Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Marketing kafedrasi Tijorat faoliyati fani Ma’ruza o’qituvchi: D.H.Xolmamatov
2-mavzu: Tijorat faoliyatida assortiment, narx va sifat siyosati
Reja: - Tijorat faoliyatida tovar assortimentining mohiyati va turlari.
- Tijorat faoliyatida narxlarning shakllanishi va narx turlari.
- Tovar sifati va uni oshirish yo’llari.
- Mahsulotning bozordagi sifati, raqobatbardoshlik ko’rsatkichi.
1.Tijorat faoliyatida tovar assortimentining mohiyati va turlari Har qanday tijorat korxonasining bozordagi samarali faoliyati, muvaffaqiyati, raqobatchilardan ustun kelishi, bozorni qamrab olishi assortiment bilan bog’liqdir. Ishlab chiqarish korxonalari, savdo korxonalari, xizmat ko’rsatish korxonalari, jumladan bank, sug’urta, turizm, mehmonxona, konsalting bularning barchasi uchun assortiment muhim ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Ishlab chiqarish va savdo korxonalari tovarlar assortimentini, xizmat ko’rsatish korxonalari xizmatlar tarkibini kengaytirib boradi. Tijorat faoliyatining eng asosiy obyekti bo’lgan tovar, uning assortimenti haqida kengroq to’xtalib o’tamiz. Tovar – ikki xususiyatga ega: birinchi xususiyat – qiymat, ikkinchi xususiyat – iste’mol qiymat. - Tovar – ikki xususiyatga ega: birinchi xususiyat – qiymat, ikkinchi xususiyat – iste’mol qiymat.
- Tovar deb, sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsuliga aytiladi. Hozirgi vaqtda tovar tushunchasi kengroq ma’noda ishlatiladi: ya’ni aholi ehtiyojini qondirishi va bozorga chiqarilishi mumkin bo’lgan hamma narsa tovar deyiladi. Bunga hamma iste’mol mollari tovarlari, fizik obyektlar, xizmatlar, shaxslar, joylar, tashkilotlari, g’oyalar kiradi.
- Tovar bu umumiy tushuncha. Shu sababli tovar birligi degan ibora mavjud. Tovar birligi – tovarning alohida, yaxlit qismi bo’lib, tashqi ko’rinishi, bahosi, og’irligi kabi belgilari bilan tavsiflanadi.
Tovar iste’molchi ehtiyojini qondirish darajasiga yetib borishi uchun 3 ta bosqichdan o’tadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |