Maxsulotlar xisobi
Download 42 Kb.
|
MAXSULOTLAR XISOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tozalanmagan donni sarfi.
- Zamesni pishirish.
- Zamesni qandlashtirish
- Suslani Bijg’itish
- Yetilgan brajka
MAXSULOTLAR XISOBI Boshlang’ich ma’lumotlar: 1. Kuniga 2200 dal spirt ishlab chiqarish. Donni namligi - 14,0%. Shartli kraxmal miqdori - 52,05%. Bir tonna shartli kraxmaldan olinadigan spirtni miqdori texnologik reglamentga muvofiq 66,7 dalni tashkil etadi. (1000x2200):66,7 = 32983,5 kg Ushbu kraxmalni qandlashtirish uchun sarf bo’ladigan fermentlarni miqdori: A) Termomil ni miqdori (32983,5x600): 1000 =19790,1 ml = 19,79 l. B) Qandlashtiruvchi ferment Glyukozilni miqdori (32983,5x1000): 1000 = 32983,5 ml = 32,98 l. 2200 dal spirt ishlab chiqarish uchun bug’doyni sarfi (32983,5x100):52,05=63368,9 kg. Bug’doyni tarkibi: Quruq moddalar miqdori – 54497,3 kg. A) Bijg’’iydigan qandlar 52,05% - 32983,5 kg. B) Bijg’’imaydigan qandlar 33,95% - 21513,774 kg. Suv-14,0%-8871,64 kg. JAMI: 100% -63368,9 kg. Tozalanmagan donni sarfi. 63368,9x(100+1+2):100 = 65270 kg. Bu yerda: 1 - don tarkibdagi xas-cho’plar miqdori, %. 2- don tarkibidagi begona urug’lar miqdori, %.Zames tayyorlash. Aralashtirichga beriladigan iliq suvni miqdori 63368,9x3,5 = 221791,1 kg. Termomilni miqdori (32983,5x600): 1000 =19790,1 ml = 19,79 l. Zamesni umumiy miqdori: 63368,9+ 221791,1 +19,79 = 285179,8 kg. Zames tarkibidagi quruq moddalar miqdori: [(54497,25 +19,79x0,1 )x100]: 285179,8 = 19,11 %. Bu yer da: 0,1- termomil tarkibidagi quruq moddalar miqdori. Zamesni issiqlik sig’imi: S = Sqm0,1911 + Ssuv 0,8089 = 1,5 x 0,1911 + 4.2 x 0,8089 = 0,2866 +3.397 = 3,683 kDj/kg-gradus. Don kraxmalili nisbiy issiqlik sig’imi Sqm =1,5 kDj/kg-grad. Suvni nisbiy issiqlik sig’imi 4,2 kDj/kg °C. Zamesni pishirish. Zamesni ikkilamchi bug’ yordamida 0,04mPa bosimda 44,5°Cdan 80°C isitish uchun bug’ni sarfi: 285179,8 x 3,683 x (80-44,5) x 1,04 _= 38777711,1 = 15887,6 kg. 2897,92-457,17 2440,75 Bu yer da: 1,04 -issiqlik almashuv apparatida issiqlikni yo’qotish koeffitsiyenti. 2897,92 - 0,04 mPa bosimda bug’ning issiqlik sig’imi, kDj/kg. 457,17 - kondensatni issiqlik sig’imi. Kontaktli moslamadan chiqayotgan Zamesni miqdori: 285179,8 +15887,6 = 301067,4 kg. Zamesni 80°Cdan 95°Cgacha kizdirish uchun 0,6 mPa bug’ni sarfi: 301067,4 · 3,683(95-80) · 1,04 = 17297767,25 = 7883,76 kg. 2762,3-568,2 2194,1 Bu yerda: 95 - kontaktli moslamadan chiqayotgan Zamesni xarorati. 2762,3 - 0,6 mPa bosimdagi bug’ni issiqlik sig’imi, kDj/kg. Pishirish apparatidan chiqayotgan massani miqdori: 301067,4 + 7883,76 = 308951,1 kg. Zamesni qandlashtirish. Zamesni qandlashtirish uchun uning xarorati 58°Cgacha bug’ separatorida tushiriladi. Bug’ separatoridan chiqayotgan ikkilamchi bug’ning miqdori: 308951,1 x 3,683x (95-58) = 42101075,3 = 17944,4 kg. 2559,8-3,683x58 2346,19 Bu yerda: 2559,8 - 58°Cda xosil buladigan issiqlik, kDj/kg. Qandlashtirish apparatidagi kraxmall massani miqdori: 308951,1- 17944,4 = 291006,7 kg. Achitqilarni ustirish uchun qandlashtirish apparatidan 6% susla olinadi va bu 291006,7 x0,06 =17460,4 kg ni tashkil qiladi. Bijg’itish bo’limiga beriladigan sharbatni miqdori 291006,7 -17460,4 =273546,3 kg Suslani Bijg’itish Bijg’ish bo’limiga tushadigang maxsulotlar: A) Susla - 273546,3 kg. B) Yetilgan achitqilar 8-10% (bijg’igan suslani xajmiga nisbatan). Xammasi bo’lib Bijg’ish bo’limiga yuvish uchun ishlatilgan suv (5% qandlashtirilgan susla va 2,5% achitqi xisobida) bilan 273546,3 +(273546,3 x0,08) +(273546,3 x0,05) +(273546,3 x0,08x0,025) = 273546,3 +21883,7 +13677,3 +547 = 309654,3 kg. massa tushadi. Ajralayotgan karbonat angidridni (SO2) miqdori 20x789,27x0,955 = 16582,6 kg ni tashkil etadi. Bu yerda: 789,27 - 100 dal suvsiz spirtni massasi. 0,955 - karbonat angidridgi suvsiz spirtga nisbatan chiqishii kg/kg. Yetilgan brajka Yetilgan brajkani miqdori 309654,3 - 16582,6 = 293071,7 kg ni tashkil etadi. Spirt tutqichdagi tutadigan suv-spirtga suyuklikni xisobga olgan xolda yetilgan brajkani miqdori 293071,7 + (293071,7 x2,5:100) = 300398,5 kg ni tashkil etadi. Bu yerda: 2,5 - suv-spirtli suyuqlikni xajmiy ulushi, %. Yetilgan brajkani xajmi (ρ=1,00993) 300398,5:1,00993 =297444,86 l tashkil etadi. Barda bilan spirtni yuqotilishi 0,2% spirt bo’yicha tashkil etadi. Xammasi bo’lib brajka tarkibidagi spirt yuqotilishini xisobga olgan xolda 100,2 % yoki 2200x1,002 = 2204,4 dal yoki 2204,4 x7,8927 = 17398,67 kg ga teng. Maksimal isroflarni xisobga olgan xolda yetilgan brajka tarkibidagi spirtni konsentratsiyasi 2204,4x100x10: 297444,86 = 8 x.% Bragorektifikatsion bo’limga tushadigan brajkani miqdori (Bijg’itish apparatlarini yuvish uchun ishlatiladigan suvni miqdorini xisobga olgan xolda) xammasi bo’lib 244648,4 +(244648,4x0,5:100) =245871,7 l yoki 245871,7x1,00993 = 248313,15 kg ni tashkil etadi. Bu yerda: 0,5% -apparatlarni yuvishdagi suvni miqdori. Download 42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling