Maxmud qoshg’ariyning,,devoni lug’ati turk” asari haqida
Devoni lug’atit turkning manbalari tarkibi va tartibi
Download 43.85 Kb.
|
MAXMUD QOSHG’ARIYNING ,,DEVONI LUG’ATI TURK” ASARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Hamzalik (alif, vov, yoy, bilan boshlanadigan so’zlar bo’limi). 2. Solim (alif, vov, yoy bo’lmagan so’zlar bo’limi).
- 6. To’rt xarfli so’zlar bo’limi. 7. G’unnaliylar bo’imi. 8. Ikki undosh qator kelgan so’zlar.
2. Devoni lug’atit turkning manbalari tarkibi va tartibi.
Mahmud Qoshg’ariy men bu kitobni maxsus alifbo tartibida xikmatli so’zlar, sajlar, maqollar, qo’shiqlar, rajaz va nasl deb atalgan parchalar bilan bezalgan. Qattiq joylarini yumshattim, qiyin va qorong’u joylarini yoritdim so’zlarini o’z joyiga qo’yish kerakli so’zlarni osonlik bilan o’z joyini topish uchun bu ish bir necha yillar mashaqqat tortdim. Kitobni 8 asosiy bo’limda chekladim. 1. Hamzalik (alif, vov, yoy, bilan boshlanadigan so’zlar bo’limi). 2. Solim (alif, vov, yoy bo’lmagan so’zlar bo’limi). 3. Muzoaf bir harfi ikki marta takrorlangan so’zlar bo’lmagan. 4. Misol boshida yoy bo’lgan so’zlar bo’limi. 5. Uch xarfli so’zlar bo’limi. 6. To’rt xarfli so’zlar bo’limi. 7. G’unnaliylar bo’imi. 8. Ikki undosh qator kelgan so’zlar. Har bir bo’limni otlar, ismlar va fe’llar tarzida ajratib berilgan. Otlarni oldin fe’llarni esa otdan keyin o’z sirasiga qarab boblarga ajratib o’z o’rniga oldinma keyin ko’rsatdi. Tushunilishi oson bo’lishi uchun assarda arabcha istilohlarni qo’lladim. Maxmud Qoshg’ariy Rumdan Mochungacha ya’ni shimoliy Xitoydan Qoradengizgacha bo’lgan xududdan istiqomat qilgan va xozirgi kunda turkey xalqlarning shakllanishiga asos bo’lgan 71 ta turkey qabila va urug’lar tillarda qo’llangan 8 mingga yaqin so’zni fonetik leksik, simatik, gramatik xususiyatlarini xatto yozuvi va imlosini tarixiy qiyosiy taxrir qilish bilan birga bu qabila va urug’larning etnogenizi va ular istiqomat qilayotgan uyda shahar va tumanlarning tarixi mahalliy urf odatlari hamda koinot sirlari haqida ma’lumot yozib qoldirdi. Ayni paytda qabila va urug’lar joylashgan hududlarning geografiyasi hayvonot va o’simlik dunyosi haqida ma’lumot berib hududning haritasini tuzib chiqqan. Bu harita ma’lumotlarning aniqligini xozirgi zamon olimlari V.I.Belyayev X.Xasanovlar arxeologik qazilmalarda etnograflar tasdiqlashini ko’rsatib o’tadilar. Devoni lug’at turkda xalq og’zaki ijodiga oid 300 dan ortiq she’riy parchalar, 291 ta maqol, va matallar keltiriladi. Mahmud Qoshg’ariy Devoni lug’atit turkning leksikasi so’z turkumlarini ajratishni xisobga olgan holda struktur alfabit prinsip asosida tuzilgan. Mahmud Qoshg’ariy Devoni lug’atit turkda fonetik morfologik sintaktik kuzatishlar bexisob bo’lib ular hamisha qiyosiy planda berilgan. “Qish bilan yoz mulozaryasi”. “Devonu lug`otit turk” da dunyo xaritasi doira shaklida chizib ko`rsatilgan. Uning markazida Markaziy Osiyo joylashgan. Bolasog`un, Shosh, O`zgan, Isfijob, Marg`inon kabi shaharlar ushbu hududga aloqador ko`rsatilgan. XI asr jug`rofiy tasavvurlaridan darak beruvchi xaritaning ilova qilinishi Qoshg`ariyning qomusiy alloma ekanligini yana bir marta isbotlaydi. XI asrda yaratilgan “Devonu lug`otit turk” asaridagi she`riy parchalar 5-6 asrlarga tegishlidir. Ular bir qancha adabiy janrlarda yaratilgan bo`lib, masnaviy, munozara, to`rtlik, ruboiy, murabba` shular jumlasidandir. To`rtlik shakliga tayangan she`riy parchalarni Mahmud Koshg`ariy, asosan, “qo`shug`” deb ataydi. Mehnat va marosim qo`shiqlari, lirik she`rlar a-a-a-b shaklida qofiyalangan. To`rtliklar orasida a-b-v-b, a-a-a-a shaklida qofiyalanganlari ham bor. Xalq qo`shiqlari barmoq vaznida yaratilgan bo`lib, 7-bo`g`inli misralardan tuzilgan. Turoqlar 4+3 shaklida. “Qo`shug`” atamasini olim qo`shiq, qasida, she`r deb izohlaydi. Buddaga sig`ishuvchi turkiylarda “takshut” atamasi “she`r”, “nazm”, “bayt”, “manzuma” ma`nosini anglatgan. “Ir” (yir) atamasi g`azal, maqom, kuy o`rnida qo`llangan. “Kug” atamasi kuy, she`r vazni, she`r ma`nolarini anglatadi. Kuglar qamug` tuzuldi. Ivrish idish tuzildi. She`rlar tugal tuzildi, ichimlik va qadoqlar tuzildi. Budda davri adabiyotida uchraydigan “shlok” istilohi sanskritcha “shloka” so`zidan olingan bo`lib, “manzuma”, “madhiya” ma`nosini anglatadi. Asardagi she`riy parchalarning g`oyaviy-badiiy xususiyatlarini kuzatish qadimgi she`riyatimizda jiddiy shakllanish va rivojlanish jarayoni boshlanganidan dalolat beradi. Bularning bari olimni o`z davrining hamma zamonlarning buyuk adabiyotshunos olimi deb atashga huquq beradi. Mahmud Qoshg`ariyning islomdan ilgarigi va ilk islom davri turkiy madaniyat obidalarini tadqiq etish, to`plash va avlodlarga yetkazib berishdagi xizmatlari nihoyatda ulkandir. Uning tarix, etnografiya, tarix-jug`rofiya xususidagi bilim doirasi, til va adabiyot sohasidagi qomusiy salohiyati, tadqiq qudrati bugungi kunda ham hayratlanarli darajada edi. Download 43.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling