Maxobova Dildora Abrorjon qizi “Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish” mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishi
Download 1.97 Mb.
|
Дилдора БМИ
Bob bo‘yicha xulosalar.
Shunday qilib, musobaqa sharoitida yosh futbolchilarga texnik tayyorgarligini o‘rgatishning dastlabki bosqichlari , xususiyatlari va musobaqalarga saralash muammolariga bag‘ishlangan ishlarni o‘rganib chiqib shunday xulosaga kelish mumkin, ayni paytda sport nazariyasi va amaliyotida ilmiy asoslangan yosh futbolchilarni sport saralash uslubiyati mavjud. Ish tahlili shuni ko‘rsatadiki, saralash uslubiyatlari samaradorligini tadqiq etish o‘rta maktab yoshi va qisman katta yoshdagi o‘quvchilar guruhlarida o‘tkazilgan. Bu albatta, maxsus bazaviy tayyorgarlik bosqichida futbolchilar imkoniyatlarini bashoratlashga yordam beradi. Shu vaqtning o‘zida, birlamchi saralash savollariga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari juda kam. Albatta, o‘yin rivojining zamonaviy g‘oyalari, bolalarni futbol bilan erta tanishtirish birlamchi muammo sifatida o‘rtaga tashlanmoqda. Maxsus adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, yosh futbolchilarda yuqori aniqlikda sport natijalarini bashorat qilishga yordam beradigan rivojlanish darajasi hamda sifatlarga ega. Ularga quyidagilar kiradi: tezkorlik va tezkor-kuch sifatlari; koordinatsiya xususiyatlari, texnik usullarni o‘zlashtirilish tempi va sifati; futbolchilar ehtimoldagi faoliyat samaradorligini aniqlovchi psixologik tavsiflar; musobaqa faoliyati tavsifi. Yosh futbolchilarga texnik tayyorgarligini o‘rgatishning dastlabki bosqichlari , xususiyatlari va musobaqalarga saralash samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichi-bu amaliyotda uning keng qo‘llanilishidir.shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, to‘plangan tadqiqot ma’lumotlari amaliyotga kiritilmagan nazariy fikrlar hisoblanadi. Sport xususiyatlari muammolari, individual farqlanish muammolari bilan chambarchas bog‘liqdir. Individual balog‘atga еtish tempi (biologik yosh), bolaning samatik tipi va uning rivojlanish variantlarini hisobga olish ham juda muhim. Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, quyidagicha xulosa qilish mumkin, oxirgi o‘ttiz yilda bajarilgan tadqiqot natijalari asosida, musobaqa sharoitida yosh futbolchilarga texnik tayyorgarligini o‘rgatishning dastlabki bosqichlari , xususiyatlari va musobaqalarga saralash nazariyasi va uslubiyati bo‘yicha bir qator isbotlangan tushunchalar shakllangan. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling