Maxsus fanlar” kafedrasi
I. KOMPYUTER GRAFIKASINING NAZARIY JIHATLARI
Download 1.07 Mb.
|
malaka ishi update
- Bu sahifa navigatsiya:
- COMPUTER GRAFICS input
- Kompyuter grafikasi
- Rastr grafikasi
I. KOMPYUTER GRAFIKASINING NAZARIY JIHATLARI
1.1.Kompyuter grafikasi haqida ma’lumot Kompyuter (mashina) grafikasi dastlabki, ya’ni kiruvchi axborotni (noma’lum tabiatga ega) tasvir ko‘rinishiga olib keladi. Masalan: ekspert ma’lumotlarni grafik, diagramma yoki boshqa shakllarga vizuallashtirish. Bundan tashqari shakllarni almashtirish, harakatlantirish, virtual tasavvurga yaqinlashtirish. Kompyuter grafikasini quyidagicha tasvirlash mumkin: COMPUTER GRAFICS input - belgilar, output - tasvir. Ularning o‘rtasida keskin chegara yo‘q va umumiy sxemada quyidagicha tasvirlash mumkin: Tasvirni (dastlab matn, formula so‘ng oddiy rasm) shaxsiy kompyuter ekranida chiqarish kompyuter grafikasining rivojlanishida birinchi qadam bo‘ldi. Qiska vaqt (50-yillardan boshlab) ichida kompyuter grafikasi tezkor rivojlandi va o‘zining e’tiborini ikki asosiy yo‘nalishga qaratdi: tasvirga yetarlicha tassavvur(reallik) va harakat(dinamika) berish va ularni birlashtirish. Kompyuter grafikasi - EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o’zgartirish va tahrirlashdir. Kompyuter animasiyasi - ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir. Tasvirni import qilish - skaner, raqamli fotoapparatdan kiritish, boshqa formatdagi rasmlarni kiritish (bmp, jpg, png, tif, gif, psd, pdf, wmf va boshqalar); Tasvirni tahrirlash - o'zgartirishlar kiritish, ranglar bilan bo'yash, chizish, o'chirish, yorqinlik va aniqlik darajasini o'zgartirish; Virtual fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o’rganuvchi soha uch o’lchovli grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi. Kompyuter grafikasi tasvirlarni shakllantirish usullariga bog'liq holda 3 turga bo'linadi: 1. Rastrli grafika; 2. Vektorli grafika; 3. Fraktal grafika. Ular bir-birlaridan tasvir korinishdagi axborotlarni hosil qilish va qayta ishlash texnologiyalari bilan farq qiladi: Rastr grafikasida obyektlar bit kartasidagi torda rangli nuqtalar (piksellar) yordamida tasvirlanadi. Rastrli tasvirlar bilan ishlash uchun rastr muharrirlaridan foydalanamiz. Rastr tasvirlarni boshqa formatlardan rastr ekrandagi hujjatning sahifa formati to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ko‘rinishda bo‘ladi. Agarda sahifa formatini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz Svoystva (Property Bar)dan foydalansa bo‘ladi. Agarda Kitob (Portrait)ni tanlasangiz hujjatning bo‘yi bo‘yicha ko‘rinishda, albom (Landscape)ni tanlasangiz hujjatning eni bo‘yicha ko‘rinishda sahifalaydi. Yuqoridagi sahifalashninig o‘lchamlarini bosmadan chiqariladigan payti bilan chalkashtirmaslik kerak. (1-rasm) Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling