Maxobova Dildora Abrorjon qizi “Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish” mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishi
Tadqiqot vaqtida tajriba va nazorat guruhlari sportchilari tomonidan bajarilagan mashg‘ulot va musabaqa yuklamalar hajmi (soatlarda)
Download 1.97 Mb.
|
Дилдора БМИ
Tadqiqot vaqtida tajriba va nazorat guruhlari sportchilari tomonidan bajarilagan mashg‘ulot va musabaqa yuklamalar hajmi (soatlarda).
Boshlang‘ich sport takomillashuv bosqichi, mashg‘ulot yuklamasi kattaliklarini aniqlashda, yuqori sport mahoratiga nisbatan maqsadli yo‘nalishdan kelib chiqish lozim. Bolalar va o‘smirlar sportining ko‘pgina mutaxassislarining fikricha, hisob boshi, yuqori sport natijalarining birinchi fazasi bo‘lishi kerak. Bu bosqichda mashg‘ulot yuklama hajmi ko‘rsatkichlari, sport ustalari hajmiga nisbatan 45-50% darajada bo‘lishi lozim. Mashg‘ulot intensivligi, tor mutxassislik yo‘nalishidagi mashqlar hajmini biroz ko‘paytirish hisobiga o‘sadi. Ushbu jadvallar, boshlang‘ich tayyorgarlik guruhida 3 o‘quv yilida 15ta mashg‘ulot vositalarida sakkiztasida ionchli farqlanish belgilangan. 1-o‘quv yilida o‘quv-mashg‘ulot guruhida esa faqat oltita (r<0,05). Bu shundan dalolat beradiki, ikkala guruh tomonidan mashg‘ulot yuklamasining umumiy xajmi bir hilda bajarilganda, parsal hajmning qayta taqsimoti sodir bo‘lgan. “A” guruh tezkor-kuch yo‘nalishida, koordinatsiya va egiluvchanlik, futbolda o‘yinning texnik zahirasi, hamda o‘yin vazifalari va sport o‘yinlaridan tashkil topgan katta hajmdagi yuklamani bajardilar. Bu boshlang‘ich sport mutaxassisligi bosqichida tanlangan mutaxassislikka ko‘ra texnik maxoratni orttirishga yo‘naltirilgan maxsus yuklamalar hajmi oshirish boshlanganligi haqida ma’lumot beradi. Ta’kidlab o‘tilganidek, pedagogik tajriba davomida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari bilan yuqori korrelyatsiyaga ega alomatlar emas, balki antropometrik tavsiflari o‘lchandi. Tadqiqotning morfologik uslubiyatlarida, total (tana uzunligi va og‘irligi) va parsial o‘lchamlarni ajratish qabul qilingan. Bir tekislikda joylashgan tana o‘lchamlarining nisbatini proporsional tavsif, turli tekislikdagini esa tana tuzilishining indeksi deb atash qabul qilingan. Tana uzunligi nafaqat o‘sish jarayonining faollik ko‘rsatkichi, balki maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarning balog‘at darajasini aniqlaydigan asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Tana uzunligi – gavdaning alohida sigmentlarining tebranuvchi oddiy ko‘rsatkichlaridan tashkil topgan muhim ko‘rsatkich. Agar tana uzunligining variatsiya koeffitsenti kattaliklari definitiv o‘lchamlarga erishishda 3 dan 4%gacha chegarada tebransa, demak sigmentlar uzunligining variatsiya koeffitsenti ancha yuqori -6 dan 8%gacha bo‘ladi. Zveno uzunligi qanchalik kam bo‘lsa, variatsiya koeffitsenti shunchalik yuqori bo‘ladi. Tana uzunligini va og‘irligini aniq o‘lchab, turli somatik tipdagi shaxslarning jismoniy sifatlarini tavsiflovchi funksional ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan bir qator qiziqarli ko‘rsatkichlarni olish mumkin. Tebranish komponentlari, test mashqlarida “zaruriy kattalik” ni bashoratlashda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Jismoniy sifatlarni faqat morfologik tizilmalarni takomillashtirish orqali rivojlantirish mumkin. Funksional ko‘rsatkichlarda morfologik tizilmalarni o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi o‘zgarishlar yo‘q. Tashkiliy ishlarning turli darajalarida ham tizilmalarda o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Ikki yillik pedagogik tajribalar davomida ikkala guruhda ham ( tajriba va nazorat) dastlabki va yakuniy ko‘rsatkichlar bo‘yicha t-mezoniga muvofiq taqqaslandi. Demak, ikkala guruhda barcha alomatlar bo‘yicha ishonchli farqlanish sodir bo‘ldi. Bu shundan dalolat beradiki, hamma sportchilar me’yordagi somatik balog‘at darajasiga ega va riterdantlar ham, akseleratlar ham kuzatilmadi. Testlar qatori bo‘yicha ishonchli farqlanish kuzatilgan sportchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasidan farqli o‘laroq, antiropometrik tavsiflar bo‘yicha ular bir tekisda rivojlangan. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling