Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash


Download 0.6 Mb.
bet13/14
Sana12.08.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1666658
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
13-mavzu taqdimotga

Baholar ta’rifi

Shartli belgisi

O‘zlashtirish
%

Baholash mezoni

Tayyorgarlik darajasi

A’lo


A


90-100
baholash, yaratish

Bilimlarni umumlashtiradi va baholaydi, tahlil etadi, qullaydi tushunadi, biladi.



4-daraja ijod darajasi



Juda yaxshi



B

80-90
tahlil



Tahlil etadi, qo‘llaydi, tushunadi, biladi.

3-darajasi ko‘nikma, malaka va darajasi (avtomatik)

Yaxshi


C


70-80
qo‘llash

Qo‘llaydi, tushunadi, biladi

3-darajasi ko‘nikma va malaka darajasi

Qoniqarli

D

60-70
tushunish

Tushunadi, biladi

2-daraja qayta tiklash darajasi

Yetarli

E


50-60
bilish

Biladi


1-daraja tasavvur etish darajasi

Yetarli emas, yana qo‘shimcha ishlash talab qilinadi

FY


40-50


Yomon biladi

0-darajasi yomon tasavvur etadi.

Yetarli emas, qo‘shimcha yana juda ham ko‘p ishlash talab qilinadi.

F


40 kam



Umuman bilmaydi





0-darajasi umuman tasavvur etmaydi

O‘quv fani materialining 90-100% o‘zlashtirishi “a’lo” bahoga to‘g‘ri keladi.
Bu tayyorgarlikni 4-darajasiga tenglashtiriladi va “ijod darajasi” deb belgilaydi.
O‘quv fani dasturi kamida 50% o‘zlashtirilganida “ etarli” bahosi qo‘yiladi, bu o‘zlashtirishning tasavvur darajasi” deb belgilanadi. O‘quv fanining 40% dan kam o‘zlashtirishi, tayyorgarlikning 0-darajasi, ya’ni “umuman tasavvur etmaydi” deb hisoblanadi.
100 foizli baholash tizimi talabalar bilimini baholash shkalasini yagonalashtirish uchun shart-sharoit yaratadi.O‘quv faoliyati turlari bo‘yicha kreditlarning namunaviy taqsimoti bo‘yicha ma’lumotlar quyidagi 8.1-jadvalda keltirilgan.
8.1-jadval O‘quv faoliyati turlari bo‘yicha kreditlarning namunaviy taqsimoti

100 foizli baholash tizimi quyidagicha taqsimlanishi mumkin:



  • mashg‘ulotlarga qatnashishi – 5%,

  • joriy testlash – 30%, odatda 3 marta 10% dan;

  • mustaqil ishlarni bajarish – 15%, o‘rtacha 3 marta 5% dan;

  • laboratoriya ishlarini bajarish – 10%,

  • kurs loyihasi (ishi)ni bajarish -10%;

  • yakuniy imtihon -30%.

Dunyoning oliy ta’lim tizimida kredit tizimining bir necha turlari mavjud.Yuqorida keltirib o‘tilgan ECTS bilan bir qatorda: USCS -Amerikaning kredit tizimi, UCTS - Britaniyaning kredit tizimi, CATS - Osiyo davlatlari va tinch okeandagi davlatlarning kredit tizimlari ham mavjud.
Bugungi kunda oliy ta’lim tizimi oldidagi eng asosiy vazifa malakali mutaxassisni tayyorlash hisoblanadi. Bunday mutaxassisni tayyorlash uchun, albatta, unga nisbatan qo‘yilayotgan talablar tizimini aniqlab olish kerak. Ushbu savolga javob quyidagi to‘rt yo‘nalishdagi talablar tizimi bo‘lishi mumkin:

  1. O‘z sohasi bo‘yicha zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish;

  2. Sohaga oid mavjud bilimlarini doimiy ravishda mustaqil oshirib borish, ya’ni mustaqil ta’limga tayyor bo‘lish;

  3. Sohaga innovatsiyalar kiritish uchun mustaqil izlanish va ijod qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;

  4. O‘z vaqtini rejalashtirish, boshqarish va o‘z faoliyatini tashkil etish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

Ta’lim tizimiga kredit texnologiyasini kiritishdan maqsad ta’limning shaffofligini va akademik bilimlarni hamda kvalifikatsiyani tan olishni osonlashtirish bo‘lib hisoblanadi.
Dastlab kredit chetdan kelib o‘qiyotgan tinglovchilar uchun ishlatilgan va unga ishonch bildirilgan. Oliy ta’lim muassasalari uchun yagona kreditlarni o‘rnatilishi ta’lim oluvchilarning mobilligini ta’minlashga yordam beradi. Bugungi kunda yevropa kredit tizimi Yevropaning deyarli barcha davlatlarida tan olingan va amal qiluvchi tizimdir. Ta’lim oluvchi o‘rnatilgan kredit ballarini to‘plagan taqdirdagina diplom olishga muvaffaq bo‘ladi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston Bolonya deklaratsiyasiga qo‘shilishni rejalashtirmoqda, bu esa xalqaro bozorda oliy ma’lumotli mutaxassislarning
raqobatbardoshligini oshirishdir. Ushbu masala davlat rahbari tomonidan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida ko‘rib chiqilgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ushbu deklaratsiyaga amal qilish milliy oliy ta’lim tizimining jahon amaliyoti bilan uyg‘un rivojlanishiga xizmat qiladi va kadrlar tayyorlash sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohaning muhim vazifalaridan biri uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, yuqori sifatli ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlashni belgilaydi. Masalan, o‘quv muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter jihozlari hamda o‘quv adabiyotlari bilan jihozlash orqali o‘quv muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 2030 yilgacha oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pulli xizmatlar ko‘rsatish va qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini topish orqali ularning vakolatlarini kengaytirish orqali oliy ta’lim muassasalarining mustaqilligini bosqichma-bosqich rivojlantirish rejalashtirilgan.
O‘zbekistondagi oliy ta’lim tizimini Bolonya deklaratsiyasiga kirishi uchun qo‘yidagi dastlabki talablar qo‘yildi va quyidagi ishlar bajarilmoqda:

    • ikki bosqichli oliy ta’lim-bakalavriat va magistratura;

    • o‘quv jarayoni va o‘qitish natijalarini baholash, ESTS kredit texnologiyasi asosida tashkil etilishi.

O‘zbekistonda o‘quv jarayonini tashkil etishning ECTS kredit texnologiyasiga o‘tishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:

    • xorijda o‘qishni davom ettirish uchun oliy o‘quv yurtini tanlashda shart- sharoit yaratish;

    • O‘zbekistonda ta’lim olgan muddatini xorijiy davlatlarda tan olinishini ta’minlash;

    • Yevropa oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalarini o‘rganish va shu asosida o‘quv jarayonini takomillashtirish;

    • talabalar qobiliyatini to‘laroq ochilishiga va o‘qitishning yuqori natijalariga erishish;

    • diplomlarni o‘zaro tan olinishiga erishish.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling