Maxobova Dildora Abrorjon qizi “Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish” mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishi
Download 1.97 Mb.
|
Дилдора БМИ
XULOSALAR
Futbolchilar sport maxoratining o‘sishi, ko‘p jihatdan ularning jismoniy sifatlarining rivojlanish darajasiga hamda maxsus mashg‘ulotlar jarayonida shu sifatlarning o‘sish tempiga bog‘liqdir. Tadqiqotlar davomida, yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi notekis rivojlanishi aniqlangan. Shunday sharxlash mumkin, barcha jismoniy sifatlar darajasi mashg‘ulotlarning birinchi bir yarim yilida katta darajada o‘sgan. Dastlabki ma’lumotlar va bir yarim yillik mashg‘ulotlardan keyingi o‘lchovlar orasida ishonchli farqlanish (R<0,05) kuzatildi, ko‘rsatilgan natijalar dastlabkidan yuqori 2-13,5% chegarasida bo‘lgan. Mening nazarimda futbol maktablarida musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish va saralash uslubiyati bo‘yicha bir-biridan deyarli ko‘p farq qilmaydi. Maktabga yozilishga kelganlarga biron-bir o‘ta talablar qo‘yilmaydi, asosan o‘g‘il bolalar harakatchan, tezkor bo‘lsa bas. Mening fikrimcha, yosh futbolchilar saralashi juda keskin bo‘lmasligi kerak, aksincha ishochli va e’tiborli bo‘lishi zarur. Shuning uchun, agar murabbiyning nazari iste’dodli bolaga tushsa, demak u albatta futbol maktabiga qabul qilinishi kerak. Futbol mashg‘ulotlariga, o‘rta yoki o‘rtadan yuqori bo‘y, proporsional rivojlangan tana shakliga ega bo‘lgan bolalar 9-11 yoshidan jalb qilinishi lozim. Ko‘p hollarda, jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari, texnik tayyorgarlikning integral bahosi bilan ahamiyatli bog‘liqlikka ega bo‘lmaydi. Ammo, sport maxorati o‘sishini bashorat qilish mumkin bo‘lgan beshta alomat (bo‘y, tana uzunligiga bo‘lingan oyoqlar uzunligi, boldir uzunligiga bo‘liganson uzunligi, mushak og‘irligi, yog‘ og‘irligi) yaqqol aniqlandi. Somatik balog‘atni baholash asosida yosh futbolchilarning biologik rivojlanishini aniqlash bo‘yicha maxsus shkalalar ishlab chiqilgan. Tahlil alomatlarining har biridan sportchi 1 dan 3 gacha ball to‘plashi mumkin. Qo‘llanilgan alomatlar soniga bo‘lingan ballar yig‘indisi, individning somatik balog‘at darajasi haqida ma’lumot beradi. 2-2,9 ball somatik balog‘at diapazoni ushbu yoshdagi sportchilarni me’yorda rivojlanishiga mos keladi, 1-1,9 ball rivojlanishdan kechikishni bildiradi, 2,9 ball – o‘zib ketganlik haqida ma’lumot beradi. Biz tomondan tekshirilgan barcha sportchilar me’yoriy rivojlanishga ega. Sport maktablari o‘quv-mashg‘ulot guruhlarida shug‘ullanuvchi yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha nazorat-o‘tish me’yorlari ishlab chiqilgan. Bazaviy kattalik sifatida, 7x50 m mokisimon yugurish, joydan yuqoriga sakrash testlarida o‘rtacha ko‘rsatkichlar qo‘llanilgan. Nazorat-o‘tish me’yorlari, 11-16 yoshli futbolchilarning maxsus harakat qobiliyatlarini istiqbolli va maqsadga muvofiq rivojlanganligini baholashda pedagogik nazorat vositasi hisoblanadi. Sport maktablarining o‘quv-mashg‘ulot guruhlari va sport takomillashuv guruhlariga birinchi o‘quv yiliga qabul uchun ishlab chiqilgan qabul me’yorlari, kelgusida futbol bilan shug‘ullanish uchun samarali saralash o‘tkazishga yordam beradi. Boshlang‘ich sport mutaxassisligi bosqichining ustunlik g‘oyasi, umumiy intensivlikni shakllantirmasdan mashg‘ulot yuklamasining barcha parametrlarini asta-sekin ko‘paytirish hisoblanadi. Mashg‘ulot yuklamasi umumiy hajmining o‘sishi, mashg‘ulotlar soniga va uning davomiyligi hisobiga oshiriladi. Tajribalarning birinchi yilida ikkala guruh sportchilari 240 saot, ikkinchi yili – 340 soat bajargan. Bu futbol bilan shug‘ullanish uchun sportchilar soni chegaralangan tanlangan mutaxassislik bo‘yicha boshlang‘ich texnik maxoratni egallash haqidagi tezisni tasdiqlaydi. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling