Maxobova Dildora Abrorjon qizi “Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish” mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishi
III-BOB. MUSOBAQA SHAROITIDA YOSH FUTBOLCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGINI O‘RGATISHNING VAZIFASI VA TASHKIL ETILISHI
Download 1.97 Mb.
|
Дилдора БМИ
III-BOB. MUSOBAQA SHAROITIDA YOSH FUTBOLCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGINI O‘RGATISHNING VAZIFASI VA TASHKIL ETILISHI
3.1. Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatishning vazifasi Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatishda quyidagi vazifalar qo‘yiladi: Yosh futbolchilar saralashini tashkil qilish bo‘yicha uslubiyatlar ishlab chiqish. Sport tayyorgarligining turli tomonlarini baholash uchun axborotli testlarni aniqlash. Sport maktablari o‘quv-mashg‘ulot guruhlarida futbol bilan shug‘ullanish uchun, saralash mezonlari samaradorligini tajribalarda asoslash. Qo‘yilgan vazifalarni hal etish maqsadida quyidagi uslubiyatlardan foydalanildi: tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyot manbaalari tahlili; yetakchi amaliy tajribalarni o‘rganib chiqish va umumlashtirish; pedagogik kuzatuv; jismoniy tayyorgarlik, funksional holat bo‘yicha pedagogik nazorat sinovlari; Ko‘rilayotgan muammolar bo‘yicha tadqiqot savollarining zamonaviy ahvolini aniqlash maqsadida maxsus adabiyotlar o‘rganib chiqildi. Adabiyot manbaalari taxlili, barcha sport turlarida sport seleksiyasi uslubiyatlarini aks ettiruvchi bir qator nazariy bilimlarni umumlashtirishga yordam berdi. Futbolda seleksiya ishlarining samaradorligi, eng еtakchi yurtimiz va xorij mutaxassislari tadqiqot ishlarini taxlil qilish yo‘li bilan baholandi. Bu bolalar va o‘smiralr sport qobiloyatlarini tashxis qilishning qulay uslubini izlab topishga bo‘lgan turli yondoshuvlarni aniqlashga imkon beradi. Shu bilan birga, yosh jihatlarini puxta tahlil qilish muammolariga qaratilgan, kichik va o‘rta maktab yoshidagi bolalar saralashiga tegishli ishlanmalar deyarli mavjud emasligi haqidagi taxminlarimiz tasdiqlandi. Natijada futbol mashg‘ulotlari uchun 9-10 yoshli bolalarnin boshlang‘ich saralash majmua uslubiyatini taxminiy modelini qurish imoni yaratildi. Aynan ma’lumotlarni nazariy tahlili, tadqiqot natijalarini muhokama qilishda qo‘llanildi. Tashkil qilish, uslubiyatlar va pedagogik jarayon shakllarini o‘rganib chiqish – ta’lim, tarbiya, mashg‘ulotning muhim qonuniyatlarini ochishga, uning takomillashuviga yordam beruvchi eng еtakchi taraqqiy etganlarni aniqlashga imkon berdi. Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari va o‘quv-mashg‘ulot guruhlariga saralashni tashkil etish nuqtai nazaridan bolalar sport maktablari murabbiylarining ish tajribalari o‘rganb chiqildi. Tadqiqot jarayonida bir qator sport maktablari va sport klublarida futbol tayyorgarligi bo‘yicha pedagogik tajribalar o‘rganib chiqildi va umumlashtirildi. Qo‘yilgan vazifalarni hal etishda, futbolchilarning o‘yin faoliyatining o‘ziga hosigini aks ettiruvchi ma’lumotlarni olish zaruriyati nazarda tutildi. Bu vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi, sportchilarning kelgusi ta’lim va mashg‘ulot samaradorligini aniqlaydi. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash yagona trenirovka jarayonining bir qismidir. Futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish uslubiyatini qarab chiqar ekanmiz, bunda biz, avvalo, jismoniy fazilatlarni tarbiyalash uslublarini nazarda tutamiz. Futbolchini psixologik tayyorlash – bu murabbiyning pedagogik faoliyatidagi muhim bir qismidir. Murabbiy sport faoliyatida yuqori natija ko‘rsatishi uchun sportchiga kerakli bo‘lgan psixik omillarni chuqur bilishi, ularni maqsadga muvofiq rivojlantirishi sportchilarning yuqori darajali mahoratga ega bo‘lishlarini, musobaqalarda ishonch bilan barqaror natijalar ko‘rsatishlarini ta’minlaydi. Hozirgi vaqtda ko‘p sport psixologlari psixologik tayyorlashning ikki turini farqlaydilar: 1. Umumiy psixologik tayyorlash. 2. Musobaqaga psixologik tayyorlash. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling