Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Marketing kafedrasi Tijorat faoliyati fani


Download 0.61 Mb.
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1635205
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. Tijoratda assortiment

2. Jiddiy tanlov tovarlari — bu sotib olish vaqtida sifati, narxi, tashqi ko’rinishi o’xshash tovarlar bilan solishtiriladigan tovarlar (kiyim, mebel, elektr tovarlari). Iste’molchi o’ziga kerakli tovarlarni topish uchun ma’lum kuch sarf qiladi.

3. Obro’-e’tiborli tovarlar — haqiqatan ham faqat o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan yoki mashhur ishlab chiqaruvchi firmaning nomi bilan bog’liq bo’lgan tovarlar.

2.Tijorat faoliyatida narxlarning shakllanishi va narx turlari

Narx (baho) – tovar qiymatining pul bilan ifodalanishidir. U bozor iqtisodiyotining asosiy dastaklaridan biri. Tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnatni pul bilan o’lchashga yordam beradi. Narxni qiymat belgilaydi, ammo u o’z qiymatidan yuqori yoki past bo’lishi mumkin, bu esa bozordagi talab va taklifga bog’liq.

Narx va tovarning qiymatigina emas, balki tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati, boshqa tovarlar o’rnini bosa bilishi kabilarga hamda pulning xarid qobiliyatligiga ham bog’liq bo’ladi. Narx uch xil vazifani bajaradi:

  • Qiymat o’lchovchi (xarajatlar hisobi).
  • Rag’batlantirish omili (olinayotgan foyda shaklida).
  • Daromadlarni qayta taqsimlash vositasi. Narxning tebranishi natijasida bir yerdagi ikkinchi yerga foyda bo’ladi va aksincha.

Erkin bozor sharoitida quyidagi narxlar amal qiladi:


erkin bozor narxlari;

SIF – ya’ni sotuvchining kemani o’z hisobiga fraxtlashi

davlat boshqarib turadigan narxlar;

ishlab chiqarish narxi (chakana narxini 40 %);

FOB – ya’ni bortda erkin, sotuvchining tovar kema bortidan ichkariga o’tkunga qadar bo’lgan transport, sug’urta va boj xarajatlarini to’laganligi;

ulgurji narx (chakana narxining 60 %);

chakana narx – xaridorga sotilgan narx;

FOR (relsda erkin) bu narx franko vagonni anglatgan mazmuni beradi, ya’ni sotuvchi o’z hisobiga yukni temir yo’l stansiyasigacha tashib boradi va yuklaydi

bazis narx

oldi-sotdi (faktura-narxi)

qat’iy belgilangan narx


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling