Mavzy №1. Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li Reja: Falsafa atamasining kelib chiqishi


II.  Islom dininig vujydga kelishi va falsafiy talimoti


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/44
Sana18.01.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1099115
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
II.
 Islom dininig vujydga kelishi va falsafiy talimoti. 
II - masalaga tayyorgarlik jarayonida talaba islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limotini 
atroflicha o’rganishi maqsadga muvofiq .Unda Movarounnahr arablar tomonidan zabt etilishi arafasida Turk 
xoqonligi tizimiga kirar edi. U mayda amirliklardan iborat bo`lib, ular o`rtasida tinimsiz to`qnashuvlar ro`y berib
turar edi. Ayniqsa, Turk xoqonligi bilan sosniylar Eroni o`rtasidagi to`qnashuvlar o`ta shiddatli tusda yuz
berar edi. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida bu xudud arab xalifaligi tomonidan bosib olindi.
Bunga Movarounnahr hududida yashovchi xalqlar, ijtimoiy kuchlar orasida siyosiy hamjihatlikning yo`qligi, 
o`zaro qirg`in-barotlarning avj olishi sabab bo`ldi.
Movarounnahrga arablar bosqini bilan birga islom dini ham kirib keldi. Islom so`zi arabcha o`zini 
topshirish, itoat, bo`ysunish, tinchlik kabima`nolarini anglatadi. Islom dini bayrog`i ostida keng hududda arab
qabilalari birlashgan, mavjud tarqoqlikka chek qo`yilgan, yagona markazlashgan arab xalifaligi tashkil to‘gan.
Qur`on va hadislarda islomiy ta`limotning asosi bayon qilingan. Qur`on - muqaddas kitob. Unda islom 
qoidalari, iymon-e`tiqod talablari, huquqiy va axloqiy meyorlar o`z ifodasini to‘gan. U 114 sura va ular tarkibidagi 
oyatlardan tashkil to‘gan.
«Sunna» esa hadislar majmui bo`lib, Qur`ondan keyinturadi va uni to`ldiradi. Unda Muhammad 
payg`ambarning so`zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis shaklida jamlangan.
Qur`on va sunnadan keyingi muhim manba - shariatdir. Shariat (to`g`ri yo`l, ilohiy yo`l demakdir) -
islomda huquqiy, axlog`iy meyor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi asosiy yo`nalishlar - sunniylik,
shialik va xorijiylik. Ular diniy ta`limot, marosimchilik, axloqiy-huquqiy meyorga oid masalalarda o`zaro 
faqrlanib turadi. Abu Mansur Moturidiy kalom ilmining aql maqomiga alohida e`tibor qaratgan Samarqandda 
Moturidiya maktabini yaratgan. Mu`taziliylar (ajralib chiqqanlar) yakka xudolikning adolatli ekanini, Qur`onning
tangri tomonidan yaratilganligini, iroda erkinligini yoqlab chiqqan. Uning asoschisi Vosil ibn Atodir . Uning
oxirgi vakillaridan biri Zamahshariydir.
Kalom islom ilohiyotining o`ziga xos falsafiy ta`limotidir. U diniy aqidalarni asoslab berishga uringan.
U Qur`onga tayanib, jannat va do`zaxning azaliy ekanligini, insonda iroda erkinligining yo`qligini, lekin
insonning Olloh oldida o`z qilmishlari uchun mas`ul ekanligini asoslab berishga harakat qilgan.
Bunday ma`naviy jarayonlar bilan yonma-yon islomda mashshoiyunlar va tabbiiyunlarning (Arastu
falsafasi va tabiatni o`rganishga ahd qilganlarning) falsafiy qarashlari shakllana borgan. Bu islomiy
ma`naviyatning dunyoviy va diniy masalalarda, jahon falsafiy tafakkurida ro`y berayotgan jarayonlarga 
nisbatan tashabbuskor bir kuch ekanini ko`rsatib turibdi. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling