II-BOB. MUSOBAQA SHAROITIDA YOSH FUTBOLCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGINI O‘RGATISH USLUBIYATI
2.1. Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish mezonlari
Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish mezonlarini ishlab chiqishda bir qator omillarni inobatga olish kerak bo‘ladi. Jumladan:
chuqur tibbiy kuzatuv ko‘rsatkichlar bo‘yicha sog‘liq;
tupga egalik qilish texnikasi, taktik fikrlash, yuqori darajadagi maxsus sifatlarga qobiyat, layoqat, iste’dod va iqtidorning mavjudligi;
kelgusida maxoratning ma’romlashgan o‘sishi va yosh terma jamoasigacha sport natijalariga erishishga poydevor bo‘luvchi ochiq va yashirin fiziologik, jismoniy va ruhiy zahiralarning mavjudligi;
intizomlilik, maqsadga intiluvchi, mustaqil, mehnatsevarlik, qat’iyatli, vatanparvarlik, jamoa manfaatiga bo‘ysunishni bilish, mashg‘ulot va musobaqalarda psixologik va jismoniy yuklamalarga bardoshlilik kabi shaxsiy sifatlar va xarakter xususiyatlari;
maydonda egallagan o‘yin ampluasiga muvofiq maxoratning yuksak texnik-taktik ko‘rsatkichlari;
jismoniy va texnik tayyorgarlik bo‘yicha test sinovlarining yuqori ko‘rsatkichlari;
pasport va biologik rivojlanishga muvofiq bo‘y-vazn ko‘rsatkichlari.
Texnik usullar – bu futbol o‘yinini vujudga keltirish vositasi demak. yuksak sport natijalariga erishish ko‘p jihatdan futbolchining ana shu xilma-xil vositalarni qanchalik to‘liq bilishiga, raqib jamoa o‘yinchilari qarshilik ko‘rsatayotgan, ko‘pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitda o‘yin faoliyatidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik bilan, samarali qo‘llay bilishga bog‘liq. Futbol texnikasini yaxshi bilish futbolchining har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishi va mutanosib kamol topishi jarayonining ajralmas qismidir.
O‘yin faoliyati ifodalanishiga qarab futbol texnikasi ikkita yirik bo‘limga ajratiladi: maydon o‘yinchisi texnikasi va darvozabon texnikasi. Har qaysi bo‘lim esa harakatlanish texnikasi va to‘pni boshqarish texnikasi bo‘limchalariga taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |