Maxam-chirchiq


Download 22.95 Kb.
bet2/6
Sana13.11.2023
Hajmi22.95 Kb.
#1771309
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YAKUNIY TAQDIMOT

Birinchidan-Tashkilotda meyoriy-huquqiy bazani yaratish, bu, korxonada yoshlar bilan ishlash tizimini yanada yaxshilash uchun, ya’ni demoqchimanki amalga oshiriladigan har bir ish, har bir tadbirning qonuniy asosi bo’lishi kerak. Bu barcha tadbirlarimizni yuqori saviyada tashkil qilinishi bilan birga unga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish bo’yicha ijrochilarning ma’suliyati va javobgarligini oshirish imkonini beradi. Nima uchun bunga alohida to’xtalmoqchiman, chunki nafaqat korxonamizda balki, butun Respublikamiz bo’ylab o’tkazilayotgan aksariyat tadbirlarimiz “xo’ja ko’rsin”ga yoki rejaga kirgazilganligi uchun o’tkazilmoqda. Ularning qanchalik dolzarb ekanligi inobatga olinmayapti. Ayniqsa so’ngi vaqtlarda tadbirbozlik ya’ni hamma joyda bir xil ssenariy asosida o’tkazilmoqda. Natijada ishtirokchilarning unga nisbatan ishonchi pasaymoqda, bu esa o’z navbatida tadbirning asl maqsadini yoqga chiqaradi. Shularni inobatga olgan holda har bir tadbir, seminar yoki davra suhbati bo’ladimi, uni o’tkazishdan oldin tegishli hujjatlarni ishlab chiqib, korxona rahbariyati buyurug’i bilan tasdiqlatish lozim. Bunda:
-tadbirning maqsadi va dolzarbligi
-o’tkazish muddati
-aniq ijrochi va mas’ullari
-moliyalashtirish manbai
-kutilayotgan natija va samaradorligi deb bilaman.


Ikkinchidan-Iqtidorli yoshlar guruhini tashkil qilish, bunda ularning motivatsiyasini kuchaytirish hisobiga ishlab chiqarish unumdorligini oshirish. Korxonamizda qariyb 4000 ga yaqin yosh hodimlar mehnat qilishadi. Ularning har biri o’ziga xos iqtidor va iste’dodga ega. Shunday ekan ularning ichki potensiallarini aniqlab, yetuk mutaxassis bo’lishlariga, oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishlariga yaqindan ko’maklashishimiz kerak. Ular bilan ko’proq seminar-treninglar o’tkazishimiz kerak. Bu narsani men korxonaning yoshlarga oid siyosatini asosiy maqsadi deb bilaman. Chunki yoshlarimiz dunyo qarashi qanchalik kengaysa, korxonamizga shunchalik foyda deb o’ylayman. Bu murakkab vazifani amalga oshirish uchun barcha ishlab chiqarish sexlari va bo’lim rahbarlaridan juda katta ma’suliyat talab qilinadi, sababi ular yoshlarimizni iloji boricha har tomonlama qo’llab-quvvatlashligi va ularga bo’lgan ishonchini kuchaytirishilari kerak.



Download 22.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling