Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi


Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida talabalar mustaqil faoliyatini va mustaqil ta’limini tashkil etish


Download 64.3 Kb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi64.3 Kb.
#1519359
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maxsus fanlarni o

Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida talabalar mustaqil faoliyatini va mustaqil ta’limini tashkil etish.
Reja
1. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish.
2. Mustaqil ishlarni tashkil etish maqsad va vazifalari, shakllari.
3. Maxsus fanlardan kurs ishi (loyihasi) bajarish, rasmiylashtirish va uni himoya qilish tartibi
Oliy ta’lim muassasalari talabalarining bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllanishida fanlar bo‘yicha mustaqil ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quv malakalari, o‘quv materialini qabul qilish, qayta ishlash, uning muhim jihatlarini ajratish, yangi o‘zlashtirgan bilimlarni avvalgilari bilan bog‘lash, o‘quv bilimlarini umumlashtirish, takrorlash va ularni amalda tadbiq qilgan holda masalalar hal qilishlarning barchasi mustaqil ta’lim jaryonida egallanadi. Shunday qilib, o‘quv malakalari talabalarning mustaqil ta’lim jarayonidagi barcha o‘quv-bilish faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Talabalarning fandan mustaqil bilim olishlari jarayonida birinchi navbatda mustaqil ishlash malakasi talab etiladi. Bunday malaka o‘quv materiallari bilan mustaqil ishlash jarayonida hosil bo‘ladi. Boshqacha aytganda, o‘quv malakalari o‘quv materialini qabul qilish, qayta ishlash, uning muhim jihatlarini ajratish, yangi o‘zlashtirgan bilimlarni avvalgilari bilan bog‘lash, o‘quv bilimlarini umumlashtirish, takrorlash va ularni amalda tadbiq qilgan holda masalalar hal qilishda egallanadi. “Mustaqil ta`lim” tushunchasi pedagogik lug’atlarda o’quv yurtidan tashqari, mustaqil o’rganish tufayli egallanadigan ta`lim turidir, deb ta`riflangan. Ayni vaqtda “mustaqil ta`lim olish”, “o’zini tarbiyalash”, “mustaqil o’qish” tushunchalaridan sinonimlar sifatida foydalanilmoqda. Ilmiy tadqiqot natijalari asosida mustaqil ta`limga quyidagicha ta`rif berilgan: mustaqil ta`lim – o’quv materialini mustaqil o’zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo’lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir. Pedagog olimlarning aksariyat qismi mustaqil ta`limni tashkil etish jarayonini faollashtirish masalasini umumiy muammo sifatida qaraydilar. Jumladan, bu boradagi ishlarning bir qismida talabalarning mustaqil ta`lim olishlarini tashkil etishga shaxs nuqtai nazaridan yondoshish ko’zga tashlanadi. Bunda u faol, ta`limda, kasbiy mahoratini oshirishda yuqori natijalarga erishishga intiluvchi, pedagoglik kasbini tanlash va egallash ishida jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiquvchi shaxsni shakllantirishda mustaqil ta`lim muhim omil sifatida qaraladi. Mustaqil ta`lim olishni tashkil etish uchun nafaqat muayyan kasbga yoki faoliyat sohasiga qiziqish, balki ushbu faoliyat turiga layoqatning mavjud bo’lishi ham talab etiladi. Mustaqil ta`lim shaxsning o’zi tomonidan boshqarilishini e`tiborga olib, bu faoliyat bilan inson erkin holda va istagan vaqtida manbalardan o’zi tanlab, maqsad, vosita, mazmun nuqtai nazaridan foydalanishi mumkin. Mustaqil bilim olishda avtonomlik bu-o’qitish maqsadlari, tamoyillari, mazmuni, metodi va vositalarni aniqlash va tanlash, ularni qiynalmasdan hamda tashqi ta`sir yordamisiz, amalga oshirish qobiliyatidir. Mustaqil ta`lim bevosita mustaqil fikrlash bilan uzviy bog’liqligi sababli unga berilgan ta`rifni ham keltirib o’tish maqsadga muvofiq: “Mustaqil fikrlash - insonning o’z oldida turgan muammolarni maqsad va vazifalarini belgilagan holda o’z bilimi va hayotiy tajribalariga tayanib, turli yo’l, usul, vositalar yordamida, o’zining intellektual imkoniyatlari darajasida mustaqil ravishda hal qilishdan iborat bo’lgan aqliy faoliyatidir”. Talabalar o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz yoki bilvosita boshqaruvida, u tomonidan berilgan topshiriqni, darslik yoki boshqa manbalar asosida individual bajaradigan ishi mustaqil ta’lim hisoblanadi. Talabalarning mustaqil ta’limi o‘quv jarayonining ajralmas qismidir.

Download 64.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling