Bo‘lajak matchga psixologik tayyorgarlik
Futbolchilar ayni uchrashuvga o‘zi va raqib harakatlarini aniqlab, o‘yinga tayyor bo‘lganda, ularni o‘yindan oldin razminka qilganida o‘yin to‘g‘risida o‘ylash kerak emas. Matchga tayyorlanishning boshqacha variantlari ham bo‘lishi mumkin.
O‘yinchilarni bo‘lajak uchrashuvga tayyorlayotgan murabbiyning asosiy vazifasi futbolchilarda qiyin maydonga chiqish oldidan ro‘y beradigan ortiqcha asabning taranglashishini kamaytirish, ularda o‘z kuchiga ishonch jangovar holatini xosil qilishdan iborat. Shuni aytish kerakki, sportchilardagi ishonching o‘ta ishonchga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Chunki bu hotirjamlik hushyorlikni yo‘qotish va diqqatni susaytirishga olib keladi. Musobaqaga sportchini psixologik tayyorlash amaliyotida bir qator usullar mavjud. Murabbiy ulardan kerakligini tanlab ishlatishi mumkin. Bo‘lajak uchrashuvga nafaqat murabbiy, balki sportchining o‘zi-o‘zini sozlashi lozim. Buning uchun uchrashuv oldidan quyidagi usullarni ishlatishni o‘rganib olishi kerak. Bular: o‘z-o‘ziga ta’sir etish, o‘z-o‘zini ishontirish, o‘z-o‘ziga dalda berish, o‘z-o‘ziga buyruq berish va hokazolardan iborat. O‘yin oldidan, ayniqsa, ortiqcha qo‘zg‘alib ketadigan, muvozanatsiz o‘yinchilar uchun autogen mashg‘ulotlar keskin yordam beradi.
Bo‘limlar orasidagi dam olish vaqtida jamoani psixologik tayyorlash
Uchrashuv vaqtida o‘yinchilarni psixologik tayyorlashda murabbiyning to‘g‘ri nasihatlari katta o‘rin tutadi. Shuni ta’kidlash kerakki, agar murabbiy o‘zini va salbiy start oldi holatlarini boshqara olmasa, nasihat berishdan o‘zini tutishi kerak, chunki uning salbiy holati o‘quvchilariga tez o‘tadi. Futbolchining irodasini u yoki bu harakatga safarbar etish uchun uning xarakter xislatlariga, nafsoniyatiga ta’sir etish yoki musobaqada qatnashishida jamoaga xos bo‘lgan muhim motivlarni ishlatish ham mumkin.
Sportchilar bilan har xil miqyosdagi musobaqalarda ishlash tajribasi shuni ko‘rsatdiki, maqsadga erishish vositalarga urg‘u bermasdan, sportchining ongi natijaga yo‘naltirilsa, maqsadga erishishda to‘siq hosil bo‘ladi.
Sportchining xulq-atvori va psixikasiga ta’sir etadigan har xil usullarni ehtiyotkorlik bilan, ularga moslashtirib qo‘llash lozim. Agar o‘yin reja bo‘yicha o‘tayotgan bo‘lsa va o‘yinni o‘zgartirish zaruriyati bo‘lmasa, unda nasihat berishning hojati yo‘q. Chunki o‘yinchining ayni daqiqada matchga bo‘lgan jangovar holatiga salbiy ta’sir etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |