3.2. Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatishda tadqiqodning tashkil etilishi.
Barcha qilingan ishlar uch bosqichga bo‘lindi.
Birinchi bosqichda tadqiqot predmetining asosiy tushunchalarining umumiy tavsifi, muammo va faraz, tadqiqotning ob’ekti va predmeti aniqlandi, tadqiqotning maqsadi va vazifalariga tuzatishlar kiritildi. Bu bosqichda biz, yosh sportchilarni sportga tanlash va mo‘ljallash muammolari bo‘yicha adabiyot manbaalarini o‘rganib chiqish, nazariy tahlil va sintez uslubidan foydalandik. Yurtimiz va xorij mualliflarining adabiyot manbaalari tahlil qilindi. Shu bian birga jismoniy tayyorgarlik va funksional holatlarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi hamda antropometriya alomatlari o‘lchandi. O‘lchov olish sport o‘yinlari bilan shug‘ullanuvchi 9 yoshdan boshlab 20ta o‘smirda har yarim yilda o‘tkazildi.
Tadqiqotning ikkinchi bosqichda 20 kishidan iborat o‘sha bolalar bilan alohida jsmoniy sifatlar va tana tuzilishi alamatlarini bashoratlash ahamiyatini ochish maqsadida tadqiqotlar yarim yildan 1,5 yilgacha davom ettirildi.
Shu bilan birga, o‘quv-mashg‘ulot guruhiga kirish me’yorlarini va o‘quv-mashg‘ulot guruhlari o‘quvchilari uchun nazorat – sinov me’yorlarini ishlab chiqish maqsadida yosh sportchilarning ommaviy tekshiruvlari o‘tkazildi. 11-16 yoshli o‘smirlarni ommaviy tekshiruvini o‘tkazishda, yosh futbolchilarni somatik balog‘atini baholash uchun shkalalarni ishlab chiqish maqsad bo‘lgan o‘lchanayotgan alomatlarning o‘rtacha ahamiyati aniqlandi. Jami 216 sportchi tekshirildi.
Uchinchi bosqichda sport maktablarining o‘quv-mashg‘ulot guruhlarida futbol bilan shug‘ullanish uchun o‘smirlar saralash uslubiyatini asoslash maqsadida pedagogik tajribalar o‘tkazildi. Tajribalarda har biri 20 kishidan iborat 10-12 yoshli bolalarning ikki guruh ishtirok etdi.
Tajriba guruhi mashg‘ulotlarida ko‘proq futbol, basketbol va boshqa sport o‘yinlarining texnika usullarini o‘rganishga e’tibor qaratildi, nazorat guruhi esa UJT dasturi bo‘yicha shug‘ullandilar.
Bir vaqtning o‘zida, olingan ma’lumotlarni tizimlashtirish, ularni matematik statistika uslubida qayta ishlash, ishni ifodalash, tadqiqot natijalari tekshirish, ularni amaliyotga tadbiq etish amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |