Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash
O‘qituvchining o‘quv yuklamasini hisoblashda
Download 0.6 Mb.
|
13-mavzu taqdimotga
O‘qituvchining o‘quv yuklamasini hisoblashda:Umumiy mehnat sarfi miqdori (auditoriya sotlari va mustaqil ish) bir o‘quv yilida 750-800 soatni tashkil etishi - e’tiborga olinadi. ECTS – oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etishning eng demokratik tizimi hisoblanadi. Kreditlarni taqsimlash va ECTS o‘quv rejalariga o‘tish metodikasi. Davlat ta’lim standartlariga tayanib tuzilgan o‘quv rejasi, o‘quv jarayonini tashkil etishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu me’yoriy hujjatlar asosida o‘quv faoliyati turlari bo‘yicha mehnat sarflari aniqlanadi. Kreditlarni hisoblash va ularni o‘quv faoliyatlari turlari, bloklar va alohida fanlar bo‘yicha taqsimlashda, o‘tish koeffitsiyentini aniqlash zarur (Ko‘t). Ko‘t = 240:8262-0,029 Bu yerda: 240 – bakalavriatning ECTS bo‘yicha kreditlari yig‘indisi, kredit 8262 – an’anaviy tizimda o‘quv reja bo‘yicha umumiy mehnat sarflari yig‘indisi, soat. Kreditlar soni, mehnat sarfini o‘tish koeffitsiyentiga (0,029) ko‘paytirib topiladi. Jadvaldagi ma’lumotlarni hisoblashda haftalik auditoriya o‘quv yuklamasi - 36 soat, talabalarning me’yoriy haftalik mehnat sarfi – 54 soat qabul qilingan. Zamonaviy o‘quv rejasi bo‘yicha, ECTS bir kreditining taxminiy qiymati talabaning 34,4 soat mehnat sarfiga tengdir. Ta’lim jarayoni kredit texnologiyasi asosida tashkil etilganida, aksariyat hollarda 4 balli baholar shkalasini qo‘llab, 100 foiz baholash tizimi ishlatiladi. Masalan: A-4 b; V-3,5 b; S-3 b; D-2,5 b; Ye-2 b, FY-1,5 b, F-1 b. 100 foiz baholash tizimi quyidagicha taqqoslanishi mumkin: mashg‘ulotlarga qatnashishi – 5%, joriy testlash – 30%, odatda 3 marta 10% dan; mustaqil ishlarni bajarish -15%, o‘rtacha 3 marta 5% dan; laboratoriya ishlarini bajarish – 10%, kurs loyihasi (ishi)ni bajarish – 10%; yakuniy imtihon – 30%. Quyidagi 8.1-jadvalda keltirilgan baholash mezonlaridan kredit texnologiyasi bo‘yicha baholash tizimi qo‘llanilganida foydalanish mumkin. 8.1-jadval Kredit texnologiyasida baholash mezoni
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling