Maxobova Dildora Abrorjon qizi “Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish” mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishi


O‘yinchilarning hujumdagi hamkorligi


Download 1.97 Mb.
bet17/34
Sana17.06.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1553622
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
Bog'liq
Дилдора БМИ

O‘yinchilarning hujumdagi hamkorligi
Hozirgi vaqtdagi hamma saflanishlarda himoya qatorida kamida to‘rt o‘yinchi bo‘lishi nazarda tutiladi. Shuning bilan birga sof hujumchilarning (oldingi qatorning) va maydon o‘rtasi o‘yinchilarining miqdori o‘zgarib turishi mumkin. Ana shuning uchun ham muayyan ampluadagi (ixtisosdagi) o‘yinchilarning hujumdagi hara-katlari xususiyatlari haqida gapirganda, komandaning har qaysi qatorida qanchadan futbolchi borligini hisobga olib mulohaza yuritish lozim.

Himoya taktikasi to‘pni boshqarmayotgan komandaning harakatlarini raqiblar hujumini bir yoqlik qiladigan – neytrallaydigan qilib uyushtirishni nazarda tutadi.


Himoyada o‘ynashning umumkomanda uslubi shaxsiy, zona va aralash bo‘lishi mumkin. Biroq qisman bo‘lsa ham boshqa uslub elementlaridan foydalanmasdan birgina uslubda o‘ynayverish xato. Chunki bu hol himoya taktikasini oddiylashtirib qo‘yadi. Himoyada o‘ynash uslublarini himoyachilarning individual xislatlari va imkoniyatlarini hisobga olib tanlash kerak.
Himoyada o‘ynashning taktik san’ati raqibni qachon o‘z holiga qo‘ymasdan ta’qib etishni, qachon sheriklardan biriga berib yuborish va qachon zonada o‘ynashni bilishdan iborat.
Mudofaa qilayotgan komanda harakatlarining hammasi hujum qilayotganlar harakatiga javob tariqasida bo‘lib, raqiblar taktikasining xususiyatlariga qarab uyushtiriladi. Mudofaaning yaxshi uyushtirilganligi komandaga hujum harakatlarini ham muvaffaqiyatli bajarish imko-nini beradi.
Himoyada o‘ynash xilma-xil va ko‘p planli bo‘lib, darvozani mudofaa qilishga, to‘pni qo‘lga kiritish uchun faol kurashish va hujum uyushtirishga qaratilgan bo‘ladi. Himoyadagi o‘yin ham hujumdagi singari individual, guruh va komanda harakatlaridan iborat.

Mudofaadagi muvaffaqiyat bir guruh o‘yinchilarning to‘g‘ri straxovka qilishlariga, o‘zaro almaShuvchanligi va ularning bir-biriga mos harakatlarigagina emas, balki himoyachilarning to‘pi bor va to‘p yo‘q o‘yinchiga qarshi individual harakat qilish mahoratiga, ya’ni himoyachining muayyan vaziyatda o‘z «homiy» ligidagi o‘yinchiga nisbatan qanchalik to‘g‘ri joy tanlashiga ham bog‘liq. Oqilona pozitsiya tanlash mudofaada muvaffaqiyatli harakat qilish-ning asosi hisoblanadi.


Butun futbol o‘yini boshdan-oyoq kombinatsiyalar asosiga qurilgan bo‘lib, o‘yinning mazmuni ham aslida Shu kombinatsiyalardan iborat. O‘yin vaqtida qayta takrorlanmaydigan holatlar ko‘p uchraydi. Har bir Shunday holatning o‘z asosi bor. Bunday asoslarni har qanday o‘yinchi, eng avvalo, himoyachilar bilishi va tuShunishi lozim. Shunda taktik planda hujumchilarga qarshi harakat qilish va zarur usullarni qo‘llash oson bo‘ladi.


Himoyada o‘ynashning umumiy taktika prinsiplari bor ekaniga qaramay, himoyachilar harakatida qator xususiyatlar mavjudki, bular ayrim o‘yinchilarning yoki bir guruh o‘yinchilarning asosiy vazifa va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Ana Shu xususiyatlarni hujum endigina yuzaga kelayotgan paytda va hujumning boshida himoyalanayotgan komanda o‘yinchilarining harakatlarida ko‘rish mumkin. Shundan keyin, hujum rivojlanayotgan va yakunlanayotganda esa komandalar bir xil prinsiplarga rioya qiladilar.





.

Tadrijiy hujumga qarshi kurash komanda mudofaa harakatlarini uyushtirishning juda keng tarqalgan turi hisoblanadi.


Mazkur himoya komanda harakatlarini amalga oshirayotganda, bunday o‘yin raqiblar uchun foydaliroqday tuyulishi mumkin. CHunki tashabbus ular qo‘lida bo‘ladi, vaqtdan ular ham tanqislik sezmaydilar. Biroq, himoya-dagilar bir-biriga mos harakat qilib, raqibni muhim omil – darvozaga o‘tadigan yo‘ldan mahrum qilib qo‘yadilar.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling