Maxsus pedagogika


Yordamchi maktab tarbiyachisi


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Yordamchi maktab tarbiyachisi. 
Aqli zaif bolalarni tarbiyalash va 
o ‘qitish ustida yordam chi m a k ta b -in te rn a t va kuni uzaytirilgan 
maktablarda olib boriladigan butun, ko ‘p qirrali ish asosan tarbiyachi 
tom onidan amalga oshiriladi.
Tarbiyachi ishining mazmuni va tashkiliy shakllari juda turli- tumandir. 
Tarbiyachi o ‘quvchilarning yuqori o ‘zlashtirishlarini ta ’minlashga 
yo‘naltirilgan ish olib boradi, ulam ing g‘oyaviy-siyosiy tarbiyasini va 
axloqiy xislatlari tashkil topishini, m ehnat, jismoniy va estetik tarbiyani 
amalga oshiradi. Bolalar faoliyatini uyushtiradi, ulami sanitariya-gigiyena 
malakalariga odatlantiradi va ulaming tashqi ko‘rinishiga va kayfiyatiga 
qaraydi, ota-onalar bilan ish olib boradi va hokazo.
Tarbiyachining asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. 0 ‘ziga biriktirilgan guruhdagi bolalarning normal tarbiyasini amalga 
oshiradi, ulam i hayotga tayyorlaydi.
2. Tarbiyachi o ‘z guruhidagi bolalar bilan sinfdan va maktabdan 
tashqari ishlarni olib boradi.
3. Bolalarni ijtimoiy-foydali mehnatga va o‘z-o‘ziga xizmat ko'rsatishga 
jalb etadilar, tarbiyachi o ‘quvchilar bilan, maktab psixologi, shifokori 
va logopedi bilan doimiy aloqada bo'ladi.
4. Bolaning ota-onalari bilan doimiy muloqotda bo‘ladi.
0 ‘qituvchining huquqi qanday bo‘lsa, tarbiyachining huquqi ham
shundaydir.
1 3 - 3 3
193


Yordamchi maktabda o‘quvchilarni nim a uchun o'rganm oq kerak? 
Yordamchi maktabda o'quvchilarni hozirgi davr talablari darajasida 
to ‘g‘ri tarbiyalash uchun ularni yaxshi bilmoq kerak. Oligofrenopedagog 
yordamchi maktab o ‘quvchisidan qancha yiroqlashsa, ta ’lim-tarbiya 
ishlariga shuncha pu tur yetadi. Y ordam chi m aktabda korreksion- 
tarbiyaviy ishning m uvaffaqiyati k o ‘p jih atd an uning yordam chi 
maktab o ‘quvchilari ichki dunyosiga chuqur singib kirishiga, ularning 
kechinmalari ham da xulq-atvorini tushunishga bog‘liq.
Yordamchi maktab o ‘quvchisining qanday yashayotganligini, uning 
qiziqish va mayllari qandayligi, his-irodasining o ‘ziga xosligi ham da 
xarakter xususiyatlarini o ‘rganishimiz deganda, uning qalbiga mumkin 
qadar ishonchli yo‘l topish, unga tarbiyaviy ta ’sir etishning yanada 
m aqbul u slu b larid an foydalanish dem ak d ir. O ligofrenopedagog 
yordamchi m aktab o ‘quvchisining individual xususiyatlarini yaxshi 
o ‘rgangan va yaxshi tushungan taqdirdagina bu o ‘quvchi shaxsini 
muvaffaqiyatli tarbiyalab yetishtira oladi. Oligofrenopedagog yordamchi 
maktab o ‘quvchilarini faqat darsdagina emas, balki sinfdan tashqari 
vaqtda ham ularga tarbiya berishi, ota-onalari bilan suhbatlashganda, 
o'quvchilar uy sharoitlari bilan tanishganda ham , har xil sayrlar, 
tadbirlar davomida ham ularni o ‘rganib boradi.
Maxsus ta ’lim tizimidagi muassasalar nizomida o ‘quvchilarning 
individual xususiyatlarini, ularning hayot sh aro itlarini o ‘rganish 
zarurligi k o ‘rsatib berilgan.
Y ordam chi m aktab o ‘quvchilarining o ‘ziga xos xususiyatlari
ularning qiziqishlari, mayllari, ular olgan tarbiya darajasini nazarga 
olgan holda m a’lum maqsadga qaratilgan va ta ’sirchan reja tuzish oson 
b o ‘ladi.
T o‘g‘ri, yordamchi maktab o ‘quvchilarini o ‘rganish ko ‘p vaqt va 
kuch talab etadi. Ammo keyinchalik bular hammasi katta ijobiy natijalar 
beradi. Y ordamchi maktab o ‘qituvchisi o ‘quvchilarni, ularning o ‘ziga 
xos xususiyatlarini bilgan holda ular kamoloti jarayonini muvaffaqiyatli 
ta rz d a y o ‘lga solib k etish i m u m k in b o 'la d i. Shu b ilan birga
o ‘qituvchining har qaysi o ‘quvchi to ‘g‘risida bilganlarini ham hisobga 
olish lozim. Bular yordamchi maktab o ‘quvchilariga korreksion tarbiya 
berish jarayonida ularga bir xilda talablar qo‘yish va ularga bir zaylda 
muom ala qilishga erishishga yordam beradi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling