Maxobova Dildora Abrorjon qizi “Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish” mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishi


Download 1.97 Mb.
bet2/34
Sana17.06.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1553622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Дилдора БМИ

Ishning maqsadi - Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatishni takomillashtirishdan iborat.
Ishning vazifalari quyidagilardan iborat:
-musobaqa sharoitida yosh futbolchilarga texnik tayyorgarlik o‘rgatiladi
- jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari va morfofunksional tavsiflarning bashoratlilik ahamiyati ochib beriladi;
- o‘quv-mashg‘ulot guruhlariga yosh futbolchilarni qabul qilish uchun me’yoriy talablar aniqlanda va nazorat-o‘tish me’yorlari ishlab chiqiladi;
- o‘quv-mashg‘ulot guruhlarida futbol bilan shug‘ullanish uchun bolalarni saralash mezonlarining samaradorligi asoslanadi;
Ishning ob’ekti-Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish jarayoni.
Ishning predmeti – Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatishning usullari, mazmuni, vositalari.
Ishning metodlari. Suhbat, psixologik testlash, pedagogik kuzatish, uzluksizlik, Ogzaki, kursatmali amaliy, o‘quv-bilish faoliyatini ragbatlantirish, Induksiya, deduksiya.
Ishning farazi. Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarga texnik tayyorgarlikni o‘rgatishda bolalarning jismoniy tayyorgarlik va morfofunksional tavsiflari bo‘yicha sport natijalarining axborotli mezonlarini aniqlash, uslubiyatni ishlab chiqishga va yosh futbolchilarning maxsus tayyorgarligini baholash uchun me’yoriy talablarni aniqlashga yordam berishi faraz qilindi. Bularning barchasi sport zahiralarining o‘quv - mashg‘ulot jarayonini va tayyorgarlik sifatini yaxshilash imkoniyatini beradi.
Amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalari sport maktablarida qo‘llanilishi mumkin:
- yosh sportchilarni individual xususiyatlarini kompleks baholash uchun;
- boshlang‘ich saralash va boshlang‘ich sport ixtisosligi bosqichida sport muvaffaqiyatlarini boshorat qilish uchun;
- jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun yosh futbolchilarni futbol guruhlariga saralash muammolari bo‘yicha kurs ma’ruzalarini tuzishda;
- qo‘shimcha ta’lim muassasalari ishlarini tartiblashtiruvchi dasturiy-me’yoriy xujjatlarni tuzishda.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling