Mavzy №1. Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li Reja: Falsafa atamasining kelib chiqishi


Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/44
Sana18.01.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1099115
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy (870-950, asarlari: Kitob-ul xuruf, Fozil odamlar shahri, 
Ehsoul ulum, Siyosat falsafasi, Fuqarolik siyosati) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar muallifidir. 
U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va 
amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash 
imkonini beruvchi mantiqni birinchi o‘ringa qo‘ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida e‘tibor 
bergan. Aynan falsafa insonga borliqning mohiyatini tushunish imkonini beradi. Borliq «yagona» va ayni vaqtda 
«ko‘p»dir. Borliqning mazkur holati emanatsiya, ya‘ni «yagona» muhitdan borliqning turli muhitlari kelib chiqishi 
mahsulidir. Forobiy asarlarida dunyo bir-biriga kiruvchi to‘qqiz gumbaz ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu 
gumbazlarda ularning Yer atrofida aylanishi sababi hisoblangan jonlar yashaydi. Gumbazlar o‘z harakatini dastlabki 
turtkidan boshlagan. Forobiy dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya 
haqidagi ta‘limotidan foydalangan. U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada Platon fikriga qo‘shilmagan, chunki 
uning paydobo‘lishi va o‘limi tananing paydobo‘lishi va o‘limi bilan bir vaqtda yuz beradi, deb hisoblagan. Ayni 
shu sababli Forobiy ijodida bilish nazariyasi Platondagi kabi xotirlash nazariyasi emas, balki dunyoni sezgi va aql 
birligi sifatida anglab etish nazariyasidir. Bunda aqlli jon narsalar tabiatini sezgilar idrokidan foydalanib anglab 
yetadi. Narsalarning mohiyati aql bilan anglab yetiladi. Bunda aql avvalo mantiqqa tayanishi, lekin sezgi a‘zolari 
beruvchi materialdan foydalanishi lozim.
Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan bo‘lsa-da, uning 
falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini yechishga intilish bilan tavsiflanadi. Ayni shu sababli faylasuf 
borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar – havo, olov, yer, suvni; shuningdek minerallar, 
o‘simliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini sinchiklab o‘rganadi. Shu tariqa u tashqi dunyoning ob‘ektiv 
mavjudligiga urg‘u beradi. Forobiyning falsafiy qarashlari Sharq falsafasining rivojlanishiga kuchli ta‘sir ko‘rsatdi.
Forobiyning gnoseologiyasi tabiatshunoslik, matematika, musiqa, tilshunoslik va boshqa fanlar sohasidagi 
bilimlarga asoslanadi. U tabiat insondan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjuddir, deb hisoblaydi. 
Farobiy fikricha, ob‘ekt sub‘ektga qadar mavjud bo‘lgan. Seziladigan narsalar sezgilardan oldin paydo bo‘lganidek, 
bilish mumkin bo‘lgan narsalar ham bilishdan oldin paydo bo‘lgan
2
.
Forobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi dunyodagi hodisalarni bilish jarayonida o‘zlashtiradi. Bu jarayon 
sezish, idrok etish, xotira, tasavvur qilish va eng muhimi – mantiqiy mulohaza yuritish, tafakkur kabi usullarni 
qamrab oladi. Bu vositalar yordamida inson fanni o‘rganadi. Forobiy «Fan va san‘atning o‘ziga xos xususiyatlari» 
asarida tabiatni bilishning uzluksizligini, bilish – bu bilishdan bilimga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, hodisani 
bilishdan mohiyatni bilishga eltuvchi yo‘l ekanligini qayd etadi.
Forobiy fikricha, inson paydobo‘lganidan so‘ng avvalo «oziqlantiruvchi kuch» paydo bo‘ladi , uning 
yordamida oziqlanish jarayoni yuz beradi. So‘ngra sezgi organlari paydo bo‘ladi , ular insonga sezish, tasavvur 
qilish qobiliyat va xotirani beradi. Shundan keyingina inson «orzu kuchi» yordamida bilim va hunarlarni 
o‘zlashtiradi, foydali narsalarni foydasiz narsalardan farqlaydi, o‘z xulq-atvorini tartibga soladi. Forobiy insonning 
barcha kuchlari ma‘lum sezgi organlari bilan moddiy sabab orqali bog‘lanadi, bu kuchlarning birortasi ham moddiy 
sababsiz mavjud bo‘la olmaydi
3
, deb hisoblaydi.
Forobiy inson ruhining bir tanadan boshqa tanaga o‘tishini qat‘iyan rad etadi va ruh ham, tana kabi 
substantsiyalarning individual birligidan iborat, deb hisoblaydi. Uning bu fikri noizchil bo‘lgan. Bunday noizchillik 
Aristotelning bilish nazariyasida ham kuzatiladi.
Aristotelga ergashib Forobiy ham ayrim narsalar birlamchi, mavjud tushunchalar va g‘oyalar – ikkilamchidir 
va ular aqlda muayyan narsalarning mavhumlashishi natijasida paydo bo‘ladi, deb hisoblaydi. Forobiyning bu 
2
Qarang: Фароби. Комментарии к категориям Аристотеля // Избранние произведения мислителей стран 
Ближнего и Среднего Востока. – M., 1961. – 191-b. 
3
Qarang: Фароби. Фусус ал-Хикам. Мажему ал-Фараби. 1997. – 150-152-b 


g‘oyalari universaliyalar va umumiy tushunchalar haqidagi qarashlarida yanada aniqroq namoyon bo‘ladi. 
Universaliyalar mavjud bo‘lgani uchun ham umumiy tushunchalar mavjuddir, deb hisoblaydi
4
buyuk mutafakkir. 
Bilish bosqichlari o‘rtasidagi farqlarni tushunish Forobiyga bilish yo‘llari to‘g‘risida mulohaza yuritish 
imkonini beradi. Bilishning fiziklar foydalanuvchi birinchi yo‘li sezishdan boshlanishi lozim, chunki tana sezgiga 
yaqinroqdir. Bu hol sezgilar muayyan narsalarni aks ettirishi bilan izohlanadi. Narsalar sezgi organlarida aks etgach, 
jismni va uning yuzasi, chiziqlari va nuqtalarini mavxum o‘rganishga o‘tishi lozim. Matematiklar jismning u yoki 
bu jihatlarini teranroq bilish uchun foydalanuvchi bilishning ikkinchi yo‘li mavhumlashtirishdan boshlanishi darkor. 
Bilishni mavhum nuqtadan boshlagan aql muayyan jism bo‘ylab harakatlana boshlaydi, mavhum chiziq, yuza, 
jismni anglaydi va so‘ngra muayyan jismni tushunib yetadi.
Ilmiy bilim va falsafiy tafakkurning rivojlanishi bilish yo‘llariga boshqacha nazar tashlash imkonini beradi
biroq Forobiy ilgari surgan g‘oya Gegel falsafasida o‘zining yanada barkamolroq ifodasini topadi. «Vazifa bilishdan 
iborat bo‘lgani tufayli, kuzatish bilan taqqoslash haqidagi masala undan voz kechish ma‘nosida yechilgandir. 
Endilikda masala faqat bilish doirasida nima birinchi bo‘lishi va undan keyin nimalar anglab yetilishi lozimligi 
haqida bo‘lishi mumkin. Endi tabiatga muvofiq yo‘l emas, balki bilishga muvofiq yo‘l talab etiladi. Bilish fikrning 
muayyan mazmunidan ko‘ra, mavhum mazmunini anglab etishi osonroqdir»
5
. Binobarin, bilish masalasi borliqning 
qaysi jihati biluvchi sub‘ektning ob‘ekti hisoblanishidan kelib chiqib hal qilinadi. Umuman, Forobiy g‘oyalari 
nafaqat Sharq fanining, balki G‘arb ijtimoiy-falsafiy tafakkurining rivojida ham muhim rol o‘ynadi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling