Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
Maxsus fanlarni o‘qitish shakllari. Ma’ruza darslarini tashkil etish metodikasi
Download 64.3 Kb.
|
Maxsus fanlarni o
Maxsus fanlarni o‘qitish shakllari. Ma’ruza darslarini tashkil etish metodikasi
Reja 1. Maxsus fanlarni o‘qitish shakllari, 2. Ma’ruza turlari. Konferensiya ma’ruzasi, 3. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida ma’ruzaning yangi shakli Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayonida ma’ruzalar muhim o‘rin egallaydi, chunki talabalar bilimini oshirish zamonaviy ma’ruzalarga bog‘liqdir. O‘quv materiallari va axborotlarni ma’ruza shaklida uzatish oliy ta’lim tizimida o‘kitish metodlaridan asosiysi hisoblanib, ta’lim oluvchilarning egallaydigan bilim, ko‘nikma darajalari ularning tayanch bilimlari va yoshiga bog‘lik bo‘ladi. Ma’ruza - aniq mavzu bo‘yicha o‘quv materialini taqdim etishning umumqabul qilingan usuli hisoblanib,unda tizimli, ma’lum ketma-ketlik asosida nazariy xarakterdagi materiallar ma’ruzachi (o‘kituvchi) tomonidan ta’lim oluvchilar e’tiboriga yetkaziladi. Odatda ko‘p ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’ruza tarzida “ma’lumotni uzatish, yetkazish” eng murakkab metodlardan biri hisoblanadi. Ma’ruza – bu aniq mavzu bo‘yicha ma’lumotlarni ma’ruzachi tomonidan tinglovchilar guruhiga bir maromda yetkazish metodi hisoblanadi. Odatda ma’ruzada tinglovchilar auditoriyasi nofaol qabul qiluvchi sifatida namoyon bo‘ladi. Ma’ruza, og‘zaki metodlaridan so’zlab berish va tushuntirishdan farqli o’laroq, ancha aniq tuzilgan bo’ladi. Ma’ruzalar, odatda, o’quv dasturining yirik, muhim masalalari yuzasidan o’qiladi. Ma’ruzada o’quv materiali yaxlit va izchillik bilan bayon etiladi, o’zaro bog’langan tushunchalar, qonuniyatlar tizimi ochib beriladi, kursning turli mavzulari orasida ichki bog’lanishlar o’rnatiladi. Kirish ma’ruzalari, sharh ma’ruzalar, rukn ma’ruzalar va xotima ma’ruzalar bo’ladi. Ma’ruza so’zlab berishga qaraganda uzoq davom etadi (u, odatda, butun darsga mo’ljallanadi) va talabalarning yozib borishini (konspekt tuzishini) ko’zda tutadi. Ma’ruzani eshitish so’zlab berishni eshitishga qaraganda qiyinroq, chunki ko’proq diqqat-e’tiborni talab etadi. 83 Ma’ruzani rejalashtirishda uning qanday ma’ruza ekanligini hamda ma’ruza maqsadini to‘g‘ri aniqlash ham muhim hisoblanadi. Kirish ma’ruzasi. Bunday ma’ruzaning vazifasi talabalarga fan to‘g‘risida umumiy yo‘nalish berish, ularda qiziqish uyg‘otish, quyilgan savollar bo‘yicha mustaqil fikrlash va javoblar izlashga yo‘naltirishdan iborat. Bunday ma’ruzada tashkiliy-yo‘naltiruvchi va motivatsion funksiyalar ustun turadi. Mavzu buyicha ma’ruza. Bunday ma’ruzada aniq bir muammo yoki mavzu bo‘yicha ma’lumotlar namoyish etilib, tahlil qilinadi, xulosa chiqarilib isbotlanadi. Ma’ruzani rejalashtirishda axborot berish, tashkiliy-yo‘naltiruvchi va metodologik funksiyalarga ko‘prok e’tibor qaratish talab etiladi. Yakuniy yoki umumlashtiruvchi ma’ruza. Bunday ma’ruzadan maqsad – o‘quv semestri davomida o‘tilgan mavzular bo‘yicha berilgan materiallarning asosiy g‘oyasi va mohiyatini maksimal darajada qisqa shaklda berib, ob’ektlar va holatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat hamda bog‘lanishlarni ajratib tizimlashtirishdan iborat. Ma’ruzalar uni rejalashtirishdagi ustuvor turuvchi funksiyalarni amalga oshirish mazmuniga qarab ham quyidagi turlarga bo‘linishi mumkin: Rejalashtirishdagi ustuvor turuvchi funksiyalarni amalga oshirish mazmuniga ko‘ra ma’ruza turlari ichida muammoli ma’ruzalar alohida e’tiborga loyiq hisoblanadi. Bunda ma’ruzachi dastlab muammoli vaziyatga misol, keyin MA’RUZA TURLARI Didaktik vazifasiga ko‘ra Ma’ruzani rejalashtirishdagi ustuvor funksiyalarni amalga oshirish mazmuniga ko‘ra Kirish ma’ruzasi Mavzu bo‘yicha ma’ruza Yakuniy (umumlashtiruvchi) ma’ruza axborot-tahliliy; muammoli; tashkiliy-yo‘naltiruvchi; ma’ruza-dialog; hodisaviy ma’ruza. 84 muammoning mohiyati va tahlilini keltirishi va muammo yechimi bo‘yicha o‘z farazlarini bayon etishi lozim bo‘ladi. Muammoli ma’ruzadan ko‘zlangan maqsad o‘quv jarayonini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, mustaqilligini rivojlantirish, o‘qitishning eng samarali shakl va metodlaridan foydalanishdir. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida ma’ruzaning yangi shakli hisoblangan elektron ma’ruzalar qo‘llanilmoqda. Elektron ma’ruza – elektron shakldagi o‘quv materiallarining majmuasi bo‘lib, ma’ruza matni, didaktik materiallar, qo‘shimcha ma’lumotlar, interfaol harakatlar va giperhavolalarni o‘zida mujassalashtirgan multimedili tizim. Oliy ta’limda elektron ko‘rinishdagi ma’ruzalar uchun quyidagi ko‘rinish va struktura tavsiya etiladi: ma’ruza mavzusi; ma’ruzaning asosiy mazmunini yorituvchi qisqacha annotatsiya; mantiqan tugallangan bo‘limlar, mavzular uchun ma’ruza rejasi; nazariy ma’lumotlarni chuqurroq o‘zlashtirish imkoniyatini beruvchi asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati; ma’ruzani yakunlovchi xulosa rejasi va xulosalar. Elektron shakldagi ma’ruza matnlarning o‘ziga xos xususiyatlari: ma’ruza mazmuni aniq tuzilishga ega; o‘quv materiallari bloklarga ajratilgan; gipermatnli havolalar mavjud; o‘quv materialini to‘ldiruvchi vositalar, ya’ni ovoz, animatsiya, grafikalardan foydalaniladi. Elektron shakldagi ma’ruza matnlari asosan uch xil shaklda bo‘lishi mumkin: On-Line ko‘rinishidagi elektron ma’ruza; Of-Line ko‘rinishidagi elektron ma’ruza; Bosma nashr ko‘rinishidagi ma’ruza matnining elektron nusxasi. On-Line ko‘rinishidagi elektron ma’ruza – Internet tarmog‘i orqali elektron ma’ruzalarning barcha imkoniyatlarini saqlagan holda 50 Kb fayldan iborat hajmni egallab talabalarga yetkazib beriladi. Of-Line ko‘rinishidagi elektron ma’ruza – keys texnologiya tizimida foydalanish uchun mo‘ljallangan, fayl o‘lchovi inobatga olinmaydi. 85 Shuningdek, o‘qitish amaliyotida bir necha ma’ruzachilar ishtirokidagi ma’ruzalar, ya’ni har bir ma’ruzachi o‘z pozitsiyasiga (ma’ruzachi, ekspert, tanqidchi, mavzu bo‘yicha muammo tashlovchi va b.) ega bo‘lgan ma’ruzalar ham keng qo‘llaniladi. Multimediali elektron ma’ruzalarda slaydlar namoyishi ko‘zda tutiladi. Ma’ruzachi slayd yordamida taqdimotda yangi mavzuning talabalar tushunishlari qiyinroq bo‘lgan ba’zi bilimlarni ravon va vizual tarzda bayon qilishi mumkin. Maxsus fanlarning maqsad va vazifalari, ta’lim oluvchilarning talab hamda ehtiyojlari, ta’lim-tarbiya qonuniyatlari, tamoyillari kabilarga ko’ra ma’ruza mashg‘ulotlariga quyidagi didaktik talablar qo’yilishi lozim: ma’ruza tuzulmasini fan-texnika va ishlab chiqarish texnologiyalarining so’nggi yutuqlari, ilg’or pedagogik tajribalardan imkon qadar foydalanish, ta’limtarbiya qonuniyatlariga asoslanib maqbullashtirish; har bir ma’ruzaning ta’lim-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasini aniq belgilab olish; ma’ruzada barcha didaktik tamoyillarning maqbul nisbatini ta’minlash; ta’lim oluvchilarning qiziqishi, ehtiyojlari, moyilligini hisobga olgan holda yuqori samarali o’quv-bilish faoliyati uchun shart-sharoit yaratish; o’quv materialini mukammal o’zlashtirilishi uchun fanlararo aloqadorlikka amal qilish; ta’lim oluvchilar tomonidan ilgari o’zlashtirilgan bilimlar va ularning hayotiy tajribalariga tayangan holda ish ko’rish; ta’lim oluvchilarning barcha ijobiy jihatlarini rag’batlantirish, o’quv-bilish faoliyatini faollashtirish yo’li bilan rivojlantirishga erishish; ta’lim jarayoni ishtirokchilari bilan tezkor-teskari aloqani ta’minlash, ta’sirchan boshqaruv mexanizmini ishlatish; ma’ruzaning barcha bosqichlarida mantiqiy va his-tuyg’ularga asoslanish; didaktik materiallar va axborot vositalaridan samarali foydalanish; 86 nazariy materialni amaliyot bilan uzviy bog’lab o’rganishga amal qilish; zarur bilim, ish-harakat, oqilona fikrlash va amaliy faoliyat ko’rsatish usullarini tarkib toptirish; ta’lim oluvchilarda uzluksiz ravishda o’qib-o’rganish, o’z bilimi va kasbiy mahoratini oshira borish malakasini shakllantirish; - ma’ruzalarni mukammal rejalashtirish natijalarini oldindan bashorat etish va tashxislash. Pedagogikada ta`lim metodlarini tasniflanishiga va belgilashga bir xil yondashuv mavjud emas. “Ta`lim metodi” tushunchasining mazmunini ochish to’g’risida munozaralar hozirgi vaqtda ham davom etib kelmoqda. Download 64.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling