Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va metodlarni tanlash
Download 64.3 Kb.
|
Maxsus fanlarni o
Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va metodlarni tanlash.
Reja 1. Amaliy - laboratoriya mashg’ulotlari va ularni o‘tkazish metodikasi 2. Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlardan ko’zda tutilgan maqsad 3. O‘qitish metodlari, metodlar klassifikatsiyasi, metodlarni tanlash mezonlari. Amaliy - laboratoriya mashg’ulotlarni mazmuni va tashkil etish xarakteriga ko’ra qo’yidagi turlarga ajratiladi. Amaliy - laboratoriya mashg’ulotlarni ularning xarakteri jihatidan miqdoriy (miqdorga bog’liq bo’lgan) va sifatiy (sifatga bog’liq bo’lgan) ishlarga bo’lish mumkin. Miqdoriy amaliy-laboratoriya mashg’ulotlar aniq o’lchashlar, hisoblab chiqarishlar, hisoblar bilan bog’liq. Ularning natijalari tekshirilayotgan ob’ekt yoki hodisalardagi miqdoriy bog’lanishlarni ochib beruvchi muayyan kattalik bilan ifodalanadi. Miqdoriy amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarga quyidagilar misol bo’la oladi: maydalangan tuproqning sifat ko’rsatkichlarin aniqlash; ekish mashinalarida urug’ sarfini aniqlash; kultivator ishchi organlarini sozlash va hokazo. Sifatiy amaliy-laboratoriya mashg’ulotlar davomida talabalar xulosalar qiladilar, qonuniyatlarni aniqlaydilar, bilimlarini chuqurlashtiradilar; ularda zarur ko’nikmalar hosil bo’ladi. Sifatiy amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarga quyidagilar misol bo’la oladi: metallarni cho’zilashga sinash; bajariladigan ishniig turiga qarab keskichlar tanlash; har xil dastgohlar va mashinalarning tuzilishini o’rganish va xokazo. Maxsus fanlardan amaliy-laboratoriya mashg’ulotlari frontal va nofrontal o’tkazilishi mumkin. Amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarini frontal tashkil etish quyidagi afzalliklarga ega: o‘qituvchini guruhdagi talabalarga rahbarlik qilishi va mashg’ulotning bajarilishini kuzatib turishi osonlashadi; butun guruhga bitta mavzu bo’yicha yo’riqnoma berish mumkin bo’ladi. Bu usulning kamchiliklari jumlasiga o’quv xonasida juda ko’p bir xil asbob-uskunalar yoki tarqatma materiallar bo’lishini talab etilishi kiradi. O’quv materialini darslarda o’rganishdan oldin yoki o’rganish bilan bir vaqtda bajariladigan tajriba-amaliy ishlar frontal o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Tegishli o’quv materialini o’rganishni tugallovchi tajriba-amaliy mashg’ulotlar ham frontal o’tkazilishi mumkin Bunda amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarining mazmuni ayrim guruhlar uchun har xil bo‘ladi. Nofrontal shaklda tashkil etilgan amaliy-laboratoriya mashg’ulotlar qo’yidagi kamchilikga ega: ishlarni tashkil qilish va unga rahbarlik qilish ma’lum darajada qiyin bo’ladi, chunki o’qituvchi barcha talabalarga umumiy ko’rsatma berish va natijalarni jamoa bo’lib muhokama qilish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Shunga qaramay umumkasbiy va maxsus fanlarni o’rganishda nofrontal tajriba-amaliy mashg’ulotlar ko’p hollarda o’tkaziladi,chunki bunda hamma talabalar uchun bir turdagi jihoz va moslamalarni bo’lishi shart emas. Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlar davomida talabalar ma’lum bir jarayonni kuzatadilar, tavsiflaydilar, kattaliklarni o’lchaydilar, hisoblaydilar, biror hodisa bo’yicha eksperimentlar o’tkazadilar, natijalarni umumlashtiradilar, tahlil qiladilar, mexanizm va yig’ma birikmalarni qismlarga ajratadilar-yig’adilar, rostlaydilar, sozlaydilar, nazorat qiladilar. Umumkasbiy va maxsus fanlarni o’rganishda o’tkaziladigan tajriba-amaliy mashg’ulotlarini quyidagi. Maxsus fan o’qituvchilari maxsus fanlardan amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazar ekanlar, talabalarni nazariy mashg’ulotlar davomida olgan bilim va ko’nikmalaridan foydalanadilar, ularni chuqurlashtiradilar 1.1-jadvaldagi ko’rinishda guruhlash mumkin. Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlardan ko’zda tutilgan maqsad ko’p jihatdan uni o’tkazish metodikasini talabalar ishiga maxsus fan o’qituvchisining rahbarlik qilish usullarini, ayrim tajriba yoki amaliy ishlarni bajarish tartibi va shu kabilarni belgilab beradi. Talabalar nazariy materialni o’zlashtirib olganlaridan, o’rganilayotgan hodisalar, jarayonlar bilan tanishganlaridan so’ng ular bilan tajriba-amaliy mashg’ulotni o’tkazish ancha oson ko’chadi. Bu holda o’qituvchining yangi mavzu bo’yicha mashg’ulot o’tkazishga oid o’quv axboroti nihoyatda qisqa va aniq bo’ladi. Natijasiga asoslanib talabalar ma’lum xulosalar chiqarishi kerak bo’lgan tajriba-amaliy mashg’ulotlarni bajarish ancha murakkab hisoblanib, ta’lim oluvchilarni bunga oldindan tayyorlash va o’qituvchining o’quv axboroti ancha batafsil bo’lishi zarur. Bunday ish davomida o’qituvchi talabalar ishini kuzatibgina qolmay, balki ularning faoliyatini yo’lga soladi, ularni zarur xulosalarga olib keladi. O’qituvchi talabalarga amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarining bajarilish jarayoniga yo’riqnoma berish yo’li bilan rahbarlik qiladi. Yo’riqnoma berishdan ko’zlangap asosiy maqsad talabalar ongida topshiriqni eng samarali bajarish uchun faoliyatning yo’nalish asoslarini yaratishdan iborat. Psixologlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, insonning mehnat faoliyati ikki tomonga: yo’nalish va ijro tomonlariga ega. Yo’nalish tomoni faoliyatning ob’ektiv sharoitlarining (masalalar, usullar, mezonlar, bajarilish shartlari, texnika vositalari va shu kabilar)ning inson ruhiyatidagi in’ikosi, ijro tomoni esa harakatning bevosita bajarilishi. I. P. Pavlov ta’limotiga ko’ra, yo’nalish refleksi markaziy asab tizimida shartli bog’lanishlar hosil bo’lishiga asos hisoblanadi. Bu bog’lanishlar bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilishniig fiziologik asosidir. Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarini o’quv jarayonida amalga oshirishda yo’riqnomalar tizimidan foydalaniladi. Yo’riqnomalar mashg’ulotda o’tkazilish vaqtiga ko’ra kirish, j oriy va yakunlovchi yo’riqnomalarga; ma’lumot berish usuliga ko’ra og’zaki va yozma yo’riqnomaga bo’linadi. Kirish yo’riqnomasi talabalarni amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarni bajarishga tayyorlashda juda muhim ahamiyatga ega. Har bir amaliy-laboratoriya mashg’ulot bajariladigan ishdan ko’zlangan maqsad, maqsad sari olib boradigan yo’llar talabalarga tushunarli bo’lgan taqdirdagina ijobiy va qimmatli natijalar beradi. Talabalar o’zlariga taklif etilayotgan ish o’rganilgan material bilan qanday bog’langanligini yoki yanada oldinga siljish uchun u qanday ahamiyatga ega ekanligini anglab olishlari kerak. Download 64.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling