Maxmud qoshg’ariyning,,devoni lug’ati turk” asari haqida


Download 43.85 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi43.85 Kb.
#1601495
  1   2   3   4
Bog'liq
MAXMUD QOSHG’ARIYNING ,,DEVONI LUG’ATI TURK” ASARI


MAXMUD QOSHG’ARIYNING ,,DEVONI LUG’ATI TURK” ASARI HAQIDA


REJA:



  1. Mahmud Qoshg’ariyning hayoti va ilmiy faoliyati to’g’risida

  2. Asosiy qism

  3. ,,Devoni lugati turk” asarini o’rganish tarixi........

  4. ,,Devoni lugati turk”ning manbalari tarkibi va tartibi

Kirish.
Mahmud Qoshg’ariyning hayoti va ilmiy faoliyati to’g’risida.
XI asrning yirik olimi Mahmud Qoshg`ariy Movarounnahrni Qoraxoniylar sulolasi egallagan, turkiy adabiy til mintaqada urf bo`la boshlagan paytda yashab ijod etgan. Bobosi Muhammad asli Qoshg`arlik bo`lib, Mahmud Qoshg`ariy Bolasog`unda tug`ilgan. Kelib chiqishi va va tiliga ko`ra Koshg`ariy nisbatini olgan. Yigitlik yillarini Bolasog`unda o`tkazgan Mahmud Qoshg`ariy umrining katta qismini turkiy xalqlar yashaydigan o`lkalarni kezib, ularning madaniyati, tili, sheva va lahjalarini o`rganish, adabiy til bilan chog`ishtirish, material to`plash bilan o`tkazadi. O`zining bu ishlari haqida olim bunday deb yozadi:
“Men turklar, turkmanlar, o`g`izlar, chigillar, yag`molar, qirg`izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko`p yillar kezib chiqdim, lug`atlarini to`pladim, turli xil so`z xususiyatlarini o`rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganim uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni aniqlash uchun ham qildim. Ularni har tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim”.
(M.Qoshg`ariy. “Devonu lug`otit turk”. 1-j. T., 1960, 44-bet.)
O`z ilmiy kuzatishlarining yakuni sifatida umrining yetuk davrida “Javohirun nahv fi lug`otit turk” (“Turkiy tillarning sintaksis qoidalari”) va “Devonu lug`otit turk” asarlarini yozadi.
Birinchi asar bizgacha yetib kelmagan.
Ikkinchi asar hozirgi hisob bilan 1072-1074-yillarda yozib tugatilgan va abbosiy xalifalar avlodidan bo`lgan Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadoga bag`ishlangan. Asarning asosiy matni o`sha davr an`anasiga ko`ra arab tilida yozilgan bo`lib, turkiy tilning boyligini, mazmundor va rang-barangligini tushuntirish uchun yaratilgan, deb taxmin qilish mumkin.
“Devoni lug`otit-turk” asari endilikda barcha turkiy xalqlar tillari, jumladan, o`zbek tili tarixini o`rganishda beqiyos yodgorlikdir.
Mahmud Qoshg`ariyning adabiy merosini o`rganish bo`yicha bir qancha o`zbek olimlari, turkologlar tadqiqotlar olib borishgan. Fitrat, Mutallibov, Stebiva, Reshetov, Abdurahmonov, Rustamov kabi olimlar Mahmud Qoshg`ariyning qadimgi turkiy tillarni o`rganishga buyuk hissa qo`shgan o`z davrining o`ta bilimdon olimi ekanligini ta`kidlaydilar. Hozirgi zamon jahon ilmiy jamoatchiligi XI asr buyuk olimi Mahmud Qoshg`ariyni qiyosiy tilshunoslikning asoschisi, deb tan oladi.
Birinchi turkolot Maxmud Qoshg’ariyning asl ismi Maxmud Ibnul Xusayn ibn Muhammadali Qoshg’ariy bo’lib uning bobosi Qashqarda tug’ilgan bo’lsa ham asosan Bolasog’unda yashagan. Ba’zi manbalarda Qoshg’ariyning to’liq ismi Shamsiddin Mahmud ibn Husayn tariqasida keltirilgan. Maxmud Qoshg’ariy Qoshg’ar shahrining janubi G’arbidagi O’pol qishlog’ining o’g’iz mahallasida tug’ilgan. U Qoraxonning xukmdorlaridan Yusuf Qodirxonning evarasi. Otasi Xusayn ibn Muhammad (Qodirxonning nevarasi) ,,Arslon Elik” nomi bilan 1056 – 1057 yillarda Barsixon amiri bo’lgan. Maxmudning ona tomonidan buvasi Xoji Sayfiddin buzrukvor bo’lgan.

Mahmud Qoshg’ariy Samarqand Buxoro Bog’dodda tahsil olgan. Arab fors rumoniy kabi 8 – 9 tilni mukammal egallagan. U qandaydir bir qirg’in paytida ota yurtini tashlab chiqib ketgan. Mahmud Qoshg’ariy haqida bizgacha juda oz ma’lumot yetib kelgan. Bu ma’lumotlar ham uning ,,Devonu lug’atit turk’’ asari orqali yetib kelgan.


Devonu lug’atit turkdan yana bir narsa ma’lumki Mahmud Qoshg’ariy bu lug’at bilan bog’liq bo’lgan yana bir asar - ,,Kitobi javohirun naxfiy lug’otit turk” (turkiy tillarning naxv qoidalari) kitobini ham yozgan va bu kitob hanuzgacha topilgan emas. Mahmud Qoshg’ariyning qoraxoniy zodagonlarning oliy toifasiga mansub ekanligini quyidagi daillar ham tasdiqlaydi.
Bobomiz somoniylardan turk yerlarini tortib olgan usha amirdir. Bu hamir ,,ya’ni amir” Tekin deb ataganlar. Mahmud Qoshg’ariy asar boshida o’zi to’g’risida so’zlab o’zining eng eski turkiy qabilalarida ekanligini bildirgan. Mahmud Qoshg’ariy taqor turkiy tillardan tashqari arab va fors tillarini ham bilgan. Asarning muqaddimasida aytilgan so’zlardan M.Qoshg’ariy Buxoro va Nishopurda bo’lgan deb taxmin qilish mumkin. Maxmud Qoshg’ariy va uning asariga bag’ishlangan tadqiqotlarda Mahmud Qoshg’ariy va uning chuqur va boy bilim olishi mumkin bo’lgan Buxoro, Nishopur, Samarqand, Marf, Shimoliy Eron va Bog’dod musulmon olimlarning markazlari qayta – qayta tilga olinadi. Usha davr musulmon maktablarida arab tili grammatikasi musulmon aqidalari va xuquqshunoslik xisob, qur’on va xadis o’rgatilgan.

Mahmud Qoshg’ariy ,,Devoni lug’atit turkda” yorqin namoyish etgan linvistika geografiya, tarix va boshqa fanlarga oid bilimlarni extimol keyinchalik olgan. Mahmud Qoshg’ariy turk yerlari bo’ylab qilgan ko’p yillik safarining birlamchi maqsadi haqida gapirmaydi. Asardagi avtoxarakteristikadan quyidagilar ma’lum:


,,Men turklar, turkmanlar, og’izlar, chiginlar, yag’molar, qirg’izlarning shaharlarini qishloq va yaylovlarini ko’p yillar kezib chiqdim. Lug’atlarni turklari turli xil so’z xususiyatlarini o’rganib aniqlab chiqdim. Men tilda ularning yetuklaridan eng katta mutaxassislaridan xushfaxmlaridan eski qabilalardan jang ishlarida usta nayzadorlaridan edim. Ularga shuncha diqqat qildimki turklar, turkmanlar, o’g’izlar, chiginlar, yag’molar, qirg’izlar qabilalarining tillari butunlay dilimga jo bo’ldi. Ularni har tomonlama puxta bir asosda tuzdim. Kitob devoni lug’atit turk deb ataldi. Men bu kitobni hikmatli so’zlar, sajlar, maqollar, qo’shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim”. Devoni lug’atit turkni tuzishdan avval linvistik tarixiy va etnografik materialni yig’ish bo’yicha ko’p yillk ish amalga oshirilganligi tabiiy. Lekin Mahmud Qoshg’ariy o’z yurtini tashlash turk yerlarini kezib yuritishga nima majbur etdi? Bu savolga 2 ta javob bo’lishi mumkin.
1. O’z tiliga, o’z tarixiga muhabbat turk tilining arab tilidan qolishmasligining dalillari bilan isbotlab uni ulug’lash istagi. 2. Mahmud Qoshg’ariy hijriy 448 – 449 yillarda sharqiy qoraxoniylar davlatida hammaga ma’lum bo’lgan qonli voqealar bo’lib turgani uchun o’z yurtlarini tark etishga majbur bo’lgan. Devoni lug’atit turk (turkiy so’zlar devoni) melodiy 1072 – yillarda yozila boshlagan va 1074 – yilda tugatilgan. Muallif bu haqda shunday degan. (Kitob 464 – yilda hijriy) jumadul avval boshlarida boshlandi va to’rt karra yozilganda va tuzatilgandan so’ng 464 – yil jumadul oxirining 12 kuni bitirilgan. Bu vaqtda muallif 50 yoshda bo’lgan. Umuman olganda bu asar 11 – asrda yozilgan bo’lib turkey so’zlar lug’ati xisoblanadi.


Download 43.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling