Maxsus pedagogika
Anomaliya — kamol topishning umumiy qonuniyatlaridan chetga chiqish. 21 4
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- A rtikulyatsiya
Anomaliya
— kamol topishning umumiy qonuniyatlaridan chetga chiqish. 21 4 Apatiya — loqaydlik, ruhsizlik holati, qiziqishlarning bo'lmasligi, m a’yuslik. A rtikulyatsiya — nutq tovushlarini talaffuz qilish vaqtida nutq organlarining ishi (lab, til, tanglay, tovush pardalari, tomoq nervlari va mushaklari). Assotsiatsiya — tasawurlarning (psixologik) bogianishi; ongda vujudga kelgan tasavvur o'ziga o ‘xshash, yondosh yoki qarama-qarshi tasavvur tug‘diradi. Asteniya — yuqumli, somatik kasalliklar yoki miyaning lat yeyishi oqibatida vujudga keladigan, tez charchashlik, jahldorlik va ish qobiliyatining pasayishida ma’lum boMadigan asabiy-mhiy zaiflik. Asfiksiya — bo‘g‘ilish. Bolalarda asfiksiya tug‘ilish vaqtida ona organizmidan plansent (yo‘ldosh) orqali kislorod kelishi to ‘xtab qolishi oqibatida, bolaning o ‘zida o ‘pka bilan nafas olish hali boshlanmagan paytda vujudga keladi. Asfiksiya vaqtida nafas olish to‘xtab qoladi, yurak faoliyati buziladi. Sun’i^/ nafas olishdan va qo‘zg‘atuvchi doiralardan foydalanib, chaqaloqning hayoti saqlab qolinadi. Chuqur va uzoq davom etadigan asfiksiya bolaning halokatiga yoki uning umumiy kamol topishining buzilishiga olib kelishi mumkin. Affekt — ruhiy xastalikka sabab bo‘ladigan vaziyatda to‘satdan vujudga keladigan asabiy-ruhiy qo‘zg'alish. Affekt holatida bosh miya qobig‘ining nazorat qilish faoliyati birmuncha zaiflashadi. Affekt vaqtida yuz bo'zarib yoki qizarib ketadi, ko'z qorachig‘i torayadi yoki kengayadi, lab va qo‘l- oyoq titraydi. Affekt ko‘pincha nerv sistemasi barqaror boimagan kishilarda uchraydi. Alahlash — ruhiy kasallik simptomi, bunda bemorning mulohazalari, gaplari real voqelikka to‘g‘ri kelmaydi va uni korreksiya qilib bo‘lmaydi. Ruhiy xastalik vaqtida alahlash ba’zan intellekt va yurish-turish uncha buzilmagan holda ro‘y berishi, ba’zan esa yurish-turish keskin o ‘zgargan holda (patologik shubhalanish, ta ’qib vasvasasi, o ‘zini o‘ldirish fikri va hokazo) ro‘y beradi hamda uzoq vaqt barqaror xarakterga ega bo‘ladi. 0 ‘tkir infeksion kasalliklar, zahar yoki alkogol bilan zaharlanish vaqtidagi alahlash uncha uzoq davom etmaydi, o ‘qtin-o‘qtin xarakterga ega bo‘ladi va hushdan ketish, umumiy betoqatlik va gallutsinatsiya (miya chalg‘ishi) bilan qo‘shilib ketadi. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling