Maxobova Dildora Abrorjon qizi “Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish” mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishi
Qisqa to‘p uzatishlar tezligi va aniqligi
Download 1.97 Mb.
|
Дилдора БМИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnikaga test.
Qisqa to‘p uzatishlar tezligi va aniqligi.
Bajarish uslubi. 30 soniya ichida iloji boricha ko‘p to‘p uzatishlarni bajarish lozim. Uchta urinish beriladi. 30 soniya ichida bajarilgan to‘p uzatishlar soni belgilanadi. O‘yinchi 1,5x1,5 metr o‘lchamdagi kvadrat ichida turib to‘p uzatishni amalga oshiradi. Agar o‘yinchi to‘p uzatishni o‘ng oyoqda bajarsa, unda qayta uzatishni chap oyoqda to‘xtatadi va burilib o‘ng oyoqda tup bilan pas amalga oshiradi va aksincha. O‘ng va chap oyoqlarda to‘p uzatishlar navbatma navbat bajariladi. Devordan qaytgan to‘p albatta 1,5x1,5 m kvadratda bo‘lishi kerak. Agar to‘p devordan qaytganda kvadratga tushmasa, demak to‘p uzatish hisobga olinmaydi va o‘yinchi testni qayta bajaradi. Texnikaga test. Ikki urinish beriladi. O‘yinchi mustaqil “start” chizig‘idan to‘p olib yurishni boshlaydi va kvadrat o‘rtasida hamda kvadratning burchaklarida joylashgan ustunlarni ketma-ket aylanib o‘tadi va to‘pni olib yurishni qaerdan boshlagan bo‘lsa o‘sha joyda yakunlaydi. Sekundomer o‘yinchi “start” chizig‘ida to‘rga tegishi bilan ishga tushadi va “finish” chizig‘ini kesib o‘tishi bilanoq to‘xtatiladi. Ikki urinish beriladi. Eng yaxshi urinish hisobga olinadi. Jami: test dasturidagi eng maksimal ball – 39 ball. o‘yin uchun uchta murabbiy – ekspertlar tomonidan ko‘yilgan maksimal ball - 50 ball. Yosh futbolchilarni saralashning me’yoriy talablari bugungi kunda BO‘SM, BO‘OZSM uchun sport turlari bo‘yicha amaldagi o‘quv dasturlar, qoida bo‘yicha o‘rtacha va standart og‘ish asosida ishlab chiqilgan ta’lim yili bo‘yicha nazorat-o‘tish me’yorlariga keltiriladi. Shu tur taqqaslash me’yorlariga kiradi, chunki aynan bir to‘plamga kiruvchi o‘quvchilar ko‘rsatkichlarini taqqoslashga yordam beradi. Shu bilan birga, mashg‘ulotlarni tuzishda (uning alohida qismlari, tarkibi va boshqalar) qo‘llaniladigan turli variantlarning afzalligi va kamchiliklari haqida to‘g‘ri mulohaza yuritish uchun talab qilingan kattaliklarga javob beruvchi mezonlarga ega bo‘lish zarur. Tadqiqotni o‘tkazishda, me’yor ko‘rsatkichlari quyidagilarga javob berishi kerakligi nazarda tutilgan: tanlangan sport turida boshlang‘ich sport mutaxassisligi va chuqurlashtirilgan mashg‘ulot bosqichlarida еtakchi hisoblangan jar tomonlama jismoniy tayyorgarlik prinsipiga; zarur kattaliklar talabiga; amaliyotda keng qo‘llanilishi uchun еngil bo‘lish shartlariga. Zarur me’yorlarni ishlab chiqishdagi asosiy holatlardan biri, nisbiy kattaliklar asosida o‘tkaziladigan xususan asosiy jismoniy sifatlarni rivojlanish proporsionalligi tegishli, belgilangan miqdori tavsiflarga muvofiq me’yoriy nisbatlar istiqboli hisoblanadi. Har tomonlama jismoniy tayyorgarlik me’yorlariga nisbatan qo‘llaniladi – bu ko‘rsatkichlarning har biri boshqasi bilan aniq nisbatda bo‘lishi kerakligini bildiradi. Kelgusida boshqa nazorat sinovlari ko‘rsatkichlaga qiyoslash mumkin bo‘lgan “baza” sifatida aniq mutaxassislik yoki ballarda baholash uchun eng hos sport natijalari yoki testlarda qo‘llanilishi mumkin. “Baza” 100% qabul qilinadi. Siklik va tezkor-kuch sport turlarida bunday “bazada” asosiy masofadagi sport natijalari tanlanadi. Zaruriy me’yorlarni hisoblash uslubiyatining sodda va osonligi murabbiyga har bir o‘quvchining bashorat qilingan natijalariga mo‘ljal qilib ularning har tomonlama jismoniy tayyorgarligini individual ko‘rsatkichlarini mustaqil aniqlashga yordam beradi. Sportning o‘yin turlarida nisbiylik koeffitsenti va zaruriy kattaliklar hisobi ham shunday o‘tkaziladi, lekin sport turi spesifikasi shartlari nazarda tutilishi shart. Basketbol misolida ko‘rib chiqamiz. Hamma testlar ikki guruhga bo‘lindi: sinaluvchilarning harakatlanishi bilan bog‘liq va harakat bilan bog‘liq bo‘lmagan testlar. 1 guruhning aniq nazorat mashqlarini bajarishga sarflagan vaqti tezlikka (m/s) o‘girildi. Birinchi guruhda bazaviy kattalik uchun “40soniyadan 2 seriya mokisimon yugurish”, ikkinchi guruhda “nuqtalardan uloqtirish”. Bunday nazorat mashqlari musobaqa faoliyati samaradorligi bilan yuqori korrelsion aloqaga ega. Nisbiylik koeffitsenti yuqorida ko‘rsatilgan formula asosida hisoblanadi. Yugurish testlarida bazaviy kattalik uchun yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha o‘quv me’yorlarni hisoblash uchun nisbiylik koeffitsentini ishlab chiqishda - 7x50m mokisimon yuguri, qolgan testlarda – joydan uzunlikka sakrash tanlandi (9 jadval). Shunday qilib, nisbiylik koeffitsenti va individual me’yorlar hisoblandi. Keyin sport maktablarining o‘quv-mashg‘ulot guruhlarida shug‘ullanuvchi yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha o‘tish me’yorlarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. 9 jadval Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling