Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash
Download 0.6 Mb.
|
13-mavzu taqdimotga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baholash shakllari.
Baholash mohiyati
Baholash tizimlari. Hozirda Respublikamizning oliy ta`lim muassasalarida quyidagi ikkita baholash tizimi qo’llanilib kelinmoqda: Baholashning “besh ballik” tizimi. Baholashning reyting tizimi. Baholash mezonlari. Har qanday baholash natijalari o’zaro taqqoslanishi, ya’ni o’lchanishi lozim bo’ladi. Ularni taqqoslash baholashdan oldin yoki keyin ishlab chiqilgan mezonlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Baholash mezonlari o’quv maqsadlariga qay darajada erishilganlikni anglatuvchi ko’rsatkichdir. Bu ko’rsatkichlar (“besh”, “to’rt”, “uch” va “ikki”) kabi sonlar yoki (“a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniarsiz”) kabi so’zlar yordamida tavsiflanishi mumkin. Baholash shakllari. Baholash uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil shaklda o’tkazilishi mumkin: Mezonga asoslangan baholash Me’yorga asoslangan baholash. Mezonga asoslangan baholash – baholanuvchining ta’lim jarayonida qo’lga kiritgan natijalarini, bilim, malaka va ko’nikmalarini oldindan belgilangan o’quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko’ra taqqoslash va o’lchashdan iborat bo’lgan baholash shaklidir. Bunday baholash mezonlarni aniq belgilab beruvchi o’quv maqsadlari bo’yicha natijalarga baho berish imkoniyatini yaratadi. Bu orqali natijalar to’g’ridan-to’g’ri va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlarni kuchsiz guruhlardan yaxshiroq farqlash imkonini beradi. Mezonga asoslangan (yoki maqsadli) baholashning afzalliklari:o’quv maqsadiga muvofiq baholanadi; ta’lim oluvchining o’zlashtirish darajasini ob’ektiv baholaydi; ta’lim oluvchi olgan bahosida yo’l qo’ygan xatolarini yaqqol ko’rsatib beradi; baholanuvchini ta’lim olishga yo’naltiradi; baholanuvchilarning baholanayotgan sohadagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab beradi, ularning o’z bilimi va malakalariga bo’lgan ishochini oshiradi; hamma uchun bir xil bilim va malaka talablarni o’rnatadi; ta’lim mazmunini aniqlab beradi; baholanuvchilarning o’z faoliyati natijalariga bo’lgan mas’uliyatini oshiradi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling