Maxobova Dildora Abrorjon qizi “Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish” mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishi
Yosh futbolchilarni jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha (%) o‘quv me’yorlarini hisoblash uchun nisbiylik koeffitsenti (NK)
Download 1.97 Mb.
|
Дилдора БМИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv-mashg‘ulot guruhlari yosh futbolchilarining jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha ko‘chish me’yorlari.
- Birinchi o‘quv yiliga o‘quv-mashg‘ulot guruhlari va sport takomilashuvi guruhlariga qabul uchun qabul me’yorlari va minimal yosh
Yosh futbolchilarni jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha (%) o‘quv me’yorlarini hisoblash uchun nisbiylik koeffitsenti (NK).
Buning uchun, jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash va o‘rtacha kattalikni belgilash maqsadida 11-16 yoshli o‘smirlarni ommaviy tekshiruvi o‘tkazildi. Har o‘quv yili uchun ko‘chish me’yorlarini ishlab chiqishda bazaviy kattalik sifatida, 7x50m mokisimon yugurish va joyda yuqoriga sakrash testlarida o‘rtacha ko‘rsatkichlar qo‘llanildi. Hisob-kitob ma’lumotlari asosida ko‘chish me’yorlari ishlab chiqildi (10 jadval). 10 jadval O‘quv-mashg‘ulot guruhlari yosh futbolchilarining jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha ko‘chish me’yorlari.
Yosh futbolchilar tayyorgarligi, natijaviylikni (yuqori, past) aniqlash yoki muvaffaqiyatli natijalar erishi nuqtaiy nazardan shug‘ullanuvchilarni istiqbollarini baholash bilan doimo bog‘liq. Shubhasiz biologik yosh natijaviylikka ta’sir ko‘rsatadi. Biologik yoshning tebranish diapazoni aynan bir pasportda gohida 3-5 yilni tashkil qiladi. Biologik yosh farqlanishi qoida bo‘yicha, endokrin va analizator tizimlarining morfofunksional ko‘rsatkichlar hamda sport natijalaridagi o‘zgaruvchanlik bilan kuzatiladi. Murabbiylar tez-tez sport natijalariga muljal qilganliklari tufayli, bu o‘z navbatida mashg‘ulotlarga loyiqlikni biologik rivojlanishni hisobga olmay hato baholanishiga olib keladi. Somatik balog‘at ta’rifi (tana tuzilishi balog‘ati, organizmning alohida tizimlaridagi balog‘at) hamda biologik yoshning turli bosqichlarida ta’sir ko‘rsatuvchi morfologik va funksional ko‘rsatkichlardan foydalanish zarur. Bu shug‘ullanuvchilarni morfofunksional balog‘atini hisobga olib, ularni differensialantirishga qobiliyatli shaxslarni (vrach yoki antropolog) tanlash va tayyorlash jarayoniga aniqliklar kiritish, mashg‘ulot va musobaqa yuklamalarini rejalashtirish va individuallashtirishda shug‘ullanuvchilar loyiqligini baholash jarayonida ishtirok etish talablarini qo‘yadi. Sport tayyorgarligini bashorat qilish, saralash tizimida asosan istiqbolli sportchilarni tanlashda еtakchi zveno hisoblanadi. U saralash to‘g‘riligini aniqlaydi. Bashoratning aniqligi, sofligi sport tasnifining har qanday darajasida mustaqil ahamiyatga ega chegaralangan omillarning o‘ziga hos to‘plamlariga sabab bo‘ladi. Shuning uchun, aniq mutaxassislikda sportchilar harakatini ta’minlovchi ko‘rsatkichlar ro‘yxatini to‘liq va tizimli qamrab olish lozim. Sportchi holatidan kelib chiqib, natijalariga ta’sir ko‘rsatuvchi musobaqa faoliyati davrida eng yaxshi sport formasiga ega bo‘lish uchun mashg‘ulotlarda testlash vaqtini hisobga olish zarur. Shuning uchun hamma tadqiqotlar musobaqadan oldin o‘tkaziladi. 11-16 yoshli o‘smirlarni ommaviy tekshiruvini o‘tkazishda, yosh futbolchilarni somatik balog‘atini baholash uchun shkalalar ishlab chiqish asos hisoblangan o‘lchanayotgan alomatlarning o‘rtacha ahamiyati aniqlandi. Somatik balog‘atni baholashning oson va tezkor mezonlaridan foydalanish maqsadida biz, yosh futbolchilarning biologik rivojlanishini aniqlab beruvchi maxsus shkalalarni ishlab chiqdik. O‘smir sportchilarning biologik balog‘at darajasini baholash, pasport yoshiga mos morfofunksional kattaliklar va shu parametrlarni jadval belgilari bilan taqqoslash uchun taklif qilingan individlarni tekshirish asosida amalga oshirildi. Tahlil qilinayotgan ko‘rsatkichlarning har biridan sportchi 1balldan 3 ballgacha yig‘ishi mumkin. Qo‘llanilagan alomatlar sonini ballar summasiga bo‘linishi, individning somatik balog‘at darajasini bildiradi. Somatik balog‘at diapazoni 2-2,9 ball bo‘lib, ushbu yoshdagi sportchining rivojlanish me’yoriga mos keladi; 1-1,9 ball ko‘rsatkich rivojlanishda retardatsiyani (orqada qolish) bildiradi; 2,9 balldan yuqori (o‘rtacha 3 ball) esa tekshirilayotgan sportchilarda somatik rivojlanishda akseleratsiya (oshib ketish) ni anglatadi. Biz tekshirib chiqqan barcha sportchilar me’yoriy rivojlanishga ega ekanligi aniqlandi. 11-jadval Birinchi o‘quv yiliga o‘quv-mashg‘ulot guruhlari va sport takomilashuvi guruhlariga qabul uchun qabul me’yorlari va minimal yosh
Dastlabki tadqiqotlar xulosasiga ko‘ra, birinchi o‘quv yiliga o‘quv-mashg‘ulot guruhlari va sport takomillashuv guruhlariga qabul uchun qabul me’yorlari ishlab chiqildi (11-jadval). Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling