Maxsus pedagogika
Yordamchi maktab o ‘quvchilarini oilaga tayyorlash
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
8.1. Yordamchi maktab o ‘quvchilarini oilaga tayyorlash
Y ordam chi m aktab aqli zaif o ‘quvchilarni oilaga, turm ushga tayyorlashdek o ‘ta muhim vazifani bajaradi. Chunki yordamchi maktab o ‘quvchilari hayotida yagona ilm maskani — bu faqat yordam chi m aktabdir. Y ordam chi m aktab o ‘quvchilari k atta b o ‘lgach, oila quradilar, o ‘g‘il bolalar ota — uy xo‘jasi, qiz bolalar esa ona — uy bekasi b o ‘ladilar. Y ordam chi m aktab o ‘quvchilari «ota» b o ‘lish m as’uliyatini, qiz bolalar esa «ona» b o ‘lish m as’uliyatini chuqur anglab yetishlari kerak. 0 ‘g ‘il bolalar oila qurgach, oilani boshqarishni bilishi zarur. Qiz bolalar esa, tuqqan farzandini to ‘g ‘ri tarbiyalashi, uning sog‘lig‘i uchun, u nib-o‘sishi uchun m as’ul ekanligini ongiga singdirishi kerak. M a’lumki, yordamchi maktab o ‘quvchilari aqliy faoliyatlarining orqada qolganligi bois, bundan tashqari, ularning ota-onalari turli sotsial chiqishga ega bo‘lganligi bois ham jamiyatimiz talabiga javob beradigan «oila» qurish lozim ekanligini va buning uchun faqatgina yordamchi maktabdagina oilaga tayyorlay olish mumkin ekanligini eslatib o ‘tish lozimdir. M a’lumki, oila jamiyatimizning kichik bir qismi bo‘lib, jamiyatimiz oldida o ‘z mas’uliyatiga egadir. Yordamchi maktab o'quvchilarini oilaga tayyorlash vazifasi birinchi sinfdan boshlab olib boriladi. Bu mehnat, axloqiy nafosat, huquqiy, jismoniy tarbiya jaryonida amalga oshirib boriladi va ijtimoiy- maishiy darslarda, sinfdan tashqari tadbirlarda amalga oshiriladi. 206 Bunda qiz bolalarni uy tuzatishdan boshlab, bolani cho'miltirish (qo‘g‘irchoqni cho‘miltirish o ‘yini orqali), parvarish qilish, bichish- tikish, bola kasal bo‘lganda birinchi yordam ko‘rsatish, pazandalik, mehmon kutish, choklash, dazmol qilish, bozorda xarid qilish, pulni tejab ishlatish, oila budjetini tejash kabi bilimlar asoslari soddadan murakkabga qarab olib boriladi. 0 ‘g‘il bolalar esa xo‘jalikda erkak qilishi lozim bo‘lgan ishlarga o ‘rgatib boriladi. Odobnoma darslarida qi/larni «qiz bola hayosi», «onalik burchi» va qanday qiz «yaxshi kelinchak», «uy bekasi» b o iish i haqida bilimlar berib boriladi. 0 ‘g‘il bolalarga esa «g‘am xo‘r ota», «oilaning xo‘jasi» kabi ibratli mavzular asosida oila haqida tasaw ur berib boriladi. Yordamchi maktabda qiz bolalar tarbiyasiga o ‘ta e’tibor bilan qaraladi, chunki aqli zaif qiz bolalarda jinsiy mayllik kuchliroq bo‘ladi, ular erta yetiladilar. Shu boisdan ham qiz bolalarni oilaga tayyorlab borish o ‘ta m uhim sanaladi. Qiz bolalar oilaning sha’nini, sharafini saqlashi zarurligini chuqur anglab etishi, bola tarbiyasida onaning o ‘zi hayoli, iboli, mehnatsevar, xushnuiomalali bo'lishi g‘oyat muhim ekanligini ta ’kidlash o ‘rinlidir. Bu borada Abu Ali ibn Sino ijtimoiy, axloqiy va falsafiy fikrlar tarixida birinchilardan bo‘lib ayollaming bola ta’lim-tarbiyasidagi o ‘rnini chuqur bilganbuyukmutafakkirdir. Oilada cr xotin o'rtasidagi o'zaro hurmat-izzat, bamaslahat ishtutish, samimiv mimosabat ta’lim tarbiya samaradorligining asosiy negizidir, deb yozgan edi alloma.1 Ibn Sino o ‘n yetti xislat sohibasi bo'lgan avolni «ideal» tabiiy tarbiyachi deb hisoblaydi. Bularga ayolning oqila va e’tiqodliligi, sharm-hayoliligi, or- nomusliligi, ziyrak va farosatliligi, yoqimtoyligi, o '/ enga mehr-muhabbat qo‘yganligi, betga chopmasligi, ezma bo'lmasligi, itoatkorligi, dili pokligi, eri orqasidan g‘iybat qilmasligi, poki/aligi, vazminligi, jiddiyligi va ulug‘vorligi, og‘ir damlarda crining tlaidiga malham bo'la olishi, mehribonligi kabilar kiradi. Demak, ana shunday ayolgagina bola tarbiyasini ishonib topshirish mumkin ekan. Ona — tabiiy tarbiyachi. Slui bois ham qizlaming tarbiyasiga juda katta ahamiyat beriladi. Hozirgi kundagi davr talabi b o ‘lmish sharqona odob, axloq aynan qi/.larda ana shunday xislatlami shakllantiradi. Zero, sharq ayollarining deyarli barchasi ana shunday onalardandir. Buni tarixdan yaxshi bilasiz. Hozirgi davr talablaridan kelib chiqib o ‘g‘il bolalarni yoshligidan erkaklikxislatlarini, erkaklik g'ururini shakllantirish ham o ‘ta muhimdir. Zero erkak oila bo‘lmish kichik bir saltanatning sultonidir. Demak, 'Abu Ali ibn Sino. F alsafiy qissalar. A .Irisov. 1963. 207 erkak ota sifatida, oilaning boshqaruvchisi sifatida o‘z oilasining or- nomusi, fayzu barakasi, farovonligi, shon-shuhrati uchun, bolalarining sog‘lom va mard, dovyurak bo‘lib o‘sishi uchun doimo sa’y-harakatda bo'lishi lozim. Ota oilada o ‘zining mehnatkashligi bilan, o ‘z oilasiga g‘amxo‘rligi bilan farzandlariga nam una bo‘lishi kerak. Erkak kishi uchun oilasini boqish, uning fayzu barakasi uchun, ravnaqi uchun halol m ehnat qilish ham farz, ham qarz. Chunki u erkak, oilasining or-nom usini saqlashi, o ‘z oilasida doim o tartib- intizom ni barqaror etishi lozim. Z in h o r erkak boqim anda b o ‘lib o'tirmasligi kerak. Er uyda o ‘tirib, xotinning pul topish yo‘liga kirishi bu — noo‘rindir. Agar erkak nogiron yoki kasal bo‘lsa, bundan mustasno. Oilada eru xotin har jihatdan bolalarga nam una bo‘lishi va ayniqsa, halol ishlab, farzandlari oldida o ‘zlarining m ehnatlari bilan ham jamiyatimizga, ham oilasiga foyda keltirayotganligini bildirishi kerak. Insonning m ehnat faoliyati uning shaxsiy ishi emas, balki jamiyat ishi ekanligini ularning ongiga singdirib borish kerak. Oilaning tinch-totuv, farovon hayot kechirishi jamiyat uchun ham foydali ekanligini har doim eslatib turish lozim. Er bilan xotin oilada farzandlari tarbiyasi uchun ham m as’ul ekanliklarini yaxshi anglashlari kerak. Bola s o g io m , yetuk b o ‘lib yetishishi uchun ularni to ‘g ‘ri ovqatlantirish, to ‘g ‘ri tarbiyalash, sog‘lom, baquvvat qilib o ‘stirish uchun ularning tarbiyaga oid bilimlarini oshirib borish kerak. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling