Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Savol va topshiriqlar
1. Yordamchi maktab o'quvchisi shaxsiga qanday omillar ta’sir etadi?
2. Yordamchi maktab o ‘quvchilari intizomsizligining oldini olish yo'llari 
qaysilar?
3. Madaniyat haqida m a’lumot bering.


8-BO B. JAMIYATNI RIVOJLANTIRIS HN ING HOZIRGI 
BOSQICHIDA BOLALARNI TARBIYALASHDA OILANING ROLI
Oila— nikoh bitimi asosida yuzaga keladigan jamiyat a ’zolarining 
o ‘zaro qarindoshlik va iqtisodiy munosabatlari bilan bog‘langan, birga 
yashaydigan va bir-biri uchun m a’naviy javobgar bo‘lgan boshlang‘ich 
tashkilotdir. Butun insoniyat tarixi jarayonida oila jamiyatning xo‘jalik- 
iqtisodiy asosi bo‘lib kelgan va bolalarni jamiyatdagi muayyan o ‘rinlariga 
tayyorlash maqsadida xizmat qilgan.
Oila erkak va ayol o ‘rtasidagi yangi nikoh munosabatlari, o ‘zaro 
m uh ab b at hissiyoti, o ‘zaro h u rm at va ishonch, ittifo q , m oddiy 
manfaatdorlik sarqitlaridan xoli, o ‘z bolalarining tarbiyasi uchun jam iyat 
oldida m a’naviy hamda huquqiy jihatdan javobgarlik asosida tarkib topadi. 
Oilaviy hayotdagi m ehnat uslubi bolalarga ijobiy tarbiyaviy t a ’sir 
ko‘rsatadi. Oila xo‘jaligini yuritishda qo‘lidan kelganicha qatnashish ularda 
o ‘z qadr-qim m atini va oila iftixori hissiyotini tarbiyalaydi, o ‘zaro 
turmushda, xo'jalik yuritishda tejamkorlikka odatlantiradi.
Oilada ota-onalarning holati bolalar holatidan — ota-onalar oilaga 
rahbarlik qilishi, bolalar esa unda tarbiyalanishi bilan farq qiladi. O ta- 
onalar bolalarga g‘am xo‘rlik qilishlari, am mo shu bilan birga ular 
b o la la rn i sh u n d a y ta rb iy a la sh la ri k erak k i, b o la la r ( z a ru riy a t 
tug‘ilaganda) o ‘z yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilsinlar, ularda mustahkam 
insoniy hissiyotlar, yordamga muhtoj boiganlarga yordam berishga 
tayyorgarlik hislari shakllangan bo‘lsin. O ta-onalar bola shaxsi va 
huquqlarini oilaviy jam oa a ’zosi sifatida hurmat qilishlari, ular oiladagi 
nazoratdan tashqari xo'jayinlar emasliklarini, katta yoshdagilar esa 
tarbiya uchun javobgar shaxslar ekanligini tushunishlari kerak. Oilaning 
tarbiyaviy o ‘rni ham bolalarga, oilaning barcha a ’zolari xatti-harakatlariga 
o ‘zaro ta ’sir ko'rsatish, ularda turmush tarzi ideallariga javob beruvchi 
h issiy o t, e h tiy o j, q iz iq is h la r m a jm u asin i, o 'z ig a xos ta b ia tn i 
shakllantirishdadir.
Hozirda ilmiy-texnikaning rivojlanishi, shaharlar rolining ortishi 
munosabati bilan o ‘qish, kasb tanlash, m uloqot, intensiv m adaniy 
hayotning katta imkoniyatlari kabi doimiy amalda bo‘luvchi ijtimoiy 
omillaming o ‘rni ortdi. Bularning barchasi oilaviy tarbiya darajasiga ham 
ijobiy ta ’sir etadi. Oilaning tarbiyaviy ta ’sir kuchi uning m a’naviy sofligi,
2 0 4


m e h n a tse v a rlik m u h iti, ijtim oiy faolligidadir. O ilaning quyidagi 
faoliyatining o ‘ziga xos belgilari: tuzilishi, yashash sharoiti va muhiti, 
m adaniy im koniyatlari, faoliyat sohasi, oila ichidagi munosabatlar, 
fu qaro lik nuqtai nazari bolalar tarbiyasi jarayoniga bevosita ta ’sir 
k o ‘rsatadi. O ta-onalarning pedagogik madaniyat darajasi ham katta 
aham iyatga ega.
Oilaviy tarbiyadagi kamchiliklar ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi 
n o to ‘g ‘ri m unosabatlar oqibatida kelib chiqadi: ortiqcha qattiqqo‘llik 
yoki bolani ortiqcha yaxshi ko‘rish, nazoratning yo‘qligi yoki yetarli 
em a slig i, o ta -o n a la r um um iy m a d an iy ati d arajasin in g p astlig i, 
turm ushda ular tom onidan yomon nam una ko‘rsatilishi va shu kabilar. 
O ilaviy tarbiyada yuzaga keladigan qiyinchiliklarni b arta raf etish 
m aqsadida jamiyat o ‘quv yurtlari va mehnat jamoalarini, m ehnat va 
ax lo q iy tarb iy a tizim in i doim o ta k o m illash tirib b o rad i, b o lalar 
muassasalari, maktab va jam oatchilik ko‘magida maishiy xizmat hamda 
b o ‘sh vaqtni uyushtirishni yaxshilab boradi, ota-onalam ing umumiy 
va pedagoglik madaniyatini oshiradi.
Bolalar ijtimoiy tarbiya muassasalari tarm og'ining kengayishi va 
davlat to m o n id an oilaga k o ‘rsatiladigan xilm a-xil yordam oiiani 
tarbiyaviy ishdan ozod qilishini anglatrnaydi. Bolalar tarbiyasida ota- 
onalar ishtiroki borgan sari ortib boradi. Jamiyat rivojining hozirgi 
bosqichida o ta-onalar tarbiya masalalariga amaiiy qiziqish bildirib, 
o ‘zlarining mamlakat va xalq oldidagi ijtimoiy va fuqarolik burchlarini 
chuqurroq anglamoqdalar.
Oilaga yordam berish, ona va bola sog'lig'ini muhofaza qilish maqsadida 
k o ‘p bolali onalarga davlat nafaqalari joriy etildi, chaqaloqlarga qarash 
u c h u n k a tta pul mablagMari ajratild i. T u g ‘u ru q x o n a va ayollar 
konsultatsiyalar tarmog^i, shuningdek, yasli, bolalar bog‘chalari va 
nogiron bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi boshqa muassasalar 
(tarm og‘i kengaytirildi) faoliyatlarining samiradorligi oshirildi. Er- 
xotinning bir-biriga o ‘zaro qarash majburiyatlari doirasi, ota-onalar va 
bolalar huquqlari belgilab berildi. Farzandlikka olish, vasiylik qilish, 
patronatlik — ota-onalik huquqidan mahrum qilish qoidalari ham qonun 
tom onidan belgilanadi. H ar qanday holatda ham, tarbiyasi qiyin bola, 
uning jismoniy nuqsoni bor yoki aqlan zaif b o ‘lgan hollarda ham ota- 
onalik huquqi va majburiyatlaridan voz kechmaslik kerak. 0 ‘z navbatida 
b o la lar ham m eh natg a layoqatsiz o ta -o n alarig a m o ddiy yordam
ko‘rsatishlari kerak.
Davlatimiz oila hayotining yuksak moddiy va madaniy darajasini 
ta ’minlaydi. Oilaga ko‘rsatilgan har tom onlam a yordam konstitutsion 
tam oyil b o ‘lib, turarjoy, m aktab, bolalar m uassasalari, m adaniy- 
maishiy va tibbiy muassasalar qurilishida doimo ro‘yobga chiqariladi.
205


Ishlaydiganlar va ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o ‘qiydigan 
ayollarga bolaga qarash uchun qisman haq to ‘lanadigan mehnat ta’tili va 
ish haqini saqlamagan holda m a’lum muddatgacha uzluksiz mehnat stajini 
va ixtisos bo‘yicha ish stajini saqlagan holda ta ’til berish kiritildi.
Bundan tashqari, ayollarga ishlab chiqarishdagi m ehnatni bolalar 
tarbiyasi bilan qo'shib olib borishlarida qulayroq sharoit yaratish 
uchun ayollarning to ‘liq b o ‘lmagan ish kuni va t o i iq b o ‘lmagan 
ish haftasi, o ‘zgaruvchan grafik, shuningdek, uy ishlariga keng 
im koniyat yaratildi. Kasai bolaga qarash uchun haq to ‘lan.adigan 
kunlar ham ko‘paytirildi, ona va bola sog‘lig‘ini m uhofaza qilish va 
m ustahkam lash, oilaviy dam olishni tashkil etish tadbirlari nazarda 
tutiladi.
Shunday qilib, davlatim iz oilaning tarbiyaviy vazifasini yuqori 
baholab, uning asoslarini mustahkamlashga, shuningdek, uni jamiyati- 
mizning bo‘lajak fuqarolari shakllanishiga ta ’sirini takomillashtirishga 
katta ahamiyat bermoqda.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling