Maxsus pedagogika


 .3 . Oilada yordamchi maktab o ‘quvchilarini


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

8 .3 . Oilada yordamchi maktab o ‘quvchilarini 
m a’naviy-axloqiy tarbiyalash
Oila va oilaviy tarbiya pedagogika fanining muhim muammolaridan 
hisoblanadi. Milliy istiqlol vazifalaridan biri ham ushbu muammoni 
har tom onlam a va chuqur tadqiq etilishini talab qiladi. C hunonchi, 
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘layotgan o'zgarishlar, oilaga, 
bola tarbiyasiga b o ‘lgan m unosabatga ham sezilarli darajada t a ’sir 
qilmoqda.
Ayniqsa, milliy m ustaqillik sharoitida oiladagi bola tarbiyasiga 
b o ig a n e ’tibor kuchaydi. Chunki jam iyat aqlan yetuk, axloqan pok, 
jism onan baq u w at, ruhan boy avlodni tarbiyalashdan m anfaatdor. 
Bunday avlod, eng avvalo, m a ’naviy-axloqiy jih atd an sog‘lom va 
m u sta h k a m o ila d a s h a k lla n a d i. Z e ro o ila n i riv o jla n tiris h va 
mustahkamlash uchun qilinadigan g‘am xo‘rlik kelajak avlod taqdiri 
bilan bog‘liqdir. H ar qanday jam iyatda ham buyuk davlatning barpo 
etilishi yoshlar qanday boMishlariga, ularning qanday tarbiya olishlariga 
bog‘liq. D em ak, bola tarbiyasi umumdavlat ahamiyatiga molik masala 
hisoblanib, har qanday jam iyatning oilada bola tarbiyasiga b o ‘lgan 
talabi ortib boradi. Ayni vaqtda davlatning ota-o n an in g bolalarni
1 4 - 3 3
209


tarbiyalashdagi, farzandlaming ota-ona oldidagi mas’uliyatini oshirishdagi 
roli kuchayadi.
Milliy istiqlol mafkurasining negizida yosh avlodni milliy mustaqillik 
ruhida tarbiyalash g‘oyasi yotadi. Mustaqillik ruhida tarbiyalash yoshlami 
m illiy g ‘u ru r, m illiy iftixor, m illiy ong va o ‘z - o ‘zini anglash, 
vatanparvarlik tuyg'ullarini shakllantirishni taqozo etadi.
Vatanparvarlik tushunchasini kengroq tushunish lozim. Vatanparvarlik 
tuyg‘usini tarbiyalashni umummilliy va baynalmilalchilik manfaatlari birligi 
bilan qo‘shib olib borilgandagina umuminsoniy m a’no kasb etadi. Vatan 
ostonadan boshlanadr, degan ibora Vatanni sevish, ota-onani sevish 
insonlar bir-birini sevishi, bir-biriga m ehr-m uruwatli, saxovatli, sadoqatli 
bo‘lishdan boshlanadi, degan m a’noni ham bildiradi. Ota-onaning bolaga 
bo‘lgan mehr-muhabbati tufayli o ‘z vaqtida Vatanga bo‘lgan muhabbat 
mushtarakligiga erishish mumkin. Mustaqillik sharoitida oila va oilaviy 
munosabatlarga yangicha yondashish deganda xuddi shunday tushunchani 
tushunmoq darkor.
Mustaqillikka erishgach, milliy istiqlol o ‘zbek oilasi hayotiga, uning 
ma’naviy qiyofasiga ijobiy ta’sir etmoqda. Chunonchi, ko‘p yillar davomida 
e’tibor berilmay kelingan oilaviy an’analar qaytadan tiklanmoqda, milliy 
xususiyatlar takom illashib borib, oilaning m illiy qiyofasi ko‘zga 
tashlanmoqda. Oilaviy turmush sinfiy va siyosiy yondashishdan xoli 
bo‘lmoqda. Bulaming hammasi mustaqillik sharoitida oilaviy va ijtimoiy 
tarbiyaning dialektik birligini ta’minlash ijtimoiy-pedagogik zaruriyat bo‘lib 
qolayotganligini ko'rsatadi. Bu borada olima M.Ikromovaning oilada 
bolalarning m a’naviy-axloqiy tarbiyasi mavzuidagi ishlari muhim ahamiyat 
kasb etadi.
Oilada eng yaxshi va olijanob an’analar ruhida tarbiyalangan bola o ‘zini 
anglashga, o ‘zligini ko‘rsatib, o‘z shaxsini namoyon etishga harakat qiladi. 
Uning oldida shafqatsiz taqdiming zarbalariga m a’yuslik bilan bo‘ysunib, 
ulardan orqaga qarab chekinish kerakmi yoki qiyinchiliklarga qarshilik 
ko‘rsatib, uni yengib chiqish, o ‘z oldiga qo‘ygan maqsad yo‘lida og‘ishmay 
kurashish va unga erishish sharafli va olijanoblik degan savol ko‘ndalang 
bo‘lib turadi. Xuddi shunda bolada yaxshilikka muhabbat, yomonlikka 
nisbatan nafrat tug‘iladi va hayotining asosiy axloqiy tamoyiliga aylanib 
qoladi.
Ana shunday shaxslarni tarbiyalash, bizningcha, oilaviy tarbiyaning 
bugungi kundagi asosiy vazifasi b o ‘lib qolm og‘i kerak. Bu vazifaga 
erishish yo‘llari, vositalari va usullarini izlab topish muhim pedagogik 
m uam m odir.
Shuni alohida ta ’kidlab o'tish kerakki, bola tarbiyasiga, eng aw alo, 
ota-onaning shaxsi, hayotiy faoliyatlari, turm ush tarzi va hokazolar 
bilan birgalikda oiladagi m a’naviy-axloqiy muhit ham katta ta ’sir etadi.
210


Oilaviy m uhit qanday b o ‘lsa, bolalar xuddi shu muhit ta ’sirida 
ulg‘ayadilar, um um an, har qanday oilaning mustahkamligi, oilaviy 
tarbiyaning ta ’sirchanligi va samaradorligi ko‘p jihatdan oilada qaror 
topgan er-xo tin o 'rtasidagi o ‘zaro m unosabatlarning xarakteriga, 
m a’naviy-axloqiy. iqlimga bog'liq.
Y uqoridagi m ulohazalarim izdan kelib chiqib, ruhshunos olim 
G ‘.B.Shoumarov o ‘zining «M uhabbat va oila» kitobida oila va oilaviy 
m unosabatlar, oilaviy nizolar, oilalarning ajralish sabablarini tahlil 
qilar ekan, uning asosiy sabablari oilada o ‘zaro munosabatning barqaror 
emasligi, er-xotinning eng nozik yaqin munosabati haqida tushunchaga, 
bilimga ega emasligida, degan xulosaga keladi.
Yoshlarni um um insoniy va milliy qadriyatlar asosida m a’naviy- 
axloqiy tarbiyalash bugungi kundagi pedagogika fani oldida turgan dolzarb 
masaladir. Shu m a’noda O.M usurmonovaning tadqiqoti katta e’tiborga 
m olik. O lim a yuqori s in f o ‘q u v ch ilari m a ’naviy m a d a n iy a tin i 
shakllantirish borasidagi qator pedagogik m uam m olarni yechishga 
harakat qiladi.
«Bizning nazarim izda, — deb t a ’kidlaydi O .M u su rm o n o v a,— 
shaxsning ichki m a’naviy dunyosi m a’naviy qiziqish, m a’naviy faoliyat 
va m a’naviy qadriyat kabi asosiy belgilar tizim idan iboratdir».
Haqiqatan ham ,tadqiqotchi qayd etgani kabi, shaxsning m a’naviy- 
axloqiy qarashlari, tasavvurlari fan, adabiyot, san’at, maorif, din kabi 
vositalar orqali tarbiyalanadi. Zero, shu tarbiyaviy vositalar yordamida 
insonda m a’naviy-axloqiy ehtiyojlar tug‘iladi va bevosita unga intilish 
asosida m a’lum maqsadlar, intilishlar yuzaga keladi.
Oilaviy tarbiyaga olima M.lnomova quyidagicha ta ’rif berish mumkin, 
deb hisoblaydi: «Oilaviy tarbiya shunday pedagogik tushuncha bo‘lib, u 
ota-onalarning o ‘z hayotiy faoliyatlari, turm ush tarzlari, a n ’analar 
yordamida bola shaxsiga siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlar, 
g‘oyalar, tasavvurlarni shakllantirishni nazarda tutib, bir maqsadga 
qaratilgan holda muntazam olib boriladigan izchil m a’naviy ta’sir o'tkazish 
jarayonini ifodalaydi».
L.Nurm uhamedova aqli zaif o ‘quvchilarni oilada tarbiyalashning 
korreksion pedagogik jihatlarini o ‘zining tadqiqot ishlarida yoritib berar 
ekan, ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirish va oila madaniyatini 
shakllantirish muammolarini hal etgan taqdirdagina kutilgan natijalarga 
erishish mumkinligini ilmiy asoslab bergan. Aqli zaif bolalar ota-onalari, 
mahalla, jamoatchilik hamkorligidagina ta ’lim-tarbiya ishlari o ‘z samarasini 
beradi degan fikrlaiga biz ham qo‘shilamiz.
Yuksak ma’naviy darajadagi qat’iylikka, axloqiy his-tuyg‘ulaiga, kuch- 
irodaga ega bo‘lgan layoqatli, sog‘lom avlodlar sohibqiron Amir Temur 
bobomizdek millat siymosi va rahnamosi, Imom Buxoriy, Bahouddin
211


N aqshband singari ilm peshvolari, Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, 
Beruniy, ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabi allomalar, 
M ahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, C ho'lpon yanglig‘ istiqlol 
fidoyilari jamiyat taraqqiyotiga juda katta m a’naviy va m a’rifiy foyda 
keltirgan va ularning pok ruhlari, hayoti va faoliyatlari tarbiyalanuvchilarni 
m a’naviy sog‘lom, mustaqil, irodali qilib shakllantirishda ibrat b o ‘lib 
xizmat qiladi.
Yordamchi maktabda har bir ta ’lim-tarbiya oluvchi bola bir olam. 
Oligofrenopedagog o ‘quvchilami har tom onlam a ruhiy jihatdan anglab, 
uning shaxsini hurm atlab, har biriga o ‘ziga xos talabchanlik bilan 
m uomalada bo‘lsa, sog'lom avlodni shakllantirishdan iborat bo‘lgan 
maqsadga erishiladi.
Xalqimiz irsiyatini sog'lomlashtirish, m a’naviy yetuk, ruhiy jihatdan 
shakllantirish oila, tarbiya muassasalari, davlat va jamiyatning mushtarak 
muddaosi bo‘lsagina komil inson shaxsi — XXI asr odami shaxsi yuksak 
darajada kamol topgan bo‘ladi.
Y uqorida aytib o ‘tilg anlard an xulosa qilgan h olda, m ustaqil 
0 ‘zbekistonda ta ’lim-tarbiya ishlarining to ‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarning barcha imkoniyatlaridan to ‘la va samarali 
f o y d a la n is h n i ta q o z o e ta d i. J a h o n m a d a n iy a tin in g m illiy
m a’naviyatimizga ijobiy ta ’sir qilishini inkor qilib bo‘lmaydi. T a’lim- 
tarb iy a ja ra y o n id a bosh q a x alq lar pedagogik m ero sin in g ijobiy 
to m o n la rid a n q a n c h a lik fo yd alan m aylik , b a rib ir o ‘zbek m illiy 
qadriyatlari m a’naviy kamolotimizning asosi bo‘lib qoladi.
Hadislarda aytilganidek, ota-onalam ing farzandlariga qoldiradigan 
eng katta merosi — ularga o ‘rgatadigan axloqi va odobidir. Milliy istiqlol 
vazifalari bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimi mazmunini yangilashni 
talab etadi. Bu tarixiy zarurat esa ijtimoiy tarbiya bilan oilaviy tarbiyani 
uzviy bog‘lash lozimligiga undaydi. Milliy axloq esa milliy tarbiyaning 
tarkibiy qismi bo‘lganligi uchun undan foydalanish oilaviy tarbiyaga 
ham, ijtimoiy tarbiyaga ham taalluqlidir.
Milliy tarbiya esa inson shaxsini shakllantirishda milliy-madaniy meros 
va qadriyatlardan foydalanib, o ‘ziga xos milliy yo'nalish berishga harakat 
qilishdir.
Zero, millat mavjud ekan, uning m a’naviy kamoloti bilan bog‘liq 
b o ‘lgan tarbiyaning o ‘ziga xos milliy usullari, mazmuni va yo‘nalishi 
ham takomillashib boraveradi. Bu borada xalq pedagogikasi a n ’analari 
m uhim aham iyat kasb etadi. Bu a n ’analar uzoq davr m obaynida 
rivojlanib, xalq tafakkurida sayqallashib, hikmatli so'zlar, xalq maqollari 
shakliga kiigan, xalq pedagogikasi negizida oilaviy tarbiya tajribasi yotadi.
Markaziy Osiyo xalqlarining um um an tarbiya borasidagi, xususan, 
oilaviy tarbiya sohasidagi tajribasi va nazariyasiga oid b o ig a n fikr-
212


mulohazalari Beruniy, Forobiy, ibn Sino, M .Koshg‘ariy, Yusuf xos 
Hojib asarlarida, Amir Tem ir tuzuklarida mukammal o ‘z aksini topgan 
va bu buyuk bobokalonlarim iz m ad an iy -m a’rifiy m eroslari milliy 
pedagogikamizning alohida fan bo‘lib shakllanishi uchun asosiy zamin 
b o iib xizm at qilgan va bundan keyin ham xizm at qiladi, degan 
fikrdamiz.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling