Elementning nisbiy atom massasi. Atomlarning o‘lchamlari qanchalik kichik bo‘lishidan qat’i nazar, ularning massasi
aniqlangan. Agar atomlarning massalarini massaning odatda foydalaniladigan birliklarida (kilogramm, gramm) ifodalasak, atomlar massalarining qiymatlari juda kichik sonlar bo‘ladi. Masalan, uglerod atomining massasi quyidagiga teng:
ma(C)=0,000 000 000 000 000 000 000 02 g=2,0•10–23=
=2,0•10-26kg, kislorod atomining massasi esa quyidagiga teng:
ma(O)=2,66•10–23g=2,66•10–26kg
Atomlar massalarining bunday son qiymatlaridan foydalanish, ularni eslab qolish va ular bilan arifmetik amallarni bajarish qiyin. Shu sababli atomlarning massalarini ifodalash uchun maxsus massa atom birligi (m.a.b.) kiritilgan. 1 m.a.b. uglerod atomi massasi- ning 1/12 qismiga, ya’ni 1,66•10-24g ga teng. Elementlar atomla- rining massasini 1 m.a.b. bilan taqqoslab, butun sonlar topiladi, ular nisbiy atom massalar deyiladi. Masalan, kislorod uchun:
2, 656 1023 g
Ar O
0,16 1023 g
= 16
Shu usulda barcha kimyoviy elementlar uchun nisbiy atom massalarini topish mumkin.
Element atom massasini uglerod atom massasining 1/12 qismiga nisbati elementning nisbiy atom massasi deyiladi. Elementning nisbiy atom massasi Ar bilan belgilanadi, bunda r —
„relative“ so‘zining boshlang‘ich harfi, u „nisbiy“ degan ma’noni
bildiradi. Bu o‘lchamsiz kattalikdir. Nisbiy atom massasining o‘lchamsiz kattaligini atomlarning massa atom birliklarida (m.a.b.) ifodalangan massasidan farq qila bilish kerak.
Atomlarning massalari element nisbiy atom massasining 1
atom birligiga ko‘paytmasi sifatida topiladi. Masalan,
ma(O)=16:1 m.a.b.=16 m.a.b.
Quyidagilarni o‘zaro taqqoslang:
ma(C)=12 m.a.b. Ar(C)=12
ma(S)=32 m.a.b. Ar(S)=32
ma(H)=1 m.a.b. Ar(H)=1 ma(Fe)=56 m.a.b. Ar(Fe)=56
Do'stlaringiz bilan baham: |