Maxsus pedagogika


Anomaliya  — kamol topishning umumiy qonuniyatlaridan chetga chiqish. 21 4


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Anomaliya 
— kamol topishning umumiy qonuniyatlaridan chetga chiqish.
21 4


Apatiya 
loqaydlik, ruhsizlik holati, qiziqishlarning bo'lmasligi, 
m a’yuslik.
A rtikulyatsiya 
— nutq tovushlarini talaffuz qilish vaqtida nutq 
organlarining ishi (lab, til, tanglay, tovush pardalari, tomoq nervlari va 
mushaklari).
Assotsiatsiya 
— tasawurlarning (psixologik) bogianishi; ongda vujudga 
kelgan tasavvur o'ziga o ‘xshash, yondosh yoki qarama-qarshi tasavvur 
tug‘diradi.
Asteniya 
— yuqumli, somatik kasalliklar yoki miyaning lat yeyishi oqibatida 
vujudga keladigan, tez charchashlik, jahldorlik va ish qobiliyatining pasayishida 
ma’lum boMadigan asabiy-mhiy zaiflik.
Asfiksiya 
— bo‘g‘ilish. Bolalarda asfiksiya tug‘ilish vaqtida ona organizmidan 
plansent (yo‘ldosh) orqali kislorod kelishi to ‘xtab qolishi oqibatida, 
bolaning o ‘zida o ‘pka bilan nafas olish hali boshlanmagan paytda vujudga 
keladi. Asfiksiya vaqtida nafas olish to‘xtab qoladi, yurak faoliyati buziladi. 
Sun’i^/ nafas olishdan va qo‘zg‘atuvchi doiralardan foydalanib, chaqaloqning 
hayoti saqlab qolinadi. Chuqur va uzoq davom etadigan asfiksiya bolaning 
halokatiga yoki uning umumiy kamol topishining buzilishiga olib kelishi 
mumkin.
Affekt 
— ruhiy xastalikka sabab bo‘ladigan vaziyatda to‘satdan vujudga 
keladigan asabiy-ruhiy qo‘zg'alish. Affekt holatida bosh miya qobig‘ining 
nazorat qilish faoliyati birmuncha zaiflashadi. Affekt vaqtida yuz bo'zarib 
yoki qizarib ketadi, ko'z qorachig‘i torayadi yoki kengayadi, lab va qo‘l- 
oyoq titraydi. Affekt ko‘pincha nerv sistemasi barqaror boimagan kishilarda 
uchraydi.
Alahlash 
ruhiy kasallik simptomi, bunda bemorning mulohazalari, 
gaplari real voqelikka to‘g‘ri kelmaydi va uni korreksiya qilib bo‘lmaydi. Ruhiy 
xastalik vaqtida alahlash ba’zan intellekt va yurish-turish uncha buzilmagan 
holda ro‘y berishi, ba’zan esa yurish-turish keskin o ‘zgargan holda (patologik 
shubhalanish, ta ’qib vasvasasi, o ‘zini o‘ldirish fikri va hokazo) ro‘y beradi 
hamda uzoq vaqt barqaror xarakterga ega bo‘ladi. 0 ‘tkir infeksion kasalliklar, 
zahar yoki alkogol bilan zaharlanish vaqtidagi alahlash uncha uzoq davom 
etmaydi, o ‘qtin-o‘qtin xarakterga ega bo‘ladi va hushdan ketish, umumiy 
betoqatlik va gallutsinatsiya (miya chalg‘ishi) bilan qo‘shilib ketadi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling