Maxsus pedagogika


Struktura defekta (defekt strukturasi)


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Struktura defekta (defekt strukturasi) 
- kamol topish anomaliyalarining 
har xil turlarida ba’zi psixik funksiyalar o‘rtasidagi (masalan, xotira, diqqat. 
idrok va tafakkur o'rtasidagi) yoki bilish faoliyati va emotsional-irodaviy 
soha xususiyatlari o‘rtasidagi, yoki tafakkur bilan nutq o‘rtasidagi va hokazo 
(o‘zaro bog‘lanish va bir-birini taqozo qilishi).
Sumerechniye sostoyaniya 
- ongning to'satdan xiralashuvi, bir necha 
minutdan bir-ikki soatgacha davom etadi, shuningdek, to'satdan to‘xtab 
qoladi, ko‘pincha chuqur uyquga aylanadi. Ong xiralangan vaqtida atrof- 
tevarakni tasavvur qila olmaydi, xatti-harakat motivlari yo‘qolib qoladi, bu 
davr mobaynida sodir boiadigan hamma narsa esda qolmaydi.
Serebral 
miyaga oid.
Toksikoz 
- organizmda zararli yoki zaharli moddalar - toksinlar 
to ‘planishi natijasida vujudga kelgan xastalik holati. Toksikozlar ba’zan 
homiladorlik vaqtida vujudga kelib, modda almashuvining ancha buzilishiga va 
qon aylanishining izdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Homiladorlik vaqtidagi 
toksikoz homilaning o‘sib borishiga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin.
Toksoplazmoz 
parazitar kasallik; uni vujudga keltiradigan parazit 
(toksoplazma) eng oddiy jonivorlar jumlasiga kiradi. Kishiga bu kasallik 
uy hayvonlaridan (it, sigir, cho‘chqa, quyon, tovuq, kaptar) va ba’zi bir 
yowoyi hayvonlardan (yumronqoziq, sichqon, yovvoyi quyon) yuqishi 
mumkin. Kishidagi toksoplazmoz tug‘ma bo'lishi va keyinchalik vujudga 
kelishi mumkin. Homilador ayollardagi parazit yo‘ldosh orqali homilaga 
o ‘tib miya, ko‘z va boshqa organlarga og‘ir zarar yetkazgan hollarda 
to ksoplazm oz tu g ‘ma b o ‘ladi. T ug ‘ma toksoplazm oz k o ‘pincha 
oligrofreniyani vujudga keltiradi.
2 19


Tonzillit 
— bodomcha bezlaming shamollashi. Tonzillit o'tkir va xronik 
bo‘lishi mumkin. Xronik (surunkasiga) tonzillit bo‘lganida mushaklar og‘rishi, 
yurakda o'zgarish ro‘y berishi, bosh og‘rishi, bo‘shashuvchanlik va ish 
qobiliyatining pasayuvi ro‘y berishi mumkin.
Tonus 
— nerv markazlarining to ‘xtovsiz qo‘zg‘alib turishi bilan 
ta’minlanadigan turli organlarning muayyan funksional holati.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling