Maxobova Dildora Abrorjon qizi “Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish” mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishi


Download 1.97 Mb.
bet16/34
Sana17.06.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1553622
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
Bog'liq
Дилдора БМИ

Individual taktika.
Hujumdagi individual taktika – bu futbolchining muayyan maqsadni ko‘zda tutgan harakatlari, uning mazkur o‘yin vaziyatida mavjud bo‘lgan bir qancha imkoniyatlardan eng to‘g‘risini tanlay bilishi, futbolchining to‘p o‘z komandasida bo‘lganda, raqibning diqqat-e’tiboridan chetga chiqa olishi, o‘zi va sheriklari uchun o‘ynaydigan bo‘sh joy topishi hamda paydo qila bilishi, kerak bo‘lib qolgan taqdirda esa himoyachi bilan kurashda yutib chiqishi demakdir.
Guruh taktikasi.
Futbol matchi davomida yuzaga keladigan taktik vazifalarning ko‘pchiligi kombinatsiyalar vositasida hal etiladi. Kombinatsiya – bu muayyan taktik vazifani hal etayotgan ikki yoki bir necha o‘yinchining harakatlari bo‘lib, butun o‘yin kombinatsiyalar va unga qarshi harakatlar zanjiridan iborat. Bunda kombinatsiyalar oldindan treni-rovkalar vaqtida tayyorlab qo‘yilgan va tayyorlab qo‘yil-magan, ya’ni matchning o‘zi davomida yuzaga kelgan bo‘ladi.
Jamoa taktikasi.
Jamoa taktikasi bu muayyan o‘yin sharoitida paydo bo‘lgan vazifalarni hal qilishda butun jamoa harakat-larini uyushtirishdir. Butun komandaning hujum va mudofaa harakatlari aniq uyushtirilmasa, o‘yin betartib, bemaqsad bo‘ladi, unda o‘yinchilar o‘rtasida vazifa taqsim-lashning iloji bo‘lmaydi. Bunday hollarda o‘yinchilar qanday bo‘lmasin to‘pni egallab olib, bir amallab darvozaga kiritish uchun u yoqdan bu yoqqa yugurishaveradi.
Tezkor hujum.
Tezkor hujum komanda hujum harakatlarining eng samarali usuli hisoblanadi. Buning mohiyati shundan iboratki, unda bitta-uchta uzatishda o‘yinchilardan birini darvozani zabt etish uchun qulay pozitsiyaga chiqaradigan hujum yoki javob hujumi uyushtiriladi. Hujum – bu komandaning raqib darvozasini zabt etishga qaratilgan harakatlarini uyushtirish. Tez hujumning afzalligi shundaki, bunda mudofaadagi kuchlarini qayta uyushtirib olishga raqiblarning vaqti bo‘lmaydi. Hujumdagilarning hamma harakatlari kutilmaganlik elementlariga boy bo‘lib, yuqori tezlikda bajariladi.
Tadrijiy hujum.
Tadrijiy hujum yoki javob hujumini uyushtirishda biron o‘yinchi juda ko‘p uzatishlar yordamida darvozani zabt etish uchun qulay pozitsiyaga chiqariladi. Bu tadrijiy hujumning tezkor hujumdan asosiy farqidir. Bu tur hujumdagi komanda harakatlarini bajarishda kombinatsiya-lar qisqa va o‘rtacha uzatishlar yordamida amalga oshiril-gani uchun, to‘pni uzoq vaqt nazorat qilib turish imkoniyati tug‘iladi. Yana shuni aytish kerakki, to‘plar qisman ayniqsa himoya qatori o‘yinchilari hujumga qo‘shilganda, maydonning ko‘ndalangiga uzatiladi. To‘p uzoq vaqt boshqarib turilga-niga qaramay, tadrijiy hujumning samaradorligi aytar-lik ko‘p bo‘lmaydi. Hujum rivojlanishiga ko‘p vaqt sarflanishi mudofaadagilarga kuchlarni bemalol qayta guruhlab olishga va darvoza zabt etilishi uchun eng xavfli zonalarni to‘sib olishga imkon yaratib beradi.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling