Mutizm
— biror ruhiy xastalik oqibatida tevarak-atrofdagilar bilan nutq
muomalasining to‘xtalishi. Muntazam vaqtincha xarakterga ega bo‘ladi va
nevrotik reaksiyalar guruhiga kiradi.
Nasledstvennost
(irsiyat) — belgilar va xususiyatlarning bir avloddan
ikkinchi avlodga o‘tishi.
Negativizm
— boshqa kishilar ta’siriga asossiz, bahonasiz qarshilik ko‘rsatish;
bu hoi xarakter va xatti-harakat patologik tarzda buzilganida ro‘y beradi, ammo
noto‘g‘ri tarbiyalanganida normal bolalarda ham bo‘lishi mumkin.
Oligofrenopedagog
— aqliy jihatdan qoloq bolalarga ta’lim va tarbiya berish
bilan shug‘ullanuvchi pedagog.
Patogenez
— patologiyaning organizmdagi kasallik jarayonlarining vujudga
kelishi va o‘sib borishi zaminidagi ichki mexanizmlarning o‘zaro bog‘lanishini
o ‘rganuvchi bo‘limi.
Patologik o ‘zgarishlar
— ma’lum bir kasallik jarayonlari munosabati
bilan inson organizmida vujudga keladigan o'zgarishlar. Bu o ‘zgarishlar
anatomik (masalan, miya, jigar va boshqa ichki
organlar hujayralarining
aynishi) bo‘lishi mumkin yoki funksional (masalan, anatomik jihatdan
hujayralar saqlangani holda ularning buzilishi yoki lat yeyishi).
Pedantizm
— tartib-intizomga ortiqcha berilish,
injiqlik darajasiga yetib
boradigan tartib o ‘rnatish ishtiyoqi, ko‘pincha ishning mohiyatiga
tushunmagan
holda rasmiy, tashqi tartibga o‘jarlik bilan rioya qilish.
Preformizm
— metafizik (antidialektik) nazariya, bu nazariyaga binoan,
katta yoshdagi organizmning taqdiri tuxum
hujayrasida yoki sper-
matozoiddayoq belgilab qo‘yilgan bo'ladi, uning o‘sib borishi esa homila
boshlangan paytda vujudga kelgan xususiyatlarning kengayishi va oddiy
kattalashuvidangina iborat.
Psixik status
— inson
psixikasi holatining tasviri, bu narsa insonning
intellektual, emotsional xarakteriga oid xususiyatlarni,
xatti-harakat va
faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: