Maxamadiyov muxtorning


Download 0.54 Mb.
Sana03.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1322676
Bog'liq
Maxamadiyev Muxtor amaliy ish.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS
INSTITUTI


KUNDUZGI TA’LIM SHAKLI
XIZMATLAR SOHASI:TOVAR EKSPERTIZASI XIZMATLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH YO’NALISHI
4-BOSQICH
XSE-119 GURUH TALABASI
MAXAMADIYOV MUXTORNING

EKSPEREMENTAL MA’LUMOTLARNI TADQIQ QILISHDA MATEMATIK STATISTIKA USULLARINI QO’LLASH FANIDAN BAJARGAN AMALIY ISHI.

SAMARQAND - 2023

2020 yilda O‘zbekistonda qayd etilgan jinoyatlarning chorak qismini yoshlar sodir etgan.4 mart kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklar oldini olishga oid 2020 yilgi axboroti dastlabki tarzda muhokama qilindi.Vazir o‘rinbosari Aziz Ikromovning aytishicha, 2020 yil davomida umumiy jinoyatlarning 92,6 foizi fosh etilgan.Shuningdek, qidiruvdagi 2 446 kishi ushlangan. 436 nafar bedarak yo‘qolgan fuqaro topilgan.Ichki ishlar organlarining bevosita tashabbusi bilan 20 994 ta jinoyat aniqlangani ma'lum qilindi.


Majlisda qayd etilishicha, ayrim raqamlar ichki ishlar organlari faoliyatida muayyan kamchiliklar borligini ko‘rsatyapti.Jumladan, 2020 yilda respublika miqyosida 62 081 ta jinoyat qayd etilgan bo‘lib, bu har 100 ming aholiga nisbatan o‘rtacha 182,4 tadan to‘g‘ri keladi.Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollarning muammolari to‘liq hal etilmasdan kelinayotgani oqibatida 2020 yilda 5 774 nafar xotin-qiz tomonidan 5 520 ta jinoyat sodir etilgan.2020 yilda respublikada qayd etilgan har to‘rtinchi jinoyat (14 378 ta yoki 23,2%) yoshlar tomonidan sodir etilgan. Shundan 4 052 nafari – ish bilan band bo‘lmagan yoshlardir.
Yoshlik oʻzining olijanob tashabbusi, sofdillikka, adolatga intilishi bilan taraqqiyotning buyuk kuchlaridan birini tashkil qiladi. Yoshlik, bu – orzu, ishonch, kelajakka tuzilgan ulkan rejalar va istiqbolning boshlanishidir. Agar yoshlik orzusi boʻlmaganda inson hayoti bir nuqtada toʻxtab qolgan boʻlardi.Aleksandr Ostrovskiy aytganidek, «Bolalikdayoq barkamol boʻlishni judayam zarur deb hisoblamayman, odam maktabni tugatganidan keyin ham koʻp narsalarni oʻrganishi mumkin, ammo mashgʻulot koʻnikmasi va aqliy kamolotning asosi yoshlikda shakllanadi». Shu sababli bu neʼmatdan unumli foydalanib, oʻzining salohiyatini oshirib borgan, jamiyatda munosib oʻrin egallashga kirishgan insonning ertasi nurafshon.
Yoshlik shu narsa bilan baxtiyorki, uning kelajagi bor. Yoshlik paytida shunday ulugʻ fikrlar tugʻiladiki, bu fikrlar kelajakda insonni koʻklarga koʻtaradi. Demak, yoshlikni asrash, uning har bir soniyasining qadriga yetish lozim. Chunki dunyoda undan yaxshi palla ham, qimmatli narsa ham yoʻq!
Ammo “Yoshlik – beboshlik” deya nojoʻya harakatlarga qoʻl urib, jinoyat koʻchasiga kirib ketayotgan yoshlar afsuski, bugun uchrab turibdi. Soʻnggi paytlarda jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining aksariyati ham yoshlar oʻrtasida kuzatilayotgani achchiq haqiqat.
Birgina joriy yilning oʻtgan yetti oyida respublika boʻyicha yoshlar tomonidan 5 914 ta jinoyat sodir etilgan. Achinarli jihati, ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 30 foizga oshgan. Shu vaqt mobaynida 464 nafar voyaga yetmagan shaxslar tomonidan 401 ta jinoyat sodir etilgan boʻlib, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 36,4 foiz koʻpdir.
Albatta, bu raqamlar, koʻrsatkichlar huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularni sodir etish sabablari va shart-sharoitlarini chuqur tahlil qilish, aniqlash va bartaraf etish boʻyicha samarali chora-tadbirlar koʻrishni taqozo etadi. Demak, bu borada ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini, ularning boshqa vazirlik va idoralar, ayniqsa, taʼlim muassasalari, hududlardagi sektor rahbarlari oʻrtasidagi hamkorligini yana-da kuchaytirish gʻoyat muhimdir.
Shu oʻrinda haqli savol tugʻiladi. Xoʻsh, yoshlarning jinoyat sodir etishiga nimalar sabab boʻlmoqda? Bugun yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan qanday chora-tadbirlar olib borilmoqda?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida mazkur masala yuzasidan yuborilgan parlament soʻroviga Ichki ishlar vaziri P.Bobojonovning javobi koʻrib chiqildi.
Hech kimga sir emaski, yoshlar asosan bekorchiligi, eʼtiborga muhtojligi, huquqiy savodxonligining pastligi tufayli jinoyat sodir etadi. Muammoga yechim topish maqsadida joriy yilning oʻtgan 9 oyida ichki ishlar organlari tomonidan manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktik-ogohlantiruv tadbirlari oʻtkazilgan.
Jamoat tartibini buzgan, tarbiyasi ogʻir, taʼlim muassasalaridagi darslarga sababsiz qatnashmaydigan, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan yoki sodir etgan, oʻzboshimchalik bilan oiladan yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan ketib qolgan, adashgan yoki qarovsiz qoldirilgan 38 671 nafar voyaga yetmagan shaxslar ichki ishlar organlari tayanch punktlariga keltirilib, ular bilan yakka tartibdagi profilaktik ishlar amalga oshirilgan. Ota-onasi qarovisiz, nazoratisiz qolgan, ijtimoiy-huquqiy yordamga muhtoj 2 ming 662 nafar voyaga yetmaganlar “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaz”iga joylashtirilgan.
Xalqimiz azaldan bolajonlik fazilatini namoyon qilib, farzandni dunyoga keltirishdan tortib, to kamolga yetkazgunga qadar uning taʼminoti, taʼlim-tarbiyasi va bilim olishi, kasb-hunar egallashiga, umuman, yetuk inson boʻlib kamol topishiga alohida eʼtibor qaratib kelgan. Milliy qonunchiligimizda ham bu insonparvar qadriyatlarimiz oʻzining teran ifodasini topgan.
Xususan, Asosiy Qonun — Konstitutsiyamiz, Oila kodeksi, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi, “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonunlar, Prezidentimizning koʻplab farmon va qarorlarida yoshlar, ayniqsa, voyaga yetmagan bolalar manfaatlarining ishonchli himoyasi kafolatlangan.
Shunday ekan, bola dunyoga kelganidan boshlab unga gʻamxoʻrlik qilish, sogʻlom va toʻgʻri tarbiya hamda zamonaviy taʼlim olishini taʼminlash – ota-onaning farzand oldidagi asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Har qaysi ota-ona oʻz farzandlariga nisbatan mutasaddi va masʼul ekanini unutmasligi lozim. Zero, bu farzand kelajagi, uning komil inson boʻlib voyaga yetishida eng muhim va zarur omildir.Ammo ayrim ota-onalarning farzand tarbiyasiga eʼtiborsizligi, oʻz farzandining tarbiyasini birovlarga ishonishlari oqibatida turli salbiy holatlar kelib chiqayotir.
Masalan, farzandlarini parvarishlash, tarbiyalash borasidagi majburiyatini bajarmayotgan 5092 nafar ota-onaga nisbatan toʻplangan hujjatlar joylardagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaga yuborilib, tegishli taʼsir choralari koʻrilgan. Ota-onalarning 2 140 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, 14 nafari ota-onalik huquqidan mahrum qilingan.Xalqimizda “kasalni davolagandan koʻra, oldini olgan maʼqul”, degan naql bor. Demak, bu borada hamma aybni u yoki bu idoraga, tashkilotga yuklab qoʻyish toʻgʻri emas. Bu masalada hammamiz javobgarmiz. Zotan, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish uchun nafaqat ota-ona, mahalla, balki barcha tashkilot va idoralar ham masʼuldir.
O’zbekiston respublikasi Davlat statistika qo’mitasi sayti (https://www.google.com/search?q=davlat+statistika+qomitasi+lingki&oq=&aqs=chrome.1.35i39i362l8.12952646j0j7&sourceid=chrome&ie=UTF-8) dan quyidagi ma’lumotlarni yuklab olib, ushbu statistika yordamida omillarning orasidagi bog’lanishni o’rganib, regressiya tenglamasini tuzamiz.
1-jadval

Excel dasturida regression tahlilni amalga oshiramiz.


2-jadval

Ushbu jadvalda o’zgaruvchilarning (X1, X2,X3,X4, Y) o’rtacha qiymati, modasi, medianasi,yig’indisi va dispersiyalari aks etgan.


3-jadval.
Bu jadvalda esa X1 ning Y ga , X2 ning Y ga ,X3 ning Y ga,X4 ning Y ga,X2 ning X3 ga,X1 ning X3 ga vaX2 ning X1 ga bog’lanishidagi koyfisentlar ko’rsatilgan .Jadvaldan ko’rishimiz mumkunki ryx1 = 0,8559525 – o’rta zich, ryx2 = 0,8662611 – o’rta zich , ryx3 = 0,9743006 zich ,ryx4 = 0,9812368 holatlarda bo’g’langan.

4-jadval


Ushbu jadvaldagi statistic ko’rsatgichlar asosida quyidagilarni aniqlaymiz.
R = 0,9669634 bo’lganligi sababli 2001-2015 yillar ichida Respublikamizda 13-15 yoshlar ,16-17 yoshlar, 18-24 yoshlar,25-30 yoshlar va 31 yoshdan yuqori bolgan aholilarning jinoyat sodir etganlik oiorasidagi bo’glanishlar to’g’ri bo’g’langan. Bog’lanishning darajasini kuchli deb xulosa qilish mumkun.

Yx = 1064,0836169531+10,7140758399338X1-3,78084873793181X2+1,32424119611661X3+2,31764760436973X4 modelning sifatli ekanligini ko’rishimiz mumkun.

Statistik tahlil natijasida Ffakt =368,789950521694 va Fjadv = 5,76276463304613E-10 ga teng. Demak Ffakt > Fjadv (368,789950521694 >5,76276463304613E-10) bo’lganligi sababli tuzilgan


Yx = 1064,0836169531+10,7140758399338X1-3,78084873793181X2+1,32424119611661X3+2,31764760436973X4 regressiya tenglamasi statistik jihatdan ma’nodor hisoblanadi.
ta = 0,703758656153172, ta1 = 1,20583212045221, ta2 = -1,70561055145667,ta3 = 3,44246992720927 , ta4 = 7,07982375564582,
tjadv = 0,499384376313529 ga teng. Demak, ta =0,703758656153172, ya’ni ta>tjadv ekanligidan a0 parametr ( a0 =1064,0836169531) statistik ahamiyatga ega ta1 = 1,20583212045221va ta2 = -1,70561055145667, ta3 = 3,44246992720927 , ta4 = 7,07982375564582,
tjadv < ta1 ,ta2< tjadv , tjadv < ta3 ,tjadv < ta4 ekanligidan b0 parametr ( b0 = 10,7140758399338 ) statistik ahamiyatga ega.





Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling