Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Elektroensefalogramma 
— miya biatoklarining funksional holatini tadqiq 
qilishning grafik metodi.
Emotsiya 
— his-tuyg‘u, kechinma, hayajon (g‘azab, qo‘rquv, quvonch).
Endokrin bezlari faoliyatining buzilishi 
— ichki sekretsiya bezlari (gipofiz, 
qalqonsimon bezlar, qalqonsimon bezlar yonidagi bezlar, buyrak osti bezlari, 
jinsiy bezlar va oshqozon osti bezlari) faoliyatining buzilishi. Ichki sekretsiya 
bezlari funksiyasining buzilishi organizmda turli patologik o‘zgarishlarni 
vujudga keltiradi.
Enurez 
— siyg‘oqlik, bu hoi noqulay tashqi sharoitlarda asabiy va jismoniy 
jihatdan zaiflashgan bolalarda ro‘y berishi mumkin. Enurez bolaning umumiy 
kamol topishida ruhiy jihatdan qiynovchi faktor bo‘lishi mumkin.
Etiologiya 
— kasallik sabablari to‘g‘risidagi ta’limot.
Fonema 
— til tovush tuzumining minimal birligi. Har bir tilda muayyan 
miqdorda fonemalar bo‘ladi. 0 ‘z akustik belgilariga ko‘ra, bir-biriga qarama- 
qarshi qo‘yilgan fonemalar so’zlarni bir-biridan ajratishga xizmat qiladi. Rus 
tilida 42 fonema: 6 unli va 36 undosh fonema bor.
Fonematik eshitish 
— nutq tovushlarini idrok etish qobiliyati, tilning 
tovush elementlarini o‘qib olishda ahamiyati kattadir.
Gidrotsefaliya 
— miyada sariq suv to‘planish kasali, bu narsa bosh suyagi 
bo‘shlig‘ida orqa miya suyuqligining ko‘payishida yuz beradi. Suyuqlikning 
ko‘payishi har xil - juda oz darajadan keskin ko‘paygan darajagacha bo‘lishi 
mumkin. Yengil gidrotsefaliya ish qobiliyatining pasayishi va tez charchab 
qolishda ifodalanadi, bunda bosh shakli deyarli o‘zgarmaydi. Orqa miya suyuqligi 
ko‘proq to‘planganida bosh suyagining katta gidrotsefalik shakli paydo bo‘ladi, 
peshanada va kallaning tepa qismida katta shishlar vujudga kelishi mumkin.
2 16


Ba’zan bolalardagi og‘ir gidmtscfaliya aqliy qoloqlikka, serebral paralichga
eshitish va nutq qobiliyatining bu/ilishiga sabab bo'lishi mumkin.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling