Maxsus pedagogika


Brayl sistemasida o ‘qitish


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Brayl sistemasida o ‘qitish 
- ko‘rlami bo‘rtma nuqtali shriftga asoslanib 
o‘qitish sistemasi; bunda olti nuqtani turlicha joylashtirish yordamida bo‘rtma 
yozuv sistemasi beriladi. Bu sistemaning asoschisi — Lui Brayldir (1809— 
1852). Brayl sistemasi harf, son va nota belgilarini, tinish belgilarini o ‘z 
ichiga oladi.
Depressiya 
— ma’yus kayfiyatdagi g‘amgin, dilxastalik holati, bunda butun 
dunyo nash’asiz boiib tuyuladi.
Dizartriya 
— nutq apparati innervatsiyasining organik yetishmovchiligi 
natijasida talaffuzning buzilishi, bunda ayrim tovushlar, bo‘g‘inlar va so‘zlarni
215


talaffuz qilishda qiyinchiliklar tug‘iladi. Dizartriya ko‘pincha soxta bulbar paralich 
oqibatida vujudga keladi (bosh miya nervlarining IX—X—XI—XII juftlarining 
lat yeyishi oqibatida artikulyatsiya mushaklarining paralich bo'lishi).
Disgarmonlik 
— nomuvofiqlik, shaxs jismoniy va ruhiy xususiyatlarining 
kamol topishidagi mutanosiblikning buzilishi.
Disgrafiya 
— yozuvning buzilishi, bu hoi bir harf o‘miga ikkinchisini 
yozishda, harflar va bo'g'inlami tashlab ketish va o‘mini almashtirib yozishda, 
so‘zlami qo‘shib yuborishda ifodalanadi, bu hoi og’zaki nutqning va fonematik 
eshitishning yetarli darajada kamol topmaganligi bilan bog‘liqdir.
Dispepsiya 
(bolalarda) — bolalarning ilk yoshidagi tez-tez ich ketish va 
qayt qilish bilan o‘tadigan me’da-ichak kasalligi; dispepsiya uzoq davom 
etsa, bola ozib ketadi, nimjon bo‘lib qoladi, uyqusi buziladi, boshi og'riydi, 
bu hoi esa bolaning bundan buyongi jismoniy va ruhiy kamol topishini buzishi 
mumkin.
Egosentrizm 
— butun diqqatini faqat shaxsiy kechinmalarga qaratish va 
har bir hodisani shaxsiy manfaatlar nuqtai nazaridangina idrok etish: 
individualizmning ashaddiy formasi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling