Maxmur hayoti va ijodi
Download 13.94 Kb.
|
Maxmur
Maxmur hayoti va ijodi. Maxmur (taxallusi; asl ismsharifi Maqmud Mulla oʻgʻli, ?—Qoʻqon — 1844) — oʻzbek mumtoz adabiyoti namoyandalaridan biri. Shoir Mulla Shermuhammad Akmal Hoʻqandiyning oʻgʻli. Qoʻqondagi Madrasai Mirda tahsil olgan. Umarxon qoʻshinida sarbozliksipohiylik qilgan. M. yoshligidan sheʼriyatga havas qoʻyib, Saʼdiy, Hofiz, Jomiy, Navoiy merosini oʻrgangan. Shoirning shaxsiy hayoti juda ogʻir kechgan, bu esa uning ijodida ham yorqin iz qoldirib, koʻpchilik sheʼrlarining mazmunruhiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. M. tabiatan munofiqlik va riyokorlikni qatʼiy qoralovchi, hiylanayrang va qingʻir ishlarni yoqtirmaydigan, ayni zamonda, nozik did va serjahl, oʻz qadrqimmatini yuqori tutuvchi inson boʻlgan. M.ning anʼanaviy devon tuzganligi nomaʼlum. 1950 yilda Poʻlatjon Qayumov va Asqarali Charxiylar izlanishlari tufayli Qoʻqonda M.ning oʻzbek va forsiy tillardagi sheʼriy majmuasi to-pilgan. M. asarlarining deyarli hammasi oʻz mazmun va ruhiga koʻra, hajviy v отa tanqidiy yoʻnalishdadir. Mumtoz sheʼriyatning gʻazal, masnaviy, muhammas va qasida turlarida yaratilgan bu asarlar milliy adabiyotda ijtimoiy hajviyotning M. ijodida yanada yuksak pogʻonaga koʻtarilganini koʻrsatadi. Shoir oʻz davridagi tuzumning koʻpdan-koʻp illatlarini keskin tanqid ostiga olgan, oʻsha zamondagi adolatsizlik, zoʻravonlik va huquqsizlikni fosh etgan. Bu tanqid, koʻpincha, "jafokor falak", "berahm charx" qilmishidan oʻtli shikoyat, achchiq taqdirdan, befayz hayotdan nolafigʻon tarzida yuzaga kelgan. QishloqQishloq ahlining och-yalangʻoch hayoti, oʻlkani qurshagan vayronagarchilik, harobazorlarga aylangan qishloklarning ayanchli manzarasi "Hapalak" satirasida jonli va taʼsirchan chizilgan. Unda shoir juda katta ijtimoiy mazmunni oʻziga xos ramziy obrazlarda, xalqona qochiriq va achchiq kino-yalar, imo-ishoralar vositasida esda qolarli darajada badiiy mahorat bilan ifodalay olgan. M.ning xalq soʻzlashuv tiliga koʻchib, maqolmatallar doirasidan mustahkam oʻrin olgan "Tovuqi ignachiyu oʻrdagu gʻozi — kapalak!; Bir katak, ikki kapa, uch olachuq, toʻrt katalak!; Xalqini koʻrsang agar oʻlasiyu qoqu harob,ochlikdan egilib qomati misli kamalak" kabi misralari Hapalak qishlogʻining harobaga aylanganini (shoirning onasi shu yerlik boʻlgan), dehqonlarning esa oʻta qashshoq hayotini ishonarli gavdalantiradi. Vayrona qishloqlar va bechora dehqon ahli mav-zui M.ning boshqa sheʼrlarida ham shu tarzda tanqidiy ruxda hayotiy taxlil etilgan. M.ning koʻpgina hajviy sheʼrlari zamonasidagi aniq shaxslarga qaratilgan: "Isqotiy", "Amakim", "Xoʻja Mir Asad hajvi", "Hajvi Atoyi poraxoʻr", "Qozi Muhammad Rajab Avj sifatlari" va boshqa. M. ijodiy merosida hajv sanʼatining murakkab, ayni zamonda, mahsuldor va yorqin usullaridan biri — oʻz-oʻzini fosh etish usulida yaratilgan asarlar alohida oʻrin tutadi. Shoirga zamondosh tarixiy shaxslar — yuqori lavozimli amaldorlardan Hoji Niyoz, Hakim Turobiy, Mulla Yaʼqub Xoʻjandiy kabilarning jirkanch tabiati va qabih amaliyijtimoiy faoliyatlarini ayovsiz fosh etuvchi hajviyalar bu turkumning yetuk namunalaridir. ShoirShoir qoldirgan adabiy meros ichida "Karimquli Mehtarning sifatlari" deb nomlangan masnaviy alohida oʻrin tutadi. Tarixan hayotda boʻlgan vo-qeani badiiy bayon etuvchi bu asarda shoir mohir hajviy — hazil sheʼr ustasi sifatida namoyon boʻladi. Karim-quli Mehtar tomonidan oʻziga ajratilgan sovgʻa — otni taʼriflash jarayonida hajviy tasvirning goʻzal lavhalarini yaratadi. "Suv ham ichsa tamogʻiga tiqilar, Pashsha gar qoʻnsa yoliga yiqilar" darajasida qirchangʻi boʻlgan, "kunda yetti noʻxta uzar, misli qoʻchqor suzar, ogʻzida tishdin asar yoʻq" ot taʼrifida M. xalqogʻzaki ijodining lof, askiya turlari ruhi va uslubida quv-noq misralar bitadi ("Ham harishu ham harobu ham badnom, Ikki ming ayb angadur mudom..."). M. — zullisonayn shoir. Fors tili va sheʼriyatini mukammal bilgan. Bir qancha forsiy asarlar ham yaratgan. Uning merosida Sharq sheʼriyatining mulamma va shiru shakar turlarining namunalari mavjud. M. ijodiy faoliyati oʻzbek mumtoz adabiyotida tanqidiy yoʻnalishning , ayniqsa, hajviyotning taraqqiyotida navbatdagi yuqori bosqich boʻldi. M.ning hajviy sheʼrlar devoni saqlangan, unda 69 asar (3417 misra) jamlangan, lirik asarlari esa bayozlarda uchraydi. M. adabiy merosi keyingi davrlar qalam ahli, xususan, hajv-goʻylar ijodiga jiddiy taʼsir koʻrsatgan. Muqimiy va Yaodgshlarning Hapalak qishlogʻi haqidagi hajviyaga taxmis bogʻlaganliklari, M. yumoristik tahlil etgan qirchangʻi ot mavzuida 19-asr oxirlari va 20-asr boshlarida koʻplab hajviy namunalarning paydo boʻlishi xulosa uchun ishonchli dalildir. Download 13.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling