902
  1   2
Bog'liq
Nasos va nasos stansiyalar 64 21


Mavzu;suv taminoti nasoslarning qollanilish sohalari.



Reja
1. Suv taminoti nasoslarning qollanilish sohalari.
2. Aholi turar joylari va sanoat karxonalarini suv bilan ta’minlash.
3.Nasoslarning turlari.

O’zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarida umumiy suv iste’moli balansida er osti suvlarining ulushi 83...90% ni tashqil etadi. Bu esa qaralayotgan hududlarni er osti suv resurslariga ega ekanligini va ulardagi er usti suvlaridan asosan sug’orish maqsadlarida foydalanishni ko’rsatadi. Ma’lumki, er osti suvlari o’zining sifat ko’rsatgichlari bilan boshqa suvlarga nisbatan ustunlikka ega, lekin ularning joylashuv o’rniga bog’liq holda ular qattiq va shurlangan bo’lishi mumkin. Suvning sifat ko’rsatgichlariga bog’liq holda ularni tozalash va ishlov berish inshootlarini tizim tarkibigi kirishi yoki kirmasligini belgilaydi. Er osti suvlaridan manba sifatida foydalanish tizimida asosan artezian quduqlari, nasoslar, zahira suv sig’imlari va suv uzatish tarmoqlari asosiy inshootlar tarkibiga kiradi. Bunday holda suv ta’minoti tizimining boshlangich qismi sifatida artezian quduqlari ishlashining ishonchliligi va ularning talab darajasidagi suv uzatish kuvvati butun tizim ishining samaradorligin belgilaydi.

Suv ta’minoti tizimi inshootlarining yong’inni oldini olish va uni bartaraf qilishda muhim ahamiyatga ega, lekin quyidagilari bevosita shu maqsalarda ishlaydi. Ular tarkibiga nasoslar va nasos stantsiyalari, zahira suv sig’imlari va suv uzatish tarmog’i kiradi. Quyida ushbular haqida batafsil to’xtalib o’tamiz.

Nasoslar va nasos shaxobchalari bajaradigan asosiy vazifa bu suvni iste’molchilarga talab qilingan miqdorda va etarlicha bosim ostida uzatib berish hisoblanadi. Suv ta’minoti tizimi turiga bogliq holda nasos shaxobchalari birinchi bosqich, ikkinchi bosqich va uchinchi bosqich nasos shaxobchalariga bo’linadi.



Micro SUV NASOSI


Birinchi bosqich nasos shaxobchalari asosan suvni manbadan olib tozalash yoki suvga ishlov berish shaxobchalariga etkazib berish uchun xizmat qiladi. Agar manbadagi suvning sifat ko’rsatgichlari ichimlik suvi bo’yicha davlat standartlari talabiga javob bersa, u holda birinchi bosqich nasos shaxobchalari suvni toza suv havuzlari (TSH), ya’ni xavuzlarga (rezervuarlarga) to’plash uchun ishlaydi. Bunday tizimda suv zararsizlantirilgandan so’ng iste’molchiga uzatiladi. Odatda er osti suvlarini TSHga etkazish uchun ETsV markali nasoslardan foydalaniladi.

Tozalangan yoki ishlov berilgan suvni iste’molchilarga etkazish vazifasini ikkinchi bosqich nasos shaxobchasi bajaradi. Ikkinchi bosqich nasos shaxobchalari suvni tarqatish yoki taqsimlash tarmog’iga etkazib beradi. Shuni alohida e’tiborga olish kerakki, II-bosqich nasos shaxobchalari boshqaruv–zahira sig’imlari va suv uzatish tarmoqlari bilan birga ishlaydi va ularda hosil qilingan bosim o’ta muhim ahamiyatga ega buladi. Chunki ob’ektning istalgan nuqtasida har qanday ixtiyoriy vaqtda yong’in bo’lish ehtimoli mavjud.



Drenaj nasoslarning turi
Uchinchi bosqich nasos shaxobchalari tarmoqda ehtiyoj


tug’ilganda, ya’ni bosim etarli bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. Bazi hollarda butun ob’ektning faqat bir qismi yoki bir turdagi iste’molchiga ( alohida joylashgan ob’ekt) yuqori bosim ostida suv uzatishga ehtiyoj tug’iladi va bunday muammo echimi uchinchi bosqich nasos shaxobchalarini qurish bilan echiladi. Ushbu qo’llanmada yong’inni o’chirish yoki uni oldini olish maqsadida bevosita ishlaydigan inshootlar, ya’ni suv uzatish tarmog’i, boshqarish-zahira suv sig’imlari va nasoslar masalasiga mukammal to’xtalib o’tamiz. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, barcha inshootlar va ularning alohida elementlari gidravlik hisoblari bilan talaba suyuklik va gaz mexaniqasi kursida to’liq tushinchaga ega ekanligi nuqtai nazaridan yondoshiladi. Suv uzatish tarmog’ining gidravlik hisoblash murakkab bo’lganligi sababli uninig mohiyati va amalga oshirish usullari haqida ham imkon qadar batafsil tushunchalar berib o’tamiz.

Ular quyidagicha sinflanadi:


  1. Ob’ekt turiga karab (iste’molchi): Shaxar, kurgon, sanoat, kishlok xujaligi, temir yul va xakozalarning suv ta’minoti tizimlari.


  2. Vazifasiga karab: Xujalik - ichimlik, ishlab chikarish, yonginga karshi suv ta’minoti tizimlari.


  3. Suvni uzatish usuliga karab: Bosimli va bosimsiz suv ta’minoti tizimlari.


  4. Suv manbalari turiga karab: Er usti manbalaridan (kul, daryo, kanal, suv ombori va dengiz) suv oluvchi va er osti manbalaridan suv oluvchi suv ta’minoti tizimlari.




Demak shaxar suv ta’minoti tizimlari fakat shaxar uchun, sanoat suv ta’minoti tizimlari fakat sanoat korxonalari uchun xizmat kiladi. Xujalik - ichimlik suv ta’minoti tizimlari esa axolini kunlik extiyojlarini kondirish uchun xizmat kiladi. Ularning bir biridan farki suv sifati va tizimlarning konstruktiv tuzilishidir. Ayrim xollarda yukorida keltirilgan tizimlar birlashtirilishi mumkin. Masalan, xujalik - ichimlik va yonginga karshi; ishlab chikarish va yonginga karshi; ichimlik-yonginga karshi ishlab chikarish suv ta’minoti tizimlari.



Suv nasosi


Avtomatik suv nasosi



Foydalanilgan adabiyotlar


  1. DeOreo, Uilyam B.; Mayer, Piter; Dziegelevskiy, Benedikt; Kiefer, Jek (2016). "Suvdan turar joydan oxirgi foydalanish, 2-versiya". Suv tadqiqotlari fondi. Denver, Kolorado.

  2. ^ JSST va UNICEF (2017) Ichimlik suvi, sanitariya va gigiena bo'yicha taraqqiyot: 2017 yilgi yangilanish va SDG asoslari. Jeneva: Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi (YuNISEF), 2017 yil

  3. ^ Dagdeviren, Xulya; Robertson, Simon A. (2011 yil 2-iyun). "Afrikaning Sahroi Kabir tumanlarida suvdan foydalanish". Rivojlanish siyosatini ko'rib chiqish. 29 (4): 485–505. doi:10.1111 / j.1467-7679.2011.00543.xISSN 0950-6764S2CID 153624406.


  4. Download 25.29 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling