MAXSUS ISTILOHLAR LUG‘ЛИ
AgraSya - yozuvning buzilishi, bunda o‘quvchi harflami bo‘g‘inlarga va
bo‘g‘inlarni so‘zlarga qo‘shish ko‘nikmasini hosil qila olmaydi; bunda harflar
va bo‘g‘inlarni tashlab ketish, so‘zlarni buzib yozish hollari kuzatiladi. Tayyor
matnni ko‘chirib yozishda qiyinchilik sezilmaydi. Agrafiya ko‘pincha nutq
buzilganida uchraydi va ko‘p hollarda fonematik
eshitishning yetarli kam
gapmasligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Adekvat
— muayyan vaziyatlarga, hodisalarga mos kelish.
Akalkuliya
— hisoblash qobiliyatining buzilishi, bu hoi bosh miya so‘l
yarim sharining old va orqa qismlari yetarli kamol topmasligi
yoki kasallanishi
oqibatida vujudga keladi.
Alaliya
— eshitish qobiliyati saqlangan va intellektning organik tarzda
izidan chiqmagan holda bolalar nutqining buzilishi. Alaliya ikki turli bo‘ladi:
1) motorli,
bunda nutqni tushunish saqlanadi,
ammo uning talaffuz tomoni
buziladi; 2)
senorli, bunda bolalar nutqni tushunmaydilaf va nutqning
talaffuz tomoni buziladi. Alaliyaga bachadondagi davrda yoki kamol topish —
nutqni egallaguncha bo‘lgan ilk bosqichlarida miya qobig‘idagi nutq
qismlarining organik buzilishi sabab boladi. Bola nutqni egallaganidan keyingi
nutq buzilishining xuddi shu turi afazi deb ataladi.
Aleksiya
- o‘qish qobiliyatining buzilishi, bu hoi miya qobig‘i nutq
zonalarining organik kasallanishi oqibatida ro‘y beratdi.
Analizatorlar
— inson va hayvonlarning
nerv mexanizmlari, bular
yordamida tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirlar idrok etiladi va analiz
qilinadi. Sezgi organlarining hammasi — ko‘z, quloq, hid bilish, sezish,
ta ’mni bilish organlari analizatorlar jumlasiga kiradi.
Har bir analizator
quyidagilardan iborat bo'ladi: 1) periferik qism yoki retseptor, ya’ni ta’sirni
idrok qiluvchi pribor; 2) qo‘zg‘alishni retseptordan markaziy nerv sistemasiga
y&kazib beruvchi nerv tolalari; 3) bosh miya yarim shari qobig‘idagi oliy
markaz.
Anamnez
— ota-onadan yoki bolani tarbiyalovchilardan
bola hayotining
hamma bosqichlarida, shu jumladan, homiladorlik va tug‘ish davrida, uning
o ‘sish tarixi haqida vrach-pedagog yoki
psixolog oladigan mufassal
ma’lumotlar. Anamnezni ,to‘plash vaqtida bolaning nasl-nasabi,
uning qaysi
kasalliklarga chalingani haqida, nutq, motorika, o ‘yin
var bilish faoliyati
haqida, o‘qishi, ishi va yurish-turishi to ‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: