Maxsus fanlarni o’qitish formalari, vositalari va metodlarini takomillashtirish reja


Download 40.67 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi40.67 Kb.
#1575890
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mustaqil maxsus fan


MAXSUS FANLARNI O’QITISH FORMALARI, VOSITALARI VA METODLARINI TAKOMILLASHTIRISH


Reja:

1.Maxsus fanlarni o‘qitish usullari, vositalari va shakllarini takomillashtirish


2.Yangi o‘quv texnologiyalari. Masofaviy ta’lim.
3.Elektron darslik. Raqamli kutubxona. Slaydlar

Maxsus fanlarni o‘qitishda texnik vositalardan foydalanish alohida o‘rin tutadi. Texnik vositalardan foydalanish usuliga ko‘ra universal va maxsus texnik vositalarga bo‘linadi.


Universal vositalarga doska, diaskop, kodoskop, magnitofon, videomagnitofon, kompyuter, televizor kirishi mumkin.
Maxsus vositalar, ma’lum bir masalani, mavzuni yoritishga qaratilgan maket, videofilm, kasseta, disk, disket kabilami o‘z ichiga oladi.
Axborotni uzatish, tasvirlash nuqtai nazaridan texnik vositalarni tasvirlovchi (kodoskop, proektor, diaprotsessor), tovushli (magnitofon, radio, audio kabilar), audiovideo kompleksi, videomagnitofon, kompyuter kabilarga bo‘lish mumkin.
Ta’lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi vositalar ta’lim vositalari deb ataladi.
Ta’lim vositalari real va texnik vositalar, hamda chop etilgan o‘quv materiallarini o‘z ichiga oladi. Uning tarkibi quyidagicha bo‘ladi.Real ta’lim vositalari, odatda, iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olish jarayonida kam ishlatiladi. Lekin texnik va chop etilgan o‘quv materiallari juda keng qo‘llaniladi.
Ta’lim vositalari birbirini to‘ldiradi va dars jarayonida uyg‘unlashadi. Ta’lim vositalari talabalaming darsni tushunishi, mustaqil ishlashi, o‘quv jarayoniga faol qatnashishiga ko‘maklashadi.
Kodoskop, proektor shaffof plyonkadagi tasvir (slaydlar)ni ekranga tushirish, aks ettirish uchun qo‘llaniladigan jihoz hisoblanadi. U foydalanish uchun qulay, moslashuvchan vosita bo‘lib, bir marta tayyorlangan plyonkadan ko‘p marta foydalanish mumkin. Doska bo‘lmaganda zarur bo‘lgan narsalami flomaster yordamida to‘ppato‘g‘ri yozib ko‘rsatiladi.
O‘qituvchi qaysi vositadan qachon foydalanishi, qanday vositani qo‘llashini darsning maqsadi, mazmunidan kelib chiqqan holda oldindan belgilab olishi kerak.


Dars o‘tishda doskaning va boshqa texnik vositalarning tutgan o‘rni.

O‘quv jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan va eng kam chiqim talab qiladigan vosita oddiy doska hisoblanadi.


Doskadan turli maqsadlarda foydalanish mumkin:

  • notanish so‘z, iboralami yozish;

  • turli chizmalar, diagramma, sxemalar chizish;

  • rasmlar yordamida illyustratsiya qilish;

  • misollar echish;

  • formulalar yozish va boshqalar.

Doska har bir auditoriyada bo‘lishi kerak. Dars paytida doskadan foydalanish uchun uni darsga tayyorlash lozim. Agarda o‘qituvchi ilgari dars o‘tmagan auditoriyada dars o‘tadigan bo‘lsa, doskaning o‘lchamlari,uning qandayligi bilan tanishishi kerak. Darsda doskadan optimal darajada foydalanishga harakat qilish lozim:

  • zarur jumlalami yozish, grafiklar chizish, bir biridan ajratish, chiziqlami rangli bo‘r bilan chizish;

  • agar murakkab chizmalar chizilishi kerak bo‘lsa, avval xomaki nusxasini chizib ko‘rish;

  • doskadagi tasvir iloji boricha tushunarli, taassurot qoldiradigan bo‘lishi kerak;

Doskaga aniq, talabalar o‘qiy oladigan qilib yozish kerak. YOzayotganda tushuntirishni to‘xtatib, yozib bo‘lgach, gapirish kerak. CHunki auditoriyada talabalarga orqa o‘girgan holda doskaga qarab yozib turib, gapirilgan fikrni ilg‘ash qiyin.
Doskada ishlashning o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud.
Doskaning afzalliklariga quyidagilami kiritish mumkin:
ishlatishning osonligi, tayyorligi;
o‘zgartirishlar kiritishning osonligi,
darsni o‘tishga qarab mos holda ishlatish mumkinligi;
qo‘shimcha misollar berilgan savollarga qarab, misollami moslashtirish;
murakkab nisbatlarni ko‘rgazmali ifodalash mumkin;
chizmalar, formulalar va boshqalami yozib ko‘rsatish, qabul qilish va tushunishni osonlashtiradi;
yaxshi yodda qoladi;
doskadan konspektga ko‘chirilgan misol va rasm, chizma, grafiklar kelgusi darslarga yaxshi tayyorlanishga yordam beradi.

Download 40.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling